Real Madrid C.F.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Real Madriddan yoʻnaltirildi)
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Real Madrid
Real Madrid Club de Fútbol.png
Toʻliq nomi Real Madrid Club de Fútbol
Laqab(lar) Los Blancos (Oqlar)
Los Merengues (Merengalar)
Los Vikingos (Vikinglar)
Qachon asos solingan 6-mart, 1902-yil, Madrid futbol klubi
Stadioni Estadio Santiago Bernabéu,
Madrid, Ispaniya Flag of Spain.svg
Stadion hajmi 80,354
Rahbar Flag of Spain.svg Florentino Pérez
Murabbiy Flag of Portugal.svg José Mourinho
Liga La Liga
2010–11 La Liga, 2chi
Mezbonda


Mehmonda


Real Madrid Club de Fútbol (Real Madrid qirollik klubi), koʻpincha ishlatiladigan nomi — Real Madrid Ispaniyaning professional futbol klubidir. Ushbu klub 31 marotaba La Liga chempionligiga, 18 marotaba "Copa del Rey" kubogiga, 8 marotaba Ispaniyaning super-kubogiga, 9 marotaba UEFA Chempionlar Ligasi chempionligiga, 2 marotaba UEFA kubogiga, 1 marotaba UEFA super-kubogiga va 3 marotaba Qitʼalararo kubokka ega boʻlib, Ispaniyaning eng muvaffaqiyatli klubi hamda FIFA tomonidan XX asrning eng muvaffaqiyatli klubi deya topilgan. Real dunyodagi eng katta byudjetli futboli klublaridan biri hisoblanadi. Real Madrid - Ispaniya oliy divizionini hali biror marta ham tark etmagan uch klubdan (Barselona, Atletik Bilbao) biridir. Real Madrid va Barselona ishtirokida klublar o'rtasida dunyoning eng yaxshi o'yinlaridan biri bo'lgan "El Clasico" bo'lib o'tadi.

Mundarija

[tahrir] Tarix

[tahrir] Tashkil topishi

1896 yili «Futbol sky» klubi tashkil topdi, Bu klub Madrid klubining birinchi nomi edi. Lekin klubning rasman tashkil topgan sanasi 1902-yil 6-mart hisoblanadiki, oʻsha vaqtda aka-uka Padros va Xulian Palasioslar Madrid Football Club nomli klubni ochishga muvaffaq boʻlishadi. 1920-yil 29-iyun kuni Ispaniya qiroli Alfons XIII klubni Qirollik klubi mavqeini berishga qaror qildi. Bu mavqei Ispaniyada Real deb nomlanadi. Shuning bilan hozirgi zamonaviy Real Madrid nomi kelib chiqdi.

Klub tashkil topishi bilanoq ispan futboli lideriga asosiy daʼvogarlik qiladigan klubga qatoriga qoʻshildi. 1903-yilni oʻzidayoq mamlakat kubogi finaligacha chiqib, finalda Atletik Bilbaoga imkoniyatni boy berdi. Bir necha yillardan soʻng, ketma-ket Ispaniya kubogini toʻrt marta qoʻlga kiritib, uzoq muddat poytaxtda ushlab turishdi. Ispaniya chempionati 1928/29 mavsumidan boshlab oʻtkazila boshlandi, ungacha klublar regionlar boʻyicha kim kuchli ekanligini aniqladilar. «Madrid» (1920-yildan boshlab — Real Madrid) bungacha poytaxt okrugida 16 marta yetakchilik qildi.

[tahrir] Yuksalish

Santiago Bernabeu stadioni.

O’tgan asrning 50-yillari o’rtalarida Yevropada klublar va milliy terma jamoalar musobaqalarini muntazam tashkil qilish uchun kontinental futbol federatsiyasi tuzishga qaror qilindi. U yerda “Real Madrid” hali asosiy favorit emasdi. Lekin, aynan Real Madrid 1954/55 y. mavsum birinchiligida zafar quchib, ispan klublari orasida birinchi Yevropa kubogi chempioni bo’ldi. Shu ondan boshlab “Real Madrid” besh yil yevropaning eng yuksak darajasida mustahkam o’rnashdi. Xalqaro maydondagi muvaffaqqiyatli yurishlar ichki chempionatdagi g’alabalar bilan “Real Madrid”ga 1954 yildan 1969 yilgacha hamroh bo’ldi. Shu vaqt davomida shunday holat yuz berdiki, agar “Real Madrid” ichki chempionatda birinchilikni qo’ldan chiqarsa, albatta Chempionlar Kubogini qo’lga kiritar edi. Shu tarzda ular doimo yevropaning nufuzli turnirlarida ketma-ket 15 yil muvaffaqqiyatli qatnashib keldilar. 1970 yilga kelib esa, birinchi marta yevropa turnirlarida qatnasha olmadilar. “Real Madrid”ning o’sha oltin davrlarida Alfredo Di Stefano (Yevropaning 1957 va 1959 yillardagi eng yaxshi futbolisti), fransiyalik Raymon Kopa (Oltin to’p sohibi, 1958 yil) vengriyalik Ferents Pushkash (1960 yilda Yevropaning ikkinchi futbolisti), Fransisko Xento (6 karra Chempionlar kubogi sohibi) va boshqalar porlagan edilar. 60-yillar o’rtalarida Xento safiga yana Xose Santamariya, Amansio va Pirrilar ham qo’shilishdi.

Asta sekin veteran o’yinchilar ketishi bilan Yevropadagi g’alabalar an’anasi yo’qolib boraverdi. Keyingi katta parvozni deyarli yigirma yil kutishga to’g’ri keldi, qachonki u vaqtda Emilio Butraguenyo boshchiligida Michel, Ugo Sanches, Manolo Sanchis, Martin Vaskesi va Migel Pardesalar UEFA Kubogini ikki marta va ichki chempionatni ketma-ket besh marta yutgan edilar.

[tahrir] 90-yillar

Chempionlar kubogining yettinchi g’alabasi poydevorini qo’ygan Fabio Kapello edi. U klubga Roberto Karlos, Zeyedorf, Miyatovich, Shuker, Panuchchilarni taklif qilgan edi. Bu o’yinchilar Raul, Ierro, Redondo, Kanisares va bir yil kechroq qo’shilgan Morienteslar bilan bir safda asosiy komanda tashkil qilishdi, keyinchalik esa nemis Yuppa Xaynkes qo’l ostida 1997/98 Chempionlar ligasini qo’lga kiritishdi. Biroq ichki birinchilikda “Real Madrid” bor yo’g’i to’rtinchi o’rin bilan tugatdi va Xaynkes o’z joyini Gus Hiddinkga bo’shatdi. Gus o’z o’rnida 1999 yil fevraliga qadar faoliyat olib bordi, undan keyin Jon Toshak keldi. U ham o’sha yilning noyabr oyida raxbariyat tomonidan bo’shatildi. Endilikda jamoani Visente Del Boskega ishonib topshirildi. U chempionatdagi o’rinni tubdan o’zgartira olmadi (8-o’rindan 5-o’ringa ko’tarilgan), lekin navbatdagi Chempionlar ligasi triumfiga jamoani boshlab keldi.

[tahrir] Peres prezidentligi

Zayniddin Zidan "Real" tarkibida

Klubning yangi prezidenti etib, jamoaga dunyoning eng yaxshi futbolchilarini yig’ishni qaror qilgan inson - Florentino Peres saylandi. Peres faoliyatini Barselona klubi a’zosi, portugaliyalik Luish Figuni rekord darajadagi summaga, 71 million yevroga sotib oldi. Bir yil o’tgandan so’ng, klubda Zayniddin Zidan paydo bo’ldi. U Yuventusdan yana ham qimmatroqqa, 75 million yevroga harid qildi. Yana bir o’tgandan so’ng Interdan Ronaldo, 2003 yili yozida – Bekxem, 2004 – Ouenlar kelib qo’shilishdi. Shu asnoda, 2004/05 mavsumida to’rtta “Oltin to’p” sohiblari birgalikda o’ynashdi: Ronaldo (1997 va 2002 yillarda dunyoning eng yaxshi o’yinchisi), Zidan (eng yaxshi – 1998), Figu (eng yaxshi – 2000), Ouen (eng yaxshi – 2001). Bu yulduzlar yig’ilishini “Galaktikos” deb atay boshlashdi. Besh yildan ortiqroq vaqtdagi Peresning klubni boshqarishida (o’z vazifasidan 2006 yil fevralida ozod etilgan) “Real Madrid” ikki marta Ispaniya chempioni va bir marotaba Chempionlar ligasi g’olibi bo’lishga ulgurdi.

[tahrir] Kalderon prezidentligi

Florentino Peresdan so’ng, klub prezidenti etib Ramon Kalderon tayinlandi. Uning boshqarish uslubi oldingi vazifadoshidan farq qilar edi. Kalderon o’z oldiga maqsad qilib, eng yaxshi o’yinchilarni sotib olishni qo’ymadi, garchi uning saylovoldi va’dasi Krishtianu Ronalduni sotib olish bo’lgan edi, lekin amalga oshirolmagandi. Kalderon vaqtida Bekxem, Roberto Karlos, Robinyo, Ronaldo ketdi, ya’ni, Peres “meros”larining barchasi sotildi. Lekin uning faoliyati davrida ham muvaffaqqiyatli transferlar amalga oshirilgan edi. 2009 yilda 2006 yilgi saylovlardagi ovozlar o’zgartirilgani haqidagi mojarolardan keyin Ramon Kalderon iste’fo berishga majbur bo’ldi. Kalderon boshchiligidagi to’rt yil ichida Real Madrid ikki marta ketma-ket Ispaniya chempioni va bir marta Superkubok sohibi bo’ldi.

[tahrir] Peresning qaytishi

1 iyun 2009 yili Florentino Peres yana Real Madrid prezidenti bo’ldi, e’tborlisi hech qanday ovoz berishlarsiz, sababi uning raqiblari o’z nomzodlarini olib tashlagan edilar. Yana qaytishidan so’ng, Peres umuman yangicha “galaktikos”ni qayta tiklashga kirishdi. Boshlanishiga klub raxbariyatida o’zgarishlar sodir bo’ldi: prezident maslahatchisi etib Real Madrid sobiq futbolchisi Zayniddin Zidan tayinlandi. 9 iyunda uzoq muzokaralar va har xil ovozalardan so’ng, Italiyaning Milan klubi va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kaka Real Madridga 68 million yevro evaziga o’tdi. U klub bilan olti yillik shartnoma tuzdi va Peres qaytganidan keyin klubdagi birinchi yangi yulduz o’yinchi bo’ldi. Keyin esa dunyoning 2008 yildagi eng yaxshi o’yinchisi, Real Madrid klubida o’ynash azaliy orzusi hisoblangan Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolandi. Portugaliyalik uchun Real Madrid 80 million funt sterling (93,4 million yevro) to’ladi. 25 iyunda Real Madridga Valensiyadan 15 million yevroga Raul Albiolni olib keldi. 1 iyul 2009 yilda Lyon klubi Real Madridga o’z o’yinchisi Karim Benzema o’tishini rasman tasdiqladi. Transfer summasi 35 million yevroni tashkil etdi. Real Madrid qarorgohiga Esteban Granero va Liverpulda o’ng qanot himoyasida ishtirok etayotgan Alvaro Arbeloalar kelishdi. Arbeloa summa transferi 4 millionni tashkil qildi va u bilan 5 yillik shartnoma tuzildi. Arbeloadan tashqari Liverpuldan 5 avgust kuni Xabi Alonso ham kelib qo’shildi. Uning narxi esa 30 million funt sterlingga baholandi.

Joze Mourinyo matbuot anjumanida

Jiddiy qo’lga kiritishlarga qaramasdan jamoaga mavsumda bironta ham trofey nasib qilmadi. Ispaniya chempionati yakunida Barselonaga birinchilikni boy berib ikkinchi o’rinni egalladi. Chempionlar ligasida esa ketma-ket oltinchi marta 1/8 finalidan o’tishni uddalay olmadi. Ispaniya kubogida esa birinchi bosqichidanoq Ispaniyaning uchinchi divizionida ishtirok etuvchi Alkorkonga imkoniyatni boy berdi. Mavsum yakuniga ko’ra, qoniqarsiz natijalar uchun bosh murabbiy Manuel Pellegrini egallab turgan lavozimidan bo’shatildi. Uzoqqa bormagan muzokaralardan so’ng, Real Madrid bosh murabbiyi etib Joze Mourinyo “The Special One” tayinlandi.

2010/11 mavsum oldi yozgi transferlarida klubga Portugaliyalik himoyachi Rikardu Karvalyu, yosh ispan yarim himoyachilari Pedro Leon va Serxio Kanales, Germaniyadan Sami Xedira va Mesut O’zil, shuningdek, kelajagi porloq deya hisoblangan argentinalik Anxel Di Mariyalar kelib qo’shildi. 2010/11 mavsumida Joze Mourinyo boshchiligida finalda Barselonani yutib, Ispaniya kubogi (Copa Del Rey)ga ega bo'lishdi. Shu mavsumda Krishtianu Ronaldo ichki chempionatda 41 ta gol urib rekord o'rnatdi. Krishtianu Ronaldo Real Madrid tarixidagi 20 ta eng kuchli bombardirlar safiga qo'shildi.

Jamoa 2011 yil yozida o'z tarkibini kuchaytirishda yana davom etdi. Germaniya klublaridan ikki turk Nuri Shahin va Hamit Altintoplarni o'z safiga qo'shib oldi. Va yana Xose Kalyexon, Rafael Varan, Fabio Koentraularni ham jamoa tarkibiga jalb etildi. Bundan tashqari, 22 iyun kuni jamoa rasmiy e'loniga ko'ra, Joze Mourinyo jamoaning sport menejeri etib tayinlandi. Shu yo'l bilan Real Madrid jamoani boshqarishning ingliz modeliga o'tdi.

[tahrir] Rasmiy kiyimlari tarixi

1902


1911


1931


1955


1982


1998


2002


2004


2008


2009


2010


2011


[tahrir] Ramz va ranglar

Klubning ramzlari o'zgarishi bosqichi rasmlarda.

Klubning birinchi ramzi “Madrid Club de Football” so’zlarining bosh harflari oq ko’ylakka to’q ko’k rangda bezatilgan holda tikilgan oddiy tuzilishga ega edi. Birinchi o’zgarish 1908 yilda yuz berdi, unda harflar yana ham silliq holatga keltirildi va doira ichiga joylashtirildi. Shaklga keyingi o’zgartirish 1920 yilgacha, ya’ni prezident Pedro Parages davrigacha amalga oshirilmadi. U vaqtda qirol Alfonso XIII klubni qirollik homiyligiga olinganligini, u endilikda tahminiy tarjimasi “qirollikka qarashli” bo’lgan “Real” nomini berdi. Shu asnoda Alfonso toji klub ramziga qo’shildi va klub Real Club de Futbol deya atala boshlandi. 1931 yili monarxiya parchalanishi bilan barcha qirollik ramzlari yo’qotildi. Tojni o’rnini doira orqasida katta Kastilya chizig’i egalladi. 1941 yili Fuqarolar urushi tugaganidan ikki yil so’ng, ramzga “qirollik toji” qayta tiklandi va Kastilya chizig’i ham saqlanib qoldi. Undan tashqari, ramzning chekka chiziqlari tilla rang bilan tikildi, bu esa uni yanada ko’zga tashlanarli bo’lishida yordam berdi. Klub yana Real Club de Futbol deb atala boshlandi. Hozirgi ohirgi ko’rinishi 2001 yili amalga oshirildi. Sababi, klub 21 asr boshlanishida o’z mavqeiga ega bo’lish va uni yanada oshirish harakatini boshlagan edi. O’zgarishlardan biri hisoblanib, orqadagi chiziq yana to’qlashtirildi, yozuvlarga soya berildi va logotip devoriga yaqinlashtirildi.

Oq rang Real Madrid uyidagi o’yinlarda an’anaviy rang hisoblanadi, garchi dastlab oq ko’ylakda ko’k qiya chiziq qabul qilingan bo’lsa ham. Lekin hozirgi formadan farqli o’laroq, 1902 yilda to’q ko’k paypoq kiyishgan va yelkalardagi yo’l-yo’l chiziqlarni o’rnida oppoq matoligicha bo’lgan. O’sha yilning o’zida ko’k paypoqlar qora paypoqlarga alishtirildi. 1940 yil boshida kiyimga yana o’zgartirishlar kiritilib, klub ramzi chap ko’krakka o’tkazildi (hozirgacha shu holatda qoldi) va ko’ylakka tugma qo’shildi. 1947 yil 23 noyabrda Metropolitano stadionida Atletiko Madridga qarshi raqamli ko’ylak kiyib, Ispaniya klublari orasida birinchi marta raqamli ko’ylak kiygan klub bo’ldi.

Hozirgi vaqtda 1998 yildan beri klub uchun Adidas kompaniyasi ishlab chiqarmoqda. Birinchi ko’ylakda ko’rsatiladigan homiy Zanussi kompaniyasi bo’ldi. U bilan 3 yil shartnoma tuzdi. Keyinchalik Parmalat, Otaysi, Tekalar bilan shartnoma imzoladi. 2001 yilda Real Madrid bilan Tekaning shartnomasi tugadi va 1 yil klubning Realmadrid.com sayti logotipi qo’yildi. So’ng, 2002 yilda Siemens Mobile, 2006 yilda BenQ Siemenslar klub ko’ylaklarida paydo bo’ldi. Hozirgi kiyim homiysi bwin.com hisoblanadi.

[tahrir] Rasmiy kiyim homiylari va ishlab chiqaruvchilari

Yillar Ishlab chiqarishuvchilar Kiyim homiylari
1980–1982 Adidas yo'q
1982–1985 Zanussi
1985–1989 Hummel Parmalat
1989–1991 Reny Picot
1991–1992 Otaysa
1992–1994 Teka
1994–1998 Kelme
1998–2001 Adidas
2001–2002 yo'q
2002–2005 Siemens mobile
2005–2006 Siemens
2006–2007 BenQ Siemens
2007–Hozirgacha bwin.com


[tahrir] Statistika va hisobot

Hozirgi vaqtda Real Madrid uchun o’ynagan o’yinlari hisobiga rekordni 1994-2010 yilgacha 741 marta o’ynagan Raul egallab turibdi. Manuel Sanches jr. esa 711 ta o’yin bilan ikkinchi o’rinni egallab turibdi. Darvozabonlar rekordini esa Iker Kasillas 572 ta o’yin bilan egallab turibdi.

Raul Real Madridning tarixiy bombardiri bo’lib qoldi. 741 o’yinda u 323 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan. Yana to’rt kishi 200dan oshiq gol urishga muvaffaq bo’lishgan. Bular: Alfredo Di Stefano (1953-64), Santilyana (1971-88), Ferents Pushkash (1958-66) va Ugo Sanches (1985-92). Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu esa bir mavsumda 41 ta gol urib (2010/11) , eng ko’p gol urgan o’yinchi sifatida muhrlanib qoldi. Klub tarixidagi eng tez golni (15 sekund) Braziliyalik Ronaldo 2003 yil 3 dekabrida Atletiko Madrid klubi darvozasiga kiritgan edi.

Krishtianu Ronaldo va Diego Forlan

2006 yili Ispaniya kubogi vaqtida Santiago Bernabeu stadioniga rekord darajadagi 83 329 kishi o’yinini tomosha qilish uchun kelgan. E’tiborli jihati shundaki, Santiago Bernabeu stadioniga 80 354 ta odam sig’a oladi holos. 2007/08 mavsumida muxlislarninig o’yinlarda o’rtacha qatnashishi 76 234 taga yetdi. Bu esa Yevropa ligalaridagi eng katta ko’rsatkichdir. Mavsumlarni eng ko’pi bilan ketma-ket besh marta yutgan (1960-65 va 1985-1990 yillar). 1957 yil 17 fevraldan 1965 yil 7 martgacha, ya’ni, 121 ta La Liga o’yinlarida o’z stadionini mag’lubiyatsiz tark etgan.

Shuningdek, Real Madrid UEFA Chempionlar ligasida rekord darajada, 9 marta g’alaba qozongan. Raul esa UEFA Chempionlar ligasining mutloq bombardiri deya hisoblanib kelinadi. Umumiy hisobda u 71 ta gol urgan, shulardan 66 tasini esa Real Madrid tarkibida urgan. Yevropa chempionlar kubogida ham 1955/56 mavsumdan 1969/70 mavsumigacha ketma-ket rekord darajada ishtirok etgan.

2009 iyunida shaxsiy rekordini qayta takrorlab, Manchester Uniteddan 96 mln. yevroga Krishtianu Ronaldoni sotib oldi. Ungacha Yuventusdan Zayniddin Zidanni o’sha vaqtdagi rekord summa 76 mln. yevroga sotib olgan edi. Sotish bo’yicha rekord esa 2008 yil 1 sentyabrida Manchester Cityga Robinyoni 42 mln. yevro berib yuborganligi hisoblanadi.

[tahrir] Qo’llab-quvvatlash

Ko’pincha uydagi o’yinlarda stadionni o’rindiqlarini asosan abonement egalari band qilishadi. Ular o’rtacha 68 670 tani tashkil qiladi. Abonement egasi bo’lish uchun oldin klub a’zosi bo’lish kerak. A’zolikdan tashqari, klubning 1800 dan ortiq fan klublari Ispaniya va butun dunyoda faoliyat yuritib kelmoqda. Real Madrid Santiago Bernabeuga o’rtacha 65 000 muxlislarini o’ziga jalb qiladi. Bu esa dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Eng mashxur fan klublardan biri Ultras Sur hisoblanadi. Ular hatto Lazioning Irriducibili guruhi bilan ittifoq ham tuzishga ulgurishgan. Ko’pincha ular rasistlarga xos so’zlar bilan raqib futbolchilarini haqoratlar qilganliklari uchun UEFA tomonidan ogohlantirilganlar.

[tahrir] Stadion

  • Santiago Bernabeu
  • O'rindiqlar soni: 80 354
  • Maydon hajmi: 106 x 70 metr
  • Manzili: Concha Espina, 1 28036 Madrid.

[tahrir] Futbolchilar

Ispaniya jamoalarida Yevropa Ittifoqi fuqaroligini olmagan futbolchilar soni uchtadan oshmasligi kerak. Ro’yxatda faqat o’yinchilarning asosiy millati yozilgan va yevropalik bo’lmagan bir qancha o’yinchilar Yevropa Ittifoqidagi biror davlatidan ham fuqarolikdan o’tgan.

[tahrir] Asosiy jamoa

Amplua Futbolchi
1 Flag of Spain.svg DR Iker Casillas (Sardor)
2 Flag of Portugal.svg HM Ricardo Carvalho
3 Flag of Portugal.svg HM Pepe Képler
4 Flag of Spain.svg HM Sergio Ramos (sardor o'rinbosari)
5 Flag of Turkey.svg YH Nuri Shahin
6 Flag of Germany.svg YH Sami Khedira
7 Flag of Portugal.svg HJ Cristiano Ronaldo
8 Flag of Brazil.svg YH Kaka
9 Flag of France.svg HJ Karim Benzema
10 Flag of Germany.svg YH Mesut O'zil
11 Flag of Spain.svg YH Esteban Granero
12 Flag of Brazil.svg HM Marcelo (sardor o'rinbosari)
Amplua Futbolchi
13 Flag of Spain.svg DR Antonio Adán
14 Flag of Spain.svg YH Xabi Alonso
15 Flag of Portugal.svg YH Fábio Coentrão
16 Flag of Turkey.svg YH Hamit Altıntop
17 Flag of Spain.svg HM Álvaro Arbeloa
18 Flag of Spain.svg HM Raúl Albiol
19 Flag of France.svg YH Raphaël Varane
20 Flag of Argentina.svg HJ Gonsalo Iguain
21 Flag of Spain.svg HM José María Callejón
22 Flag of Argentina.svg YH Anxel di Maria
24 Flag of France.svg YH Lassana Diarra


[tahrir] Ijaraga berilganlar

Amplua Futbolchi
Flag of the Netherlands.svg YH Royston Drenthe (Hércules CFga)
Flag of Spain.svg YH Sergio Canales (Valensiyaga)
Flag of Spain.svg YH Pedro León (Getafega)
Flag of Argentina.svg YH Fernando Gago (Romaga)

[tahrir] Murabbiylar

Lavozimi Murabbiy
Bosh Murabbiy Joze Mourinyo
Murabbiy assistenti Aitor Karanka
Fitness murabbiyi Rui Faria
Darvozabon murabbiyi Silvino Louro
Texnik yordamchi Jose Morais


Ohirgi yangilanish: 26 iyun 2011 y.
Manba: Real Madrid

[tahrir] Klub raxbariyati

Lavozimi Raxbar
Klub prezidenti Florentino Pérez
Klub faxriy prezidenti Alfredo Di Stéfano
Prezident maslahatchisi Zinedine Zidane
1-chi prezident o'rinbosari Fernando Fernández Tapias
2-chi prezident o'rinbosari Eduardo Fernández de Blas
Kengash kotibi Enrique Sánchez González
Bosh direktor José Ángel Sánchez
Prezident devoni bosh direktori Manuel Redondo
institutsional munosabatlar direktori Emilio Butragueño
Sport direktori Miguel Pardeza
Ijtimoiy sfera bo'yicha direktor José Luis Sánchez
Huquqiy konsultativ kengash direktori Javier López Farre


Ohirgi yangilanish: 26 iyun 2011 y.
Manba: Real Madrid

[tahrir] Yutuqlar

[tahrir] Milliy

  • Ispaniya chempionati: 31 (rekord)
    • 1931/32; 1932/33; 1953/54; 1954/55; 1956/57; 1957/58; 1960/61; 1961/62; 1962/63; 1963/64; 1964/65; 1966/67; 1967/68; 1968/69; 1971/72; 1974/75; 1975/76; 1977/78; 1978/79; 1979/80; 1985/86; 1986/87; 1987/88; 1988/89; 1989/90; 1994/95; 1996/97; 2000/01; 2002/03; 2006/07; 2007/08
  • Ispaniya Kubogi: 18
    • 1904/05; 1905/06; 1906/07; 1907/08; 1916/17; 1933/34; 1935/36; 1945/46; 1946/47; 1961/62; 1969/70; 1973/74; 1974/75; 1979/80; 1981/82; 1988/89; 1992/93; 2010/11
  • Ispaniya Superkubogi: 8
    • 1988; 1989; 1990; 1993; 1997; 2001; 2003; 2008
  • Evi Duarte kubogi: 1
    • 1947
  • Ispaniya ligasi kubogi: 1
    • 1984/85
  • Mankomunado kubogi: 23
    • 1904-05, 1905-06, 1906-07, 1907-08, 1909-10, 1912-13, 1915-16, 1916-17, 1917-18, 1919-20, 1921-22, 1922-23, 1923-24, 1925-26, 1926-27, 1928-29, 1929-30, 1930-31, 1931-32, 1932-33, 1933-34, 1934-35, 1935-36

[tahrir] Xalqaro

  • UEFA Chempionlar ligasi: 9 (rekord)
    • 1956, 1957, 1958, 1959, 1960, 1966, 1998, 2000, 2002
  • UEFA Kubogi: 2 (UEFA kubogini ketma-ket ikki marta yutgan ikkita klubdan biridir. Boshqa klub — «Sevilya»)
    • 1984/85; 1985/86
  • UEFA Superkubogi: 1
    • 2002
  • Kontinentlararo Kubok: 3
    • 1960; 1998; 2002
  • Lotin Kubogi: 2
    • 1955, 1957
  • Ibero-amerika Kubogi: 1
    • 1994
  • Frans Bekkenbaur kubogi: 1
    • 2010
  • Kichik Jaxon kubogi: 2
    • 1952, 1956
  • Santiago Bernabeu Kubogi: 21
    • 1981, 1983, 1984, 1985, 1987, 1989, 1991, 1994, 1995, 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2003, 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011

[tahrir] Shaxslar

[tahrir] Klub prezidentlari ro'yxati

  • Flag of Spain.svg Xulian Palasios (1900—1902)
  • Flag of Spain.svg Xuan Padros (1902—1904)
  • Flag of Spain.svg Karlos Padros (1904—1908)
  • Flag of Spain.svg Adolfo Melendes (1908—1916 va 1936—1940)
  • Flag of Spain.svg Pedro Parahes (1916—1926)
  • Flag of Spain.svg Luis de Urkilho (1926—1930)
  • Flag of Spain.svg Luis Usera (1930—1935)
  • Flag of Spain.svg Rafael Sanches Guerra (1935—1936)
  • Flag of Spain.svg Antonio Santos Peralba (1940—1943)
  • Flag of Spain.svg Santiago Bernabeu(1943—1978)
  • Flag of Spain.svg Luis de Karlos (1978—1985)
  • Flag of Spain.svg Ramon Mendosa (1985—1995)
  • Flag of Spain.svg Lorenso Sans (1995—2000)
  • Flag of Spain.svg Florentino Peres (2000—2006, 2009-h.v.)
  • Flag of Spain.svg Ramon Kalderon (2006—2009)

[tahrir] Havolalar

Rasmiy sayti
Facebookdagi rasmiy sahifasi
Twitterdagi rasmiy mikroblogi

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda