Roberto Carlos (futbolchi)
| Roberto Karlos | ||
| Shaxsiy maʼlumot | ||
|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Roberto Carlos da Silva Rocha | |
| Tavallud sanasi | 10-aprel, 1973 (40 yoshda) |
|
| Tavvalud joyi | San Paulu, |
|
| Boʻyi | 168 sm | |
| Laqab | Robbi | |
| Ampluasi | himoyachi | |
| Klub ma'lumoti | ||
| Joriy klub | Faoliyatini tugatgan | |
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||
| 1988-1991 | Unian San Juan | |
| Professional klublar1 | ||
| Yillar | Klub | Isht. (Gollar)* |
| 1991—1993 1993—1995 1995—1996 1996—2007 2007—2010 2010 — 2011 2011 - 2012 |
Unian San Juan Palmeiras Inter Real Madrid Fenerbahche Korintians Anji |
33 (10) 44 (5) 30 (5) 370 (47) 65 (6) 35 (1) 25 (4) |
| Milliy terma jamoa | ||
| 1992—2006 | Braziliya milliy terma jamoasi | 125 (11) |
| Boshqargan klublari | ||
| 2012 - hz. | Anji (sport direktori) | |
|
1 Professional klublardagi gollari |
||
Roberto Karlos da Silva Rosha (port. Roberto Carlos da Silva Rocha; 10-aprel 1973, San Paulu) — sobiq braziliyalik futbolchi, chap qanot himoyachisi, shuningdek, markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachi o'rnida ham o'ynay olgan. Maxachqalaning Anji jamoasi sport direktori. 2002-yilgi Jahon chempionati chempioni, 1998-yilgi Jahon chempionati kumush medal sohibi. FIFA 100 ro'yxatiga kiritilgan. Yevropa Chempionlar ligasida 100dan ortiq o'yin o'tkazgan 19 o'yinchilardan biridir[1].
O'zining tezligi (100 metrni Roberto 11 sekunddan kam vaqtda yugurib o'tgan[2]) va ko'p gollariga sabab bo'lgan o'ta qattiq zarbasi bilan ancha mashxur hisoblanadi. 1997-yilda yil o'yinchisi nominatsiyasiga ovoz berish natijasiga ko'ra, hamyurti Ronaldodan biroz ortda qolgan holda 2-nchi o'rinni egalladi. Ko'p vaqt to'pning uchish tezligi va zarba kuchi bo'yicha 198 km/s. rekord natija unga tegishli bo'lgan[3][4] Bu rekord 2010-yildagi Jahon chempionati chog'ida nemis Lukas Podolski tomonidan 201 km/s. natija bilan yangilandi[4].
"Men bu zarbalarni har kuni mashq qilaman va men o'ylaymanki, omad doimiy mashg'ulotlar natijasida keladi", - Roberto Karlos[5].
Izohlar[tahrir]
- ↑ Гиггз обошёл Роберто Карлос по числу игр в Лиге чемпионов
- ↑ Статья на peoples.ru
- ↑ На свадьбе знаменитого бразильского футболиста Роберто Карлоса присутствовало более 600 гостей
- ↑ 4.0 4.1 Ефим Шаинский (2010-07-03). Немецкий интернационал. Спорт-Экспресс. Asl nusxadan arxivlandi (2012-02-16). 2010-07-04.
- ↑ Бразильская «пушка» вернётся на родину?