Adidas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adidas AG
Xizmatlari Ommabop kompaniya
Shiori (inglizcha: Impossible is nothing)
Qachon asos solingan 1924
Joylashuvi Herzogenaurach, Germaniya
Xoʻjayinlar Gerbert Hayner, Bosh direktor
Mahsulot(lar)i sport mahsulotlar
Daromadi €1.070 mlrd. (2010) [1]
Aylanma daromadi € 10,799 mlrd. (2008)[1]
Sof foydasi €1.79 mlrd. (2010) [1]
Ishchilar soni 38.9 ming kishi (2008)
Vebsayti adidas.com

Adidas AG (Adidas deb talaffuz qilinadi) – dunyoga mashhur sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nemis kompaniyasi. Bosh ofisi Germaniyaning Herzogenaurach shahrida joylashgan. Kompaniyaning bosh direktori – Gerbert Hayner. Hozirgi vaqtda kompaniya Adidas, Reebok, Rockport, Y-3, RBK & CCM Hockey, shuningdek, Taylor-Made Golf kompaniyalari mahsulotlarini mijozlarga yetkazib berish xizmati bilan shugʻullanadi[2]. Kompaniyaga Adolf Dassler tomonidan onasining uyida asos solingan; 1924-yilda akasi Rudolf bilan birgalikda Aka-uka Dassler oyoq kiyim fabrikasi nomi bilan nomlashgandi. Dasslerlar koʻplab sport turlari uchun moʻjallangan temir tishli oyoq kiyimlar ishlab chiqish va rivojlantirishga hissa qoʻshishdi. Sport oyoq kiyimlari sifatini oshirish maqsadida Adolf oldingi ogʻir boʻlgan temir tishlar oʻrniga qayta ishlanuvchi rezina va charmdan foydalandi. Dassler AQShlik sprentir Jasse Owensni 1936-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida shaxsan oʻzi tayyorlagan butsilardan foydalanishga koʻndirgan. 1949-yilda ikki aka-uka oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli Adolf Adidasni yaratadi, Rudolf esa Adidasga raqobatchi boʻluvchi Pumani.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adidas Germaniyada joylashgan Herzogenaurach shahridagi onasining oshxonasi yoki kirxonasida sport oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi Adolf “Adi” Dassler tomonidan Birinchi jahon urushidan qaytganidan asos solingan. 1924-yil iyulida biznesga akasi Rudolf ham qoʻshildi va Aka-uka Dasslerlar nomi oyoq kiyim fabrikasiga aylandi. Herzogenaurachda elektr energiyasi yetkazib berish uzluksiz emasdi, shuning uchun aka-ukalar baʼzan qoʻzgʻalmas velosipeddan olingan tok kuchi orqali oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarishga toʻg’ri kelardi. Dasslerlar koʻplab sport turlari uchun tishli oyoq kiyimlarni ishlab chiqishdi. Dassler AQShlik sprentir Jasse Owensni 1936-yilgi Yozgi Olimpia oʻyinlarida shaxsan oʻzi tayyorlagan butsilardan foydalanishga koʻndirgan. Owensning olimpiyadadagi toʻrtta oltin medalidan soʻng Dassler oyoq kiyimlari shuhrati butun dunyo sportchilari va ularning murabbiylari orasida oshib ketdi. Biznes muvaffaqiyatli edi va Dasslerlar Ikkinchi jahon urushiga qadar yiliga 200,000 juft oyoq kiyim sotishar edi. Dasslerlar fabrikasi Ikkinchi jahon urushi davomida tankka qarshi qurollar ishlab chiqardi. 1945-yilga kelib esa AQSh qurolli kuchlari tomonidan deyarli vayrona holatga keltirildi. Lekin Adolf Dasslerning xotini Amerikaliklarni kompaniya va unning ishchilari faqat sport oyoq kiyimlarini ishlab chiqarishga qiziqqanligiga ishontirolishi tufayli saqlab qolindi. Amerika okkupatsiya kuchlari keyinchalik Dasslerlarning katta buyurtmachisiga aylandi.

Ajralish va Puma bilan raqobat[tahrir | manbasini tahrirlash]

1947-yilda aka-uka munosabatlarining yomonlashuvi orqasidan Rudolf yangi kompaniya tuzdi va uni RUdolf DAsler nomida atab RUDA deb nomladi, keyinchalik esa uni Puma deya rebrending qildi. Adolf ham 1949-yil 18-avgustda kompaniyaning eski nomi Adi Daslerdan rasman Adidas AG nomiga oʻzgartirdi. Unchalik ishonchli boʻlmagan afsonalarda Adolf kompaniya nomi bilan “Kun davomida sportni oʻylayman” (All Day I Dream About Sports), demoqchi deyiladi. Ajralishdan soʻng Puma va Adidas keskin va shiddatli biznes raqobatga kirishadilar. Vaziyat shu darajaga yetib bordiki, shahar ikkiga boʻlindi va begona kishining qanaqa oyoq kiyim kiyganliga qarab yurganidan shaharga “egilgan boʻyinlar” deb laqab berishadi. Hattoki, shaharning futbol klublari ham ikkiga boʻlingan edi: ASV Herzogenaurach klubi Adidas, 1 FC Herzogenaurach klubi Puma mahsulotidan foydalinishar edi. Agarda biron kishini Rudolf uyga chaqirtiradiga bo’lsa u atayin Adidas oyoq kiyimida borar edi. Rudolf esa ularga yerto’laga tushib o’zlari uchun tekinga Puma oyoq kiyimidan olishni aytar edi. Ikki aka-uka hech qachon qayta yarashmadi va hattoki bir qabristonning bir-biridan qanchalik uzoqqa dafn qilish imkoni bo’sa shuncha uzoqqa dafn qilindilar. 1948-yilda Ikkinchi jahon urushidan so’ng G’arbiy Germaniya milliy terma jamoasining ilk o’yinida bir qancha futbolchilar va shuningdek G’arbiy Germaniyaning urushdan keyingi dastlabki golini urgan Herbert Burdenski Puma butsilarini kiygan edi. To’rt yildan keyin Helsinkidagi 1952-yilgi Yozgi Olimpiada o’yinlarida 1500 metrga yuguruvchi Josy Barthel Pumaga birinchi Olimpiada medalini taqdim etdi.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1952-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Adidas oʻzining uch chiziqli emblemasini fin firmasi hisoblanmish Karhu Sportsdan ikki shisha viski va 1600 yevro evaziga sotib oladi. Adidas Shuning dek Dunyodagi raqobatli Kompaniyalardan biriga aylandi

Hamkorliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yildan buyon dunyo futboli boshqaruvchisi boʻmish FIFA Adidas bilan Jahon Chempionatlarida hamkorlik qilib keladi. Hamkorlik doirasida 1970-yilgi Jahon Chempionatida dastlabki Adidas futbol toʻplaridan foydalanildi. 2006-yilgi chempionatda “Teamgeist” nomli toʻpdan foydanilgan boʻlsa, 2010-yilda JARda boʻlib oʻtgan JCHda “Jabulani”, 2014-yilgi JCHda esa “Brazuca” nomli toʻpdan foydalanilgan. Brazuca nomi muhlislar tomonidan tanlangan birinchi toʻpdir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 [1] adidas-group.corporate-publications.com
  2. Введение в Adidas Career website (Wayback Machine saytida 2011-09-01 sanasida arxivlangan) (rus.)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]