Kung Fu Panda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kung Fu Panda AQSHning DreamWorks Animation's studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan animatsion film. Filmning yulduzlariga Jack Black, Dustin Hoffman, Angelina Jolie, Jackie Chan, Seth Rogen, Lucy Liu, David Cross, Ian McShane, and James Hong, va boshqalar ovoz berishgan.

Syujet[tahrir]

Po ismli semiz va qo`pol panda otasiga uy lag`monini tayyorlash va sotishda yordam beradi, shu bilan birga buyuk kung – fu jangchisi bo`lishni orzu qiladi. Ugvey ismli toshbaqa, kung – fu o`rgatuvchisi Ajdar jangchisini tanlash vaqti etib kelganini e`lon qiladi, ushbu jangchi buyuk kuchga ega bo`ladi va o`sha vodiylar himoyachisiga aylanishi kerak. O'sha erlarda yashovchi barcha hayvonlar va shu bilan birga Po ham jangchi tanlash marosimiga otlanishadi. Ajdar janchisi etib Shifu ismli kung – fu ustozi – o`quvchilari “Beshlik” lardan biri olishiga hech kim shubxa qilmas edi. Vaziyat taqozosi bilan Kung – fu jangchisi bo`lmagan Po Ajdar jangchisi etib tayinlanadi. Ushbu paytda esa Ajdar kuchiga egalik qilmoqchi bo`lgan Shufi ning sobiq shogirdlaridan biri Tay Lung ismli bars qamoqdan qochiq ketadi.

Rollarda[tahrir]

Ovoz bergan Rol Hayvon
Jack Black Po Gigant Panda
Dustin Hoffman Master Shifu Qizil Panda
Angelina Jolie Master Tigress Janubiy Xitoy Yo'lbarsi
Jackie Chan Master Monkey Maymun
Seth Rogen Master Mantis Chigirtka
Lucy Liu Master Viper Ilon
David Cross Master Crane Turna
Ian McShane Tai Lung Qor Leopardi
James Hong Mr. Ping Xitoy G'ozi
Randall Duk Kim Master Oogway Toshbaqa
Dan Fogler Zeng Xitoy G'ozi
Michael Clarke Duncan Commander Vachir Begemot

Havolalar[tahrir]