UEFA Chempionlar Ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
UEFA chempionlar ligasi
Davlat Yevropa
Konfed. UEFA
Asos solingan sana 1955-yil
Qayta asos solingan sana 1992-yil
Klublar soni 32 (guruh bosqichlik)
Amaldagi chempion Real Madrid C.F. (10)
Eng koʻp yutgan Real Madrid C.F. (10)
Sayt uefa.com

UEFA chempionlar ligasi (ingl. UEFA Champions League) — UEFA tasarrufi ostida har yili oʻtadigan Yevropadagi eng nufuzli klublararo turnir.

Musobaqaning birinchi oʻtgan 1955/56 mavsumdan 1990/91 mavsumgacha nomi Yevropa chempioni kubogi boʻlgan. 1991/92 mavsumda esa musobaqa „Amstel chempionlar ligasi“ nomini oldi va guruh musobaqasidagi play-off tizimidan voz kechgan holda oʻz formatini oʻzgartirdi[1]. Bu birinchi Chempionlar ligasi oʻyini edi, hozirgi vaqtdagi musobaqa ramzi va gimni oʻsha vaqtda ishlab chiqilgan. 1992/93 mavsumdan boshlab, musobaqa hozirgi nomi bilan nomlana boshlandi.

Kubok/Liga gʻolibi 22 klubga nasib etgan. Ulardan 12 tasi turnirda bittadan koʻp gʻolib boʻlishgan. Musabaqa g'olibligi boʻyicha rekord 10 karra gʻolib boʻlgan Ispaniyaning Real Madrid jamoasiga tegishli. Amaldagi gʻolib ham Ispaniyaning Real Madrid jamoasidir.

Tarixi[tahrir]

Yevropa chempionlari kubogi 1955 yilda „L’Équipe“ gazetasi sport jurnalisti va tahriri Gabriel Ano tomonidan berilgan taklif natijasida tashkil etilgan[2]. Qit'a turnirini o'tkazish goyasi ingliz nashriyotlari Vulverxempton 1954-yilning kuzida Moskvaning „Spartak“ jamoasini va „Gonved“ni ustidan qozongan g'alabasidan keyin jamoani dunyoning eng kuchli klubi deb jar solishgandan so'ng kelgan. Ano o'z gazetasida bergan javobiga ko'ra, eng kuchli klubni aniqlash uchun mehmonda va uyida oyin otkaza oladigan musobaqa tashkillashtirish kerakligini bildirgan. Keyingi kuniyoq Ano boʻlajak turnirning loyihasini ommaga eʼlon qildi. 1955-yilning yanvarida birinchi Yevropa chempionlari kubogi oʻtkazildi[3].

Kubokning birinchi 1955/56 mavsumida turnir ikkita oʻyinlik boʻlib (uyda va mehmonda), chiqarib yuborish bahsi boʻyicha ketgan. To 1992-yilgacha musobaqada mamlakat chempionlari va soʻnggi Yevropa chempionlari kubogi sohiblari bahs olib borishgan. 1991/92 mavsumdan boshalb musobaqa formatiga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, guruh bosqichi qoʻshildi. Keyingi yili esa UEFA Chempionlar ligasi deb yangi nom oldi. Shu asnoda yana bir qancha oʻzgaritishlar kiritildi, guruh tarkibidagi saralash bosqichi talablari ham oʻzgardi. 1997/98 mavsumdan boshlab bir qancha davlatlardagi ikkinchi oʻrinni egallagan (UEFA koeffisiyentlar jadvaliga koʻra) jamoalar ham qatnasha boshladi. Saralash bosqichi tizimi shunday tuzildiki, past koeffisiyentga ega davlatlar chempionlari guruh bosqichi boshlanmasidan oldin bir yoki bir necha saralash bosqichlarida qatnasha oladigan boʻlishdi. Yuqori koeffisiyentga ega davlatlardan qatnashuvchilar esa kurashni kechroq boshlaydigan boʻlishdi. Hozirgi vaqtda eng yuqori koeffisiyentga ega davlatlar Chempionlar ligasida toʻrtta jamoasi bilan qatnasha oladilar.

1960-yildan to 2004-yilgacha Yevropa chempionlari kubogi egalari hozirda bekor qilingan Qitʼalararo kubok musobaqasida Janubiy Amerikadagi Libertadores kubogi egalari bilan gʻoliblik bilan bahs olib borishgan. Hozirda Chempionlar ligasi gʻolibi FIFA tasarrufida oʻtuvchi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnasha oladi.

Saralash[tahrir]

Xaritada koʻrsatilgan:
  Klublari Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan davlatlar
  Klublari Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etmagan davlatlar
  UEFA a'zolari bo'lmagan davlatlar

Turnirdagi oʻrinlar soni UEFA koeffisiyentlar jadvaliga koʻra aniqlanadi: jadvalda 1-oʻrindan 3-oʻringacha egallagan assosatsiyalar, birinchi 4 ta jamoasi bilan ishtirok etadi; jadvalda 4-oʻrindan 6-oʻringacha egallagan assosatsiyalar, birinchi 3 ta jamoasi bilan ishtirok etadi; jadvalda 7-oʻrindan 15-oʻringacha egallagan assosatsiyalar, birinchi 2 ta jamoasi bilan ishtirok etadi; jadvalda 16-oʻrin va undan past oʻrinni egallagan assosatsiyalar, 1 ta jamoasi bilan ishtirok etadi;

Jadvaldagi oʻrin jamoalar qaysi bosqichdan kurashni boshlashini ham belgilab beradi. Masalan, birinchi uchta assosatsiyalar birdaniga uchta jamoasi bilan guruh bosqichidan boshlaydi va toʻrtinchisi esa play-off. Jadvalda eng pastda turganlar esa faqatgina bitta jamoasi bilan ishtirok etadi. 2004/05 mavsumda „Liverpul“ Chempionlar ligasini yutgan, lekin Angliyada 5-nchi oʻrinni egallagan, 4-nchi oʻrinni esa „Everton“ klubi egallagandi. Angliya futbol federatsiyasi yoʻllanmani Evertonga berishga qaror qilgandi, lekin UEFA esa ikkala jamoa ham musobaqada ishtirok etishi mumkinligini bildirgan: „Liverpul“ 1-saralash bosqichdan, „Everton“ esa 3-saralash bosqichidan boshlagan. Shundan soʻng, UEFA gʻolib jamoa milliy chempionatida qaysi oʻrinni band etganiga qaramasdan keyingi mavsumdagi guruh bahsiga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshilishi haqida qaror qabul qildi[4]. Bundan tashqari u qarorga koʻra, birorta ham mamlakat bundan buyogʻiga toʻrttadan ortiq jamoasini bahsga qoʻshmasligini ham qarorida taʼkidladi. Chunki baʼzi davlatlar Chempionlar ligasida toʻrtta jamoasi bilan qatnashadi va vaziyat taqozosi bilan oʻsha davlatning jamoasi gʻolib boʻladigan boʻlsayu, lekin ichki chempionatida Chempionlar ligasida qatnashish huquqini beruvchi oʻrindan past oʻrinni egallagan boʻlsa, keyingi mavsumdagi musobaqada oʻsha chempionatda qatnashish huquqini beruvchi oʻrinni soʻngisini egallagan jamoa Yevropa ligasida qatnashadi.

2005/06 mavsumda „Liverpul“ va „Artmedia“ jamoalari musobaqa tarixidagi barcha saralash bosqichidan oʻtib guruh bosqichiga chiqa olgan birinchi jamoalar boʻlishdi. 2008/09 mavsumda esa „BATE“ va „Anortosis“ jamoalari ham bu natijani takrorlay olishdi.

Turnirda qatnashish uchun jamoalar baʼzi talablarga javob berishlari kerak: Har qaysi jamoa oʻzining milliy assosatsiyasi litsenziyasiga ega boʻlishi, stadionga ega boʻlishi, UEFA tarafidan kurashga ruxsat berilganligi, talabga javob beruvchi infratuzilma va moliyaviy talablar.

Bosqichlar[tahrir]

Musobaqa bir necha bosqichlardan tashkil topgan va toʻrtta saralash bosqichdan boshlanadi. Jamoalar 2 tadan oʻyin (uyda va mehmonda) oʻynashlari kerak. Umumiy hisobga koʻra gʻolib boʻlgan jamoa keyingi saralash bosqichga oʻtadi. Barcha saralash bosqichidan oʻtgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshilgan jamoalar bilan birgalikda guruh bosqichiga oʻtadi. Qur’a natijasiga koʻra, jamoalar 4 tadan 8 ta guruhga boʻlinadi. Guruh bosqichi natijasiga koʻra, 1-nchi oʻrin va 2-nchi oʻrinni egallagan jamoalar play-offga chiqishadi. 3-nchi oʻrinni egallagan jamoa esa Yevropa ligasining 1/16 finaliga qoʻshiladi. Shundan soʻng, 1/8 finalga yana qur’a tashlanadi. Uning tartibiga koʻra:

  • Bir mamlakat ishtirokchilari va bir guruhdan chiqqan jamoalar bir-biriga qarshi oʻynashi mumkin.
  • Guruhda 1-nchi oʻrinni egallagan jamoalar boshqa guruhda 2-nchi oʻrinni egallagan jamoa bilan oʻynaydi.
  • 1-nchi oʻrinni egallagan jamoalar birinchi oʻyinni mehmonda oʻynashadi.

Jamoalar 2 tadan oʻyin oʻynashadi, oʻyinlar natijasiga koʻra, bir jamoa 1/4 finalga yoʻl oladi. Bu bosqich uchun qur’ada hech qanday tartib belgilanmagan. Chorak finaldan soʻng yarim finalga oʻtiladi, keyin esa neytral maydonda bitta oʻyin bilan natijasi aniqlashuvchi final oʻyini oʻtkaziladi. Maydon UEFA tarafidan tuzilgan vaqtinchalik komissiya tarafidan topshirilgan arizalar boʻyicha tanlanadi. Maydon UEFAning 5 yulduzli reytingi talabiga javob berishi kerak boʻlgani tanlanishi kerak.

2009/10 mavsumdan boshlab Chempionlar ligasi formatiga bir qancha oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra:

  • Uefa reytingida eng past oʻrinni egallagan mamlakatlardan jamlangan 6 ta klublar uchun dastlabki saralash bosqichi kiritildi.
  • chempionlar va chempion boʻlmaganlar saralashiga boʻlindi: ikkinchi bosqichdan boshlab, oʻz mamlakatida chempion boʻlmagan dastlabki bosqich qatnashuvchilari faqatgina chempion boʻlmagan klublar bilan kuch sinashishadi.
  • Guruh bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtuvchilar kvotasida oʻzgartirishlar kiritildi: UEFA reytingida eng katta reytingga ega boʻlgan, Angliya, Ispaniya, Germaniya chempionatlarida 3-nchi oʻrinni egallagan jamoalar uchun yana 3 ta joy qoʻshildi.
  • UEFA reytingida 10-12 oʻrinni egallagan (Turkiya, Gretsiya, Daniya) mamlakat chempionlari uchun 3 ta joy qoʻshildi.
  • 1/8 finaldagi 8 ta oʻyin ikki haftaga boʻlindi. 4 ta birinchi oʻyinlar [fevral]]ning 3-nchi haftasida, qolgan 4 tasi fevralning oxirgi haftasida oʻtkaziladi. Javob uchrashuvlari birinchi oʻyindan uch hafta oʻtganidan soʻng oʻynaladi. Final shanba kuniga toʻgʻri kelishi kerak.

Mukofot pullari[tahrir]

UEFA Chempionlar ligasiga chiqa olgan har bir jamoaga 2.1 mln. yevro bilan mukofotlaydi. Guruh bosqichida ishtirok etayotganlarga esa €3,9 mln. Guruh bosqichidagi har bir gʻalabaga €800 ming beriladi. Bundan tashqari UEFA har bir chorak finalchi uchun €3,3 mln., yarim final uchun €4,2 mln., finalga chiqqanlarga €5,6 mln. va gʻolib jamoaga €9 mln. mukofot pullari beriladi[5].

Homiylar[tahrir]

The Champions League logo is shown on the centre of the pitch before every game in the competition

Turnirning tashkil topgan vaqtida homiylar soni 8 tadan oshmasligi kerakligi haqida qaror qilingan edi. Kelishuvga koʻra, bu kompaniyalar maydon perimetri boʻyicha 4 reklama lavhasi, aniq belgilangan miqdordagi biletlarda va oʻyinoldi va oʻyindan keyingi intervyularda kompaniyalarning ramzlari mavjud boʻlishi kerak. Shuningdek, bu kompaniyalar oʻyin oʻrtasidagi tanaffuslarda reklama uchun vaqt ham olishadi.

Hozirgi vaqtda rasmiy homiylar quyidagi kompaniyalar sanaladi:

Shuningdek, turnir bilan quyidagilar hamkorlik qiladi :

  • Adidas (UEFA bilan qilingan shartnomaga koʻra, uning tasarrufidagi barcha musobaqalarida toʻp yetkazib berishadi.)
  • Konami (Chempionlar ligasining rasmiy video oʻyinlari yaratuvchisi)
  • Jacques Lemans

Kubok[tahrir]

Fayl:LC 1.JPG
Yevropa chempionligi kubogi. 2006 yil.

Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan jamoa kubokni 10 oy muddat oʻzida olib qolishi mumkin. Jamoaning gʻalabasidan esdalik sifatida kubokning nusxasi (haqiqiy kubokning 80 %idan katta boʻlmagan hajmda) beriladi. Umumiy 5 marta yoki ketma-ket 3 marta chempion boʻlgan jamoada kubokni oʻzida butunlay olib qolish huquqi mavjud. Birinchi kubokni fransuz gazetasi L’Équipe tomonidan turnirga taqdim etilgan. Keyinchalik Real Madrid umumiy hisobda 5 marta chempionlikni qoʻlga kiritganidan soʻng, kubokni oʻzida butunlay saqlash uchun oldi.
Navbatdagi kubok oldingi kubokdan dizaynida farq qilardi. Uni bernlik Yurg Shtadelmann yasadi. Kubokning narxi 10 ming shveysariya frankini tashk qildi. Kubok kumushdan tayyorlangan, ichiga oltin purkalgan, amforasimon shaklda yasalgan boʻlib, boʻyi 62 sm. va vazni 7,5 kg.ni tashkil qilgan[8]. Keyinchalik kuboklar yasalayotgan vaqtda xuddi shu variantdan namuna olib ishlangan.
Kubokning dastasi antiqa dizaynga ega boʻlganligi sabab koʻp davlatlarda[8][9] uni „katta quloqlar“ deb nomlashadi. Bu nomning ispancha varianti esa („la Orejona“) Lotin Amerikasida ancha mashxur hisoblanadi[9].

Kubokni butunlay saqlash uchun beshta jamoa olgan:

Statistika[tahrir]

Gʻoliblar (klublar boʻyicha)[tahrir]

Jamoalar Gʻalaba Final Gʻalaba (yil) Final (yil) 1992 yildan keyin gʻalaba 1992 yildan keyin final
Flag of Spain.svg Real Madrid 10 4 (1956, 1957, 1958, 1959, 1960, 1966, 1998, 2000, 2002, 2014) (1962, 1964, 1981) 4 (1998, 2000, 2002, 2014) 0
Flag of Italy.svg AC Milan 7 4 (1963, 1969, 1989, 1990, 1994, 2003, 2007) (1958, 1993, 1995, 2005) 3 (1994, 2003, 2007) 3 (1993, 1995, 2005)
Flag of Germany.svg Bavariya Myunxen 5 5 (1974, 1975, 1976, 2001, 2013) (1982, 1987, 1999, 2010, 2012) 2 (2001, 2013) 3 (1999, 2010, 2012)
Flag of England.svg Liverpul 5 2 (1977, 1978, 1981, 1984, 2005) (1985, 2007) 1 (2005) 1 (2007)
Flag of Spain.svg Barselona 4 3 (1992, 2006, 2009, 2011) (1961, 1986, 1994) 3 (2006, 2009, 2011) 1 (1994)
Flag of the Netherlands.svg Ayaks Amsterdam 4 2 (1971, 1972, 1973, 1995) (1969, 1996) 1 (1995) 1 (1996)
Flag of Italy.svg Inter Milan 3 2 (1964, 1965, 2010) (1967, 1972) 1 (2010) 0
Flag of England.svg Manchester Yunayted 3 2 (1968, 1999, 2008) (2009, 2011) 2 (1999, 2008) 2 (2009, 2011)
Flag of Portugal.svg Benfika 2 5 (1961, 1962) (1963, 1965, 1968, 1988, 1990)
Flag of Italy.svg Yuventus 2 5 (1985, 1996) (1973, 1983, 1997, 1998, 2003) 1 (1996) 3 (1997, 1998, 2003)
Flag of England.svg Nottingem Forest 2 0 (1979, 1980) -
Flag of Portugal.svg Portu 2 0 (1987, 2004) - 1 (2004) 0
Flag of England.svg Chelsi 1 1 (2012) (2008) 1 (2012) 1 (2008)
Flag of Germany.svg Gamburg 1 1 (1983) (1980)
Flag of Romania.svg Steaua Buxarest 1 1 (1986) (1989)
Flag of France.svg Olimpik Marsel 1 1 (1993) (1991) 1 (1993) 0
Flag of Scotland.svg Seltik 1 1 (1967) (1970)
Flag of Germany.svg Borussia Dortmund 1 1 (1997) (2013) 1 (1997) (2013)
Flag of the Netherlands.svg Feyenord 1 0 (1970) -
Flag of England.svg Aston Villa 1 0 (1982) -
Flag of the Netherlands.svg PSV Eindhoven 1 0 (1988) -
Flag of SFR Yugoslavia.svg Srvena Zvezda 1 0 (1991) -
Flag of France.svg Stade Reims 0 2  — (1956, 1959)
Flag of Spain.svg Valencia CF 0 2  — (2000, 2001) 0 2 (2000, 2001)
Flag of Spain.svg Atletiko Madrid 0 2 (1974, 2014) 0 1 (2014)
Flag of Italy.svg Fiorentina 0 1  — (1957)
Flag of Germany.svg Ayntraxt Frankfurt 0 1  — (1960)
Flag of SFR Yugoslavia.svg Partizan Belgrad 0 1  — (1966)
Flag of Greece.svg Panatinaikos 0 1  — (1971)
Flag of England.svg Lids Yunayted 0 1  — (1975)
Flag of France.svg Sant-Etien 0 1  — (1976)
Flag of Germany.svg Borussia Myunxengladbax 0 1  — (1977)
Flag of Belgium.svg Bryugge 0 1  — (1978)
Flag of Sweden.svg Malmo FF 0 1  — (1979)
Flag of Italy.svg AS Roma 0 1  — (1984)
Flag of Italy.svg Sampdoria 0 1  — (1992)
Flag of Germany.svg Bayer Leverkusen 0 1  — (2002) 0 1 (2002)
Flag of France.svg Monako 0 1  — (2004) 0 1 (2004)
Flag of England.svg Arsenal 0 1  — (2006) 0 1 (2006)

Mamlakatlar boʻyicha[tahrir]

Mamlakat Gʻalaba Final Yutgan jamoalar Finalga chiqqan jamoalar
Flag of Spain.svg Ispaniya 14 10 Real Madrid (10), Barselona (4) Real Madrid (3), Barselona (3), Valencia (2), Atletiko Madrid (2)
Flag of Italy.svg Italiya 12 14 Milan (7), Inter Milan (3), Yuventus (2) Yuventus (5), Milan (4), Inter Milan (2), Fiorentina (1), Roma (1), Sampdoria (1)
Angliya Angliya 12 7 Liverpul (5), Manchester Yunayted (3), Nottingem Forest]] (2), Aston Villa (1), Chelsi (1) Liverpool (2), Manchester Yunayted (2), Lids Yunayted (1), Arsenal (1), Chelsi (1)
Olmoniya Germaniya 7 10 Bavariya Myunxen (5), Borussia Dortmund (1), Gamburg (1) Bavariya Myunxen (5), Bayer Leverkusen (1), Borussia Myunxengladbax (1), Ayntraxt Frankfurt (1), Gamburg (1), Borussia Dortmund (1)
Niderlandlar Gollandiya 6 2 Ayaks (4), PSV (1), Feyenord (1) Ayaks (2)
Portugaliya Portugaliya 4 5 Benfika (2), Portu (2) Benfika (5)
Fransiya Fransiya 1 5 Marsel (1) Stade Reims (2), Sent-Etien (1), Marsel (1), Monako (1),
Ruminiya Ruminiya 1 1 Styaua Buxarest (1) Styaua Buxarest (1)
Flag of Scotland.svg Shotlandiya 1 1 Seltik (1) Seltik (1)
Flag of SFR Yugoslavia.svg Yugoslaviya (sobiq) 1 1 Red Star Belgrad (1) Partizan (1)
Belgiya Belgiya 0 1 Bryugge (1)
Yunoniston Gretsiya 0 1 Panatinaikos (1)
Flag of Sweden.svg Shvetsiya 0 1 Malmo FF (1)

Barcha davrlardagi toʻpurarlar[tahrir]

saralash bahslari ham hisoblangan.

Oʻrin Oʻyinchi Mamlakat Gollar Oʻyinlar Koeffitsiyent Yillar Jamoalar
1 Raul Flag of Spain.svg 71 144 0.46 '95-'12 Real Madrid (66), Shalke 04 (5)
2 Cristiano Ronaldo Flag of Portugal.svg 68 107 0.64 '03- Manchester United (16), Real Madrid (52)
3 Lionel Messi Flag of Argentina.svg 67 86 0.78 '04- Barselona (67)
4 Rud van Nistelroy Flag of the Netherlands.svg 60 88 0.70 '98-'09 PSV Eindhoven (9), Manchester Yunayted (38), Real Madrid (13)
5 Andrey Shevchenko Flag of Ukraine.svg 58 116 0.5 '94-'11 Dinamo Kyiv (29), Milan (33), Chelsi (4)
6 Tierri Anri Flag of France.svg 51 114 0.45 '97-'10 Monako (7), Arsenal (35), Barselona (9)
7 Filippo Inzagi Flag of Italy.svg 50 85 0.59 '97-'10 Yuventus (17), Milan (33)
8 Alfredo Di Stefano Flag of Spain.svg[10] 49 58 0.84 '55-'64 Real Madrid (49)
9 Eusebio Flag of Portugal.svg 47 64 0.72 '61-'74 Benfika (47)
10 Alessandro Del Piero Flag of Italy.svg 43 92 0.47 '95-'09 Yuventus (43)

Eng koʻp oʻyinda ishtirok etganlar[tahrir]

Oʻrin Mamlakat Oʻyinchi Oʻyinlar Gollar Gollar koʻrsatkichi Yevropadagi debyuti Jamoalari
1 Flag of Wales.svg Ryan Giggs 151 29 0.19 1993 Manchester Yunayted
2 Flag of Spain.svg Xavi 147 12 0.08 1998 Barselona
3 Flag of Spain.svg Raul 144 71 0.49 1995 Real Madrid, Shalke 04
4 Flag of Spain.svg Iker Kasilyas 142 0 0.00 1999 Real Madrid
5 Flag of Italy.svg Paolo Maldini 141 3 0.02 1985 Milan
6 Flag of the Netherlands.svg Klarens Zeyedorf 130 12 0.10 1992 Ayaks, Real Madrid, Inter Milan, Milan
7 Flag of England.svg Pol Skolz 130 25 0.19 1994 Manchester Yunayted
8 Flag of Brazil.svg Roberto Karlos 128 17 0.13 1996 Inter Milan, Real Madrid, Fenerbahche
9 Flag of Spain.svg Karles Puyol 120 2 0.02 1999 Barselona
10 Flag of Ukraine.svg Andrey Shevchenko 116 58 0.5 1994 Dinamo Kyiv, Milan, Chelsi

Qoraytirilgan oʻyinchilar hali ham oʻynaydi.

Izohlar[tahrir]

  1. Все турниры Лиги чемпионов нового формата. soccer-stat.ru.
  2. Matthew Spiro (12.05.2006). Hats off to Hanot (English). UEFA.com.
  3. Лига чемпионов (Кубок европейских чемпионов). Footballcity.ru.
  4. Liverpool get in Champions League. BBC Sport (10 iyun 2005). Asl nusxadan arxivlandi (2012-02-03). 21 fevral 2011.
  5. Clubs get share of Champions League revenue. uefa.com. UEFA. 13 dekabr 2010.
  6. Fransiya, Rossiya va Norvegiyalarda alkogol reklamalari taʼqiqlangan va Heineken reklama lavhalari boshqalarga alishtiriladi. Fransiyada ularda „Great Together“, Rossiyada esa „No To Racism“ deb yozilgan.
  7. PlayStation ham Sony brendi sifatida turnir homiysi hisoblanadi.
  8. 8,0 8,1 Лига чемпионов. Всё о турнире и финале. vlasti.net. [vlasti.net/news/9142 Asl nusxa]dan arxivlandi (2011-08-23).
  9. 9,0 9,1 Nicolás Baier. La gloria al alcance de la mano. ESPN. Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-02).
  10. Di Stefano Ispaniya fuqaroligini 1956-yilda olgan.

Havolalar[tahrir]