Manchester United FC

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Manchester United
Manchester United FC.png
Toʻliq nomi Manchester United Futbol Klubi
Laqab(lar) Qizil Iblislar, Man United, United
Qachon asos solingan 1878, Newton Heath L&YR F.C.
Stadioni Old Trafford
Stadion hajmi 76,212
Rahbar Joel va Avram Glazer
Murabbiy Ser Alex Ferguson
Liga Premyer Liga
2007–08 Premyer Liga, 1chi
Mezbonda


Mehmonda


Manchester United (talaffuzi Manchester Yunayted) — ingliz futbol jamoasi.

Mundarija

[tahrir] Klub tarixi

[tahrir] Mavsumning boshlanishi(1878—1945)

Klub 1878-yilda Newton Heath (Lancashire & Yorkshire Railway) (qisqartirilgan holda Newton Heath (L&YR)) nomi ostida Machesterdagi ishchi-temiryo'lchilar guruhi sifatida tashkil topgan.Keyinchalik guruh nomi Newton Heath deb atala boshlandi, guruh a'zolari esa 'the Heathens' deb yuritilardi. 1892-yilda guruh Angliya futbol ligasiga kiritildi.

Guruhning birinchi kinotasmaga tushirilgan 1902-yildagi matchi Burnley F.C. ustidan qozongan g'alabasidir.

1902-yilda guruh inqirozga yuz tutdi. So'ngra Jon Devis tomonidan qutqarib qolindi va guruh nomi Manchester United deb o'zgartirildi. Jamoaning ramziy rangi yashil va oltin ranglardan qizil va oq ranglarga o'zgartirildi. Yangi nom ostida klub 1908 yilda Angliya chempionatini, 1909 26-aprelda Angliya kubogini yutdi. 1910-yilda esa Devisning moliyaviy yordami orqali guruh Benk stritdagi eski stadiondan yangi Old Trafford stadioniga ko'chib o'tdi. 1911-yilda guruh yana Angliya chempionatida g'alaba qozondi.

[tahrir] Basbi davri (1945—1969)

Mett Basbi 1945-yilda jamoaning bosh treneri etib tayinlandi. U bir vaqtning o'zida ham menedjer, ham trener vazifasini o'tadi.

Basbi amaliyotni yosh va iqtidorli futbolchilar qidiruvidan boshladi. 1965-yilda jamoa Angliya chempionatligini yutdi. Keyingi mavsumda Manchester Yunayted yana g'alaba qozondi va finalga yo'llanma oldi, ammo Aston Villa bilan bo'lgan uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Manchester Yunayted ingliz klublari orasida birinchi bo'lib evrokuboklarda ishtirok etib, yarim finalgacha bordi.

1958-yil 6-fevralda jamoa evrokubok o'yinlaridan qaytayotib, Myunhen osmonida aviahalokatga uchradi. Halofat 8 nafar futbolchini hayotdan olib ketdi. Falokatga qaramasdan jamoa turnirlarda qatnashishda davom etdi va shu mavsumning o'zida Bolton bilan birga Angliya kubogi uchun bo'lgan o'yinlarda finalga chiqdi.

66-yillar boshlarida Basbi jamoaga Lou Denis va Pet Krerand kabi mashhur o'yinchilarni taklif qilib, tarkibni o'zgartirdi. 1968-yilda Manchester Yunayted ingliz jamoalari ichida birinchi bo'lib Chempionlar Kubogini qo'lga kiritdi.

[tahrir] 1969—1986

1972-yil ohirida Tommi Docherti bosh trener etib tayinlandi. Docherti, yoki shunchaki 'Dok', jamoani oliy diviziondagi qulashdan asrab qoldi, lekin 1974 yili MU bundan qochib qutula olmadi. Birinchi urinishda jamoa oliy ligaga qaytdi va 1976 yildayoq Angliya kubogigacha bordi. 1977-yil omad ularga kulib boqdi va Liverpul ustidan g'alabani qo'lga kiritdi. Bu muvafaqiyatlarga qaramasdan finaldan so'ng Docherti klubni tark etadi.

1977-yilda uning o'rniga Deyv Sekston keladi. U jamoaga boshqa usulni olib kiradi. Bu esa o'z navbatida muxlislar noroziligini keltirib chiqaradi. Muvafaqiyatsiz mavsumlardan so'ng Deyv 1981-yili klubni tark etadi.

Uni o'rnini Ron Atkinson egallaydi. Uning jamoasida Yesper Ol'sen, Brayan Robson, Gordon Strachan, Norman Vaytsayd va Mark X'yuz kabi mashhur o'yinchilar to'p surganlar. Klub 1983 va 1985-yillarda kubok, 1985-86-yillardagi mavsumda Chempionlar kubogini qo'lga kiritadi. Angliya chempionatida esa 4-o'rinda turar edi.

[tahrir] Xet-trik (1998-99)

1998-99 yilgi mavsum klub uchun omadliroq keldi - ular Liga Chempionligi va Angliya premyer ligasi va Angliya Kubogida g'alaba qozondilar.

[tahrir] Xet-trikdan so'ng (1999-hozirgi zamon)

Jamoa 2000 va 2001-yillarda chempionlikni qo'lga kiritdi, lekin Evropa arenalarida muvafaqiyatsizlikka uchradi. 2002-yilgi mavsum 3-o'rin bilan yakunlandi. 2003 va 2007 yillarda chempionlik yana MUchilarda bo'ldi.

[tahrir] Jamoa tarkibi

[tahrir] Asosiy tarkib

2011-yil 13-iyunga kelib jamoa tarkibi:


Amplua Futbolchi
3 Flag of France.svg HM Patrice Evra
5 Flag of England.svg HM Rio Ferdinand
6 Flag of England.svg HM Wes Brown
7 Flag of England.svg HJ Michael Owen
8 Flag of Brazil.svg YH Anderson
9 Flag of Bulgaria.svg HJ Dimitar Berbatov
10 Flag of England.svg HJ Wayne Rooney
11 Flag of Wales.svg YH Ryan Giggs
12 Flag of England.svg HM Chris Smalling
13 Flag of South Korea.svg YH Park Ji-Sung
14 Flag of Mexico.svg HJ Javier Hernández
15 Flag of Serbia.svg HM Nemanja Vidić (jamoa sardori)
16 Flag of England.svg YH Michael Carrick
17 Flag of Portugal.svg YH Nani
19 Flag of England.svg HJ Danny Welbeck
20 Flag of Brazil.svg HM Fábio
21 Flag of Brazil.svg HM Rafael
22 Flag of Ireland.svg HM John O'Shea
23 Flag of Ireland.svg HM Jonny Evans
24 Flag of Scotland.svg YH Darren Fletcher
Amplua Futbolchi
25 Flag of Ecuador.svg YH Antonio Valencia
26 Flag of France.svg HJ Gabriel Obertan
27 Flag of Italy.svg HJ Federico Macheda
28 Flag of Ireland.svg YH Darron Gibson
29 Flag of Poland.svg DR Tomasz Kuszczak
30 Flag of Belgium.svg HM Ritchie De Laet
32 Flag of Senegal.svg HJ Mame Biram Diouf
34 Flag of Denmark.svg DR Anders Lindegaard
35 Flag of England.svg YH Tom Cleverley
37 Flag of Ireland.svg YH Robert Brady
38 Flag of England.svg HJ Nicky Ajose
40 Flag of England.svg DR Ben Amos
41 Flag of Norway.svg HJ Joshua King
42 Flag of France.svg YH Paul Pogba
45 Flag of England.svg HM Oliver Gill
46 Flag of England.svg YH Ryan Tunnicliffe
47 Flag of Ireland.svg YH Oliver Norwood
49 Flag of England.svg YH Ravel Morrison
Flag of England.svg HM Phil Jones

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda