Soʻm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Soʻm
Soʻm
UzbekistanP81-500sum-1999-donatedoy b.jpg
ISO 4217: UZS
Davlat nomi: O'zbekiston
Simvol:

Soʻm — 1) eng qadimgi atamalardan biri boʻlib, Firdavsiyning "Shohnoma" asarida "S" pul solingan qopcha (xalta) maʼnosida qoʻllanilgan. 14-a.da Oltin Oʻrda xonligida ogʻirlik birligi boʻlib, muayyan ogʻirlikdagi kumush quyma (yombi)ni ifodalagan. 1920y.larda, OʻzSSR tashkil etilganidan keyin sovet rubli banknotlari va xazina biletlari nominalida ittifoqdosh respublikalarning milliy tillaridagi pul birliklari nomlari, jumladan "soʻm" nomi yozilgan holda chiqarilgan rubl Oʻzbekiston hududida muomalada "S" deb atalgan. 2) Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi. 1 S. q 100 tiyin. Xalqaro ifodasi UZS. S. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining millim valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida"gi 1994 y. 16 iyundagi farmoni bilan 1994 y.ning 1 iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan.

Muomalaga 1994 y.da 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻmlik, 1997 y. 1 martdan 200 soʻmlik, 2000 y. 1 iyuldan 500 soʻmlik, 2001 y. 1 sentyabrdan 1000 soʻmlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50 soʻm qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan (q. Tanga).

S.ning muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisobkitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasining markaziy banki amalga oshiradi.

Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari 1020 soʻm 07 tiyin (2004 y.,iyun).

Fayzulla Mullajonov.


Soʻm - O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasi. 1 Soʻm = 100 tiyin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122 – moddasi va "O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to'g'risida"gi qonunning 11–moddasi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993- yil 3 sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994- yil 1 iyuldan boshlab, O'zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to'lov vositasi bo'lgan milliy valyuta - "so'm" muomalaga kiritildi. Hozirgi vaqtda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000 so'm qiymatidagi banknotlar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin (1tiyin = 1/100 so'm), hamda 1, 5, 10, 25, 50, 100 so'm qiymatidagi tangalar muomaladadir.

Banknot va tangalar chiqqan yillari [tahrir]

Yil Banknot Tanga
1994 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 Soʻm 1, 3, 5, 10, 20, 50 Tiyin
1997 200 Soʻm
1999 500 Soʻm
2001 1000 Soʻm 5, 10, 25 Soʻm
2002 50 Soʻm

Banknotlar haqida ma'lumotlar [tahrir]

Havolalar [tahrir]