L’Équipe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ekip (frans. L'Équipe) - Fransiyaning milliy kunlik sport gazetasi. Gazetaning nomi oʻzbek tiliga „Jamoa“ deb tarjima qilinadi. Nashriy siyosati birinchi oʻrinda futbol, regbi, motosport va velosportlarni yoritishga qaratilgan. Gazetaning birinchi soni 1946-yilda chiqarilgan boʻlib, yangi nashriyotning tarkibi asosan frans. L'Auto gazetasidagi jurnalistlardan tarkib topdi. Shuni aytiz joizki, L’Auto gazetasi 1903-yilda oʻtkazilgan Tur de Frans velosiped poygasi tashkilotchisi hisoblangan. 1919-yilda tashkil qilingan poyga lideridagi sariq maykaning rangi esa L’Auto gazetasining rangiga qiyosan qilib ishlangan.

Tiraji[tahrir]

Yil 1999 2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009
L'Équipe o'rtacha tiraji 386 189 386 601 455 598 321 153 339 627 369 428 365 654 365 411 327 168 298 949 303 106

Ikkita eng ko'p sotilgan gazeta tiraji 1998-yilning 13-iyulida Fransiya terma jamoasi futbol bo'yicha Jahon chempionatini yutganidan so'ng, 1 645 907 nusxada sotilgan va 2000-yil 3-iyulda Fransiya terma jamoasi Yevropa chempionati g'olibi bo'lganidan so'ng, 1 255 633 nusxada sotilgan.

Havolalar[tahrir]