Albinizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Albinizm (lot. albus — oq) — odam va hayvonlar terisi va koʻzining rangdor pardasida pigmentning (yuk-sak oʻsimliklar tanasi yoki organlarining bir qismida yashil rangning) boʻlmasligi. A.- irsiy belgi boʻlib, pigment (melanin, xlorofill) sinteziga toʻsqinlik qiluvchi resessiv genning go-mozigot holatga oʻtishi yoki xloroplastlarda sodir boʻladigan irsiy oʻzgarishlar (qarang Sitoplazmatik irsiyat) bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Rangini yoʻqotgan organizmlar albinoslar deyiladi. Albi-noslar 20000-40000 odamdan bittasida uchraydi. Lab. hayvonlari — kalamush, sichqon, quyonlarning toza albinos liniyalari tadqiqot ishlarida foydalanish maqsadida boqiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil