Elyor Gʻaniyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻaniyev Elyor Majidovich
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri
Mansab davri
2020-yil 22-yanvar – 2020-yil 8-avgustgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ochilboy Ramatov
Vorisi Ilhom Mahkamov
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
Mansab davri
2012-yil 13-yanvar – 2017-yil 1-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Galina Saidova
Vorisi Jamshid Xoʻjayev
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2010-yil 1-noyabr – 2012-yil 13-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Vladimir Norov
Vorisi Abdulaziz Komilov
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
Mansab davri
2006-yil – 2010-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ravshan Gʻulomov
Vorisi Galina Saidova
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2005-yil 3-fevral – 2006-yil 12-iyulgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Sodiq Safoyev
Vorisi Vladimir Norov
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi
Mansab davri
2002-yil – 2005-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan[1]
Vorisi lavozim bekor qilingan
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri
Mansab davri
1997-yil – 2002-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi T. Rahimov
Vorisi lavozim bekor qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1960-yil (1960-01-01) (64 yosh)
Sirdaryo, OʻzSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Gʻaniyev Elyor Majidovich (1960-yil 1-yanvar, Sirdaryo viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri (2020-2020), Savdo vaziri (1997-2005, 2006-2010, 2012-2017), Tashqi ishlar vaziri (2005-2006, 2010-2012), Bosh vazirining oʻrinbosari (2002-2006, 2009-2012, 2019-2020).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yil 1-yanvarda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.

1981-yilda Toshkent politexnika institutining neft va gaz sanoati texnik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1981-1985 — Toshkent politexnika instituti oʻqituvchisi.

1985-1990 — Qurolli Kuchlar xizmatida.

1990-1992 — Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari davlat qoʻmitasi katta referenti.

1992-1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boshqarma boshligʻi.

1993-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi.

1994-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari.

1997-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri.

2002-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi.

2005-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri.

2006-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.

2009-2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.

2010-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri.

2012-yil 13-yanvardan 2017-yil 28-noyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.

2017-yil 1-noyabrdan 2019-yil 28-yanvargacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari[2].

2019-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, innovatsiyalar, erkin iqtisodiy zonalar majmuasi rahbari etib tayinlandi.[3]

2020-yil 22-yanvardan 8-avgustgacha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri.[4]

2005-yildan 2018-yilgacha — Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi Prezidenti.[5]

Ingliz tilini biladi.

1996-yilda Doʻstlik ordeni berilgan[6]

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, besh nafar farzandi bor[7].

Otasi — Majid Gʻaniyev, Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]