Iker Casillas
| Iker Casillas | ||
| Shaxsiy ma'lumot | ||
|---|---|---|
| To'liq ismi | Iker Casillas Fernández | |
| Tavallud sanasi | 20-may, 1981 (31 yoshda) | |
| Tavvalud joyi | Madrid, |
|
| Bo'yi | 185 sm | |
| Laqab | Don Iker, Ikerman | |
| Ampluasi | darvozabon | |
| Klub ma'lumoti | ||
| Joriy klub | ||
| Raqami | 1 | |
| Yoshligida a'zo bo'lgan klublar | ||
| 1990–1998 1998–1999 1999–2000 |
Real Madrid Youth Real Madrid C Real Madrid B |
|
| Professional klublar1 | ||
| Yillar | Klub | Isht. (Gollar)* |
| 1999– | Real Madrid | 420 (0) |
| Milliy terma jamoa | ||
| 2000– | Ispaniya | 121 (0) |
|
1 Professional klublardagi gollari |
||
Iker Kasilyas Fernandes (isp. Iker Casillas Fernández; 20 may 1981, Mostoles, Madrid) — Ispaniyalik futbolchi, darvozabon, Real Madrid jamoasi va Ispaniya terma jamoasi sardori, Yevropa chempioni (2008), Jahon chempioni (2010), Ispaniya terma jamoasida eng ko’p o’yin o’tkazgan o’yinchi hisoblanadi.
Mundarija |
[tahrir] Oilasi
Kasilyas 20 may 1981 yili Madridda tug’ildi. Otasi Xose Luis Kasilyas ta'lim vazirligi ishchisi, onasi esa sartarosh edi. Uning ota-onasi Navalakruz (Avila)dan ko'chib kelishgan edi. Iker hali bolaligida u Baskda yashadi, lekin u har doim Madridni o'zining qadrdon shahri deb hisoblardi. Kasilyasning o'zidan yetti yosh kichkina Unay degan ukasi bor. U CD Mostoles klubi sharafini himoya qiladi.
[tahrir] Jamoa
Iker 8 yoshida Realga kelib qo’shildi va butun faoliyatini shu jamoada o’tkazmoqda. Kasilyas Ispaniya terma jamoasida o’ynadi va u 1999 yili Meridiana kubogi va yoshlar o’rtasida jahon chempionatida g’alaba qozondi. 1999/2000 yidagi mavsumda o’zini ko’rsata oldi — u jarohatlangan Bodo Illgner o’rniga maydonga tushdi va Chempionlar ligasi finalida Valensiya bilan bo’lgan o’yinda jamoadoshlariga yordam berib, chempion bo’lishga erishdi. Tez orada Kasilyas o’z jismoniy holatini yo’qota boshladi va uning o’rniga asosiy tarkibda Sezar maydonga tusha boshladi. Lekin Iker o’zining asosiy tarkibdagi joyini Chempionlar ligasi finalida Bayer bilan bo’lgan o’yinidan so’ng yana qaytarib oldi. Ushbu o’yinda maydonga tushganidan so’ng, bir necha chiroylik “Seyv”larni amalga oshirishi orqali uning jamoasi 2:1 hisobida g’alaba qozonishiga sabab bo’ldi. 2002/03 mavsumda darvozabon birinchi raqam ostida maydonga tusha boshladi va hech qanday jarohatlarsiz Chempionlar ligasida 15 ta o’yinda, milliy chempionatda 38 ta o’yinda o’z jamoaning sharafini himoya qildi va jamoa chempionlikka erishdi.
2003/04 mavsumda u atigi bir dona o’yinni o’tkazib yubordi. Lekin bu narsa Qirollik klubiga yordam bermadi. O’sha mavsumda chempionlikni saqlay olmadi va Ispaniya kubogi finalida mag’lubiyatga uchradi.
[tahrir] Milliy terma jamoa
Shvedlar bilan o’yindagi debyutidan so’ng, u zahira darvozabon sifatida EURO-2000 yuborildi va u musobaqada birorta ham o’yinga tushirilgani yo’q. Ikki yildan so’ng, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi jahon chempionatidagi o’yinlarda Santyago Kanisaresning dublyori bo’lishi kerak edi. Lekin Kanisares so’nggi lahzalarda jarohat olishi va tarkibdan chiqib ketishi Kasilyasning jahon chempionati final bosqichida debyut qilishiga (Paragvayga qarshi o’yin) zamin yaratdi. U irlandlar bilan bo’lgan o’yinda qahramonga aylandi – ispanlar penaltilar seriyasida g’alaba qozonib, chorakfinalga yo’l olishdi. Iker EURO-2004 saralash bosqichida 8 ta o’yinda maydonga tushdi va u o’yinlarda 4 ta gol o’tkazib yubordi. Shuningdek, Kasilyas turnirning final bosqichida ham asosiy darvozabon bo’ldi va guruh bosqichidan turnirni tark etishdi. EURO-2008 musobaqasida u terma jamoa sardori bo’ldi va musobaqadagi barcha o’yinlarda ishtirok etdi (Gretsiya bilan bo’lgan, hech narsani hal qilmaydigan o’yindan tashqari). Ular bu musobaqada g’alaba qozonib, Yevropa chempioni nomiga sazovor bo’lishdi. Jahon chempionati-2010da ham terma jamoa sardori bo’ldi va bu musobaqada ham g’olib bo’lib, tarixda birinchi marta Ispaniya terma jamoasini jahon chempioni bo’lishiga katta hissa qo’shdi. FIFA esa Iker Kasilyasni Jahon chempionatidagi eng yaxshi darvozabon deb tan oldi.
[tahrir] Ishtirok etish statistikasi
[tahrir] Professional jamoada
| Jamoa | Mavsum | Chempionat | Kuboklar | Yevrokuboklar | Boshqalar | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| O’yinlar | O'G | O’yinlar | O'G | O’yinlar | O'G | O’yinlar | O'G | O’yinlar | O'G | ||
| Real Madrid | |||||||||||
| 1999-0 | 27 | 23 | 5 | 1 | 12 | 19 | 3 | 5 | 47 | 48 | |
| 2000–01 | 34 | 37 | 0 | 0 | 11 | 15 | 2 | 4 | 47 | 56 | |
| 2001–02 | 25 | 27 | 5 | 5 | 9 | 6 | 1 | 0 | 40 | 38 | |
| 2002–03 | 38 | 42 | 0 | 0 | 15 | 21 | 2 | 1 | 55 | 64 | |
| 2003–04 | 37 | 50 | 2 | 1 | 9 | 10 | 2 | 2 | 50 | 63 | |
| 2004–05 | 37 | 30 | 0 | 0 | 10 | 11 | 0 | 0 | 47 | 41 | |
| 2005–06 | 37 | 38 | 4 | 6 | 7 | 9 | 0 | 0 | 48 | 53 | |
| 2006–07 | 38 | 40 | 0 | 0 | 7 | 10 | 0 | 0 | 45 | 50 | |
| 2007–08 | 36 | 32 | 0 | 0 | 8 | 13 | 2 | 6 | 46 | 51 | |
| 2008–09 | 38 | 52 | 0 | 0 | 7 | 10 | 2 | 5 | 47 | 67 | |
| 2009–10 | 38 | 35 | 0 | 0 | 8 | 9 | 0 | 0 | 46 | 44 | |
| 2010–11 | 35 | 32 | 8 | 2 | 11 | 6 | 0 | 0 | 54 | 40 | |
| 2011–12 | 14 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 2 | 5 | 3 | 5 | |
| Faoliyati bo’yicha | 421 | 438 | 24 | 15 | 114 | 139 | 16 | 28 | 575 | 620 | |
| Terma jamoa | Yil | O’rtoqlik | Jahon chempionati | Yevropa chempinati | Konfederatsiyalar kubogi | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| O’yinlar | O'G | O’yinlar | O'G | O’yinlar | O'G | O’yinlar | O'G | O’yinlar | O'G | ||
| Ispaniya | 2000 | 3 | 3 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 5 |
| 2001 | 3 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 2 | |
| 2002 | 4 | 1 | 5 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 11 | 6 | |
| 2003 | 3 | 1 | 1 | 2 | 6 | 4 | 0 | 0 | 10 | 7 | |
| 2004 | 6 | 3 | 3 | 1 | 3 | 2 | 0 | 0 | 12 | 6 | |
| 2005 | 1 | 0 | 9 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 10 | 4 | |
| 2006 | 4 | 3 | 3 | 4 | 3 | 5 | 0 | 0 | 10 | 12 | |
| 2007 | 1 | 0 | 0 | 0 | 8 | 3 | 0 | 0 | 9 | 3 | |
| 2008 | 7 | 1 | 2 | 0 | 6 | 2 | 0 | 0 | 15 | 3 | |
| 2009 | 4 | 1 | 5 | 4 | 0 | 0 | 4 | 4 | 13 | 9 | |
| 2010 | 5 | 7 | 7 | 2 | 3 | 3 | 0 | 0 | 15 | 12 | |
| 2011 | 4 | 1 | 0 | 0 | 2 | 2 | 0 | 0 | 6 | 3 | |
| Terma jamoadagi faoliyatida | 45 | 23 | 40 | 24 | 33 | 21 | 4 | 4 | 122 | 72 | |
[tahrir] Mukofotlar
[tahrir] Jamoada
- Ispaniya chempionati (4): 2000–01, 2002–03, 2006–07, 2007–08
- Ispaniya Kubogi (1): 2011
- Ispaniya superkubogi (3): 2001, 2003, 2008.
- UEFA Chempionlar Ligasi (2): 1999–2000, 2001–02
- UEFA Superkubogi (1): 2002
- Qit’alararo kubogi (1): 2002
[tahrir] Terma jamoada
- UEFA U-15 Championship: 1995[1]
- UEFA U-16 Championship: 1997
- UEFA-CAF Meridian Cup: 1999
- FIFA World Youth Championship: 1999
- Yevropa chempionati: 2008
- Jahon chempionati: 2010
[tahrir] Personal
- Royal Order of Sporting Merit (Gold Medal): 2009–10 [2]
- Favourite son of Navalacruz: 2010 [3]
- Favourite son of Móstoles: 2010 [4]
[tahrir] Shaxsiy
- Bravo Mukofoti: 2000
- Don Balón Mukofoti: Breakthrough Player 2000
- UEFA Yilning ramziy jamoasi: 2007, 2008, 2009, 2010, 2011[5]
- Zamora trofeyi: 2007–08
- UEFA Evropa turniri ramziy jamoasi: 2008[6]
- FIFA World XI: 2008, 2009, 2010
- FIFA/FIFPro Jahonning eng yaxshi darvozaboni: 2008, 2009, 2010
- IFFHS Eng yaxshi darvozabon: 2008, 2009, 2010
- FIFA.com Yilning ramziy jamoasi: 2008[7]
- FIFA Jahon chempionati oltin qo’lqopi: 2010 [8]
- FIFA Jahon chempionati yulduzlar jamoasi: 2010
[tahrir] Shaxsiy hayot
2009 yildan boshlab, ispan sport teleboshlovchisi bo’lmish Sara Karbonero bilan munosabatda bo’lib yuribdi.
[tahrir] Xayriya ishlari
- 2011 yili o'z xohishiga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mingyillik dasturining ko'ngilli elchisi bo'lib tayinlandi.
- 2011 yil 28 dekabrda yoshlar o'rtasida ishsizlikka qarshi xayriya o'yinini tashkil etdi. O'yinda mashxur insonlar qatnashishdi. Ularni orasida Real Madridning o'yinchisi Granero, Migel Torres, Xose Antonio Reyes, Ruben De La Red, Fabio Kannavaro, Fernando Yerro, shuningdek, boshqa ispan sportchilari va artislati Alexandro Sanz, David Bustamante, Serxio Garsiya, Ektor Barbera va Alvaro Bautistalar qatnashishdi.
[tahrir] Qiziqarli faktlar
- Hozirda dunyodagi eng kuchli darvozabon Iker Kasilyas yana bir mashxur darvozabon Petr Chex bilan bir kunda tug’ilgan ekan (20 may). Iker Chexdan bir yoshga katta.
- Barselona yarim himoyachisi Xavi bilan qalin do’st.
- Yana bir eng yaqin do’stlaridan biri – Serxio Ramos.
- 2007 yili Iker Jaume Serraning “Gol 2: Hayot huddi orzu” nomli to’liq metrajli filmida o’zini o’ynadi. Shuningdek, bir qancha yana mashxur futbolchilar ham ishtirok etishdi: Ivan Elguera, Serxio Ramos, Roberto Karlos, Devid Bekxem, Raul Gonsalez, Zayniddin Zidan, Ronaldo, Robinyo, Michel Salgado, Stiv Makmanaman, Tierri Anri, Sesk Fabregas, Freddi Yungberg, Yens Leman va murabbiy Arsen Venger.
- 2011 yil 28 dekabrda o'tkazilishi rejalashtirgan xayriya o'yindan oldin ovqatdan allergiya qo'zib, yuzi shishib ketdi. Bu voqeani u "Ko'rinishim huddi Rokki Balboa bilan jang o'tkazilgandan keyingi holatdagidek yoki 20 kishi bilan urishgandekman." deb hazilona izohladi. [9] Qo'zg'agan allergiya uning o'yinga tushishiga halal bermadi.
[tahrir] Havolalar
- Iker Kasilyas haqidagi sayt(ingl.) (isp.) (frans.)
- Iker Kasilyas haqida rus tilidagi sayt
- Real Madrid jamoasining rasmiy saytidagi futbolchining sahifasi(ingl.)
[tahrir] Izoh
- ↑ Iker Casillas Fernandez. Realmadrid.com. 27 June 2008. (See Honours section)
- ↑ El CSD concede a Casillas la Medalla de Oro de la Real Orden del Mérito Deportivo (Spanish). As.com (15 November 2009). 8 February 2011.
- ↑ Casillas se emociona tras ser nombrado Hijo Predilecto de Navalacruz (Spanish). marca.com (30 August 2010). 8 February 2011.
- ↑ Iker Casillas será nombrado Hijo Predilecto de Móstoles el próximo 16 de septiembre (Spanish). As.com (30 August 2010). 8 February 2011.
- ↑ Team of the Year 2010 announced. uefa.com (20 January 2010). 20 January 2010.
- ↑ Spain dominate Team of the Tournament. UEFA.com (30 June 2008). 30 June 2008.
- ↑ 2008 Team of the Year revealed. FIFA.com (19 January 2009). 7 May 2009.
- ↑ Golden awards for top FIFA World Cup Trio. FIFA.com (15 December 2010). 8 February 2011.
- ↑ Касильяс: "Выгляжу так, будто дрался против Рокки Бальбоа". merengues.ru. 28 Декабрь 2011.