Oqmoʻla (viloyat)
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Koʻkchatov shahri | |
Yirik shaharlari | Koʻkchatov, Stepnogorsk, Shuchinsk | |
Asos solingan sanasi | 1939-yil | |
Akim | Aytmuhametov Qoʻsman Qayirtayevich | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2013) | 734,145[1] (11-oʻrin) | |
Zichligi | 5,00 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar — 43,5% ruslar — 36,5% | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | |
Maydoni | 146 219 km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 7162 xx-xx-xx[2] | |
Pochta indeksi | 02xxxx[3] | |
Avtomobil raqami kodi | O,C,03 | |
Rasmiy sayti | http://www.akmo.kz/ | |
Xaritada | ||
52°0′0″N 69°0′0″E / 52.00000°N 69.00000°E |
Oqmoʻla viloyati (qoz. Ақмола облысы, اقمولا وبلىسى) - Qozogʻistondagi viloyat (1961-yilgacha Akmolinsk). 1961—92 yillarda Selinograd, 1992-yildan Oqmoʻla viloyati). 1939-yilda tashkil etilgan. Maydoni 155,1 ming km2. Aholisi 731 398 kishi (2012), qozoq, rus, nemis, ukrain, belorus, tatar, udmurt, boshqird, mordva, uygʻur, koreys va boshqalar yashaydi. 13 tuman, 7 shahar, 12 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Koʻkchatov shahri (1999-yildan buyon). Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri bor.[4]
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqmoʻla viloyati Qozogʻiston past togʻlarining shimoli-gʻarbiy qismini egallagan. Hududining katta qismi toʻlqinsimon tekislik. Mutlaq balandligi 300–400 m. Sharkala Yermentov togʻlari (eng baland joyi — 897 m), janubi-gʻarbida Tengiz-Qurgʻaljin botigʻi joylashgan. Foydali qazilmalari: oltin, boksit, surma, mis, toshkoʻmir, gil, kvars qumi. Iqlimi keskin kontinental, quruq iqlim. Iyulning oʻrtacha harorati 20 °C, yanvarniki — 18 °C. Yillik yogʻin 300 mm. Eng katta daryosi — Ishim. Koʻl koʻp. Oqmoʻla viloyatining shimoliy qismidagi qora tuproqlarda shuvoq-betaga oʻsadi. Dashtlarda kemiruvchilar, tuyoklilar, yirtqichlar, qushlar yashaydi. Qurgʻaljin qoʻriqxonasi bor.
Daryo va koʻllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yirik daryolari Yesil, uning tarmoqlari — Qaqutan, Jabay, Terisaqqan, Nura, Suleti, Oʻlenti, Qulanoʻtpes, v.b. Viloyatda koʻllar koʻp, ularning 94 tasi chuchik. Yirik chuchik koʻllari Qoʻrgʻaljin, Qoʻjakoʻl, Shoʻlaqshalqar, Baliqtikoʻl, Uyalishalqar, v.b. Yirik tuzli koʻllari Teniz, Kerey, Itemgen, Qipshaq, Mamay, Ulken Sarioʻba va Astana, Sileti toʻgʻoni bor. Ulardan boʻlak yer sugʻorish maqsadida 37 ta toʻgʻon barpo etilgan, jami suv koʻl. 180,6 mln. m3. Qoʻrgʻaljin koʻl tarmogʻini suv bilan toʻldirish va Astananing sanoatini suv bilan taʼminlashni yaxshilash uchun Nura daryosi orqali 70 — 74 mln. m³ Irtish suvi beriladi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholi soni 1989yil[5] |
%[5] | Aholi soni 1999yil |
% | Aholi soni 2010yil |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
Barchasi | 1064406 | 100,00 % | 836271 | 100,00 % | 738010 | 100,00 % |
Qozoqlar | 266831 | 25,07 % | 313488 | 37,49 % | 330835 | 44,83 % |
Ruslar | 459348 | 43,16 % | 329454 | 39,40 % | 263052 | 35,64 % |
Ukrainlar | 91236 | 8,57 % | 62228 | 7,44 % | 45935 | 6,22 % |
Olmonlar | 139032 | 13,06 % | 52334 | 6,26 % | 30124 | 4,08 % |
Beloruslar | 28283 | 2,66 % | 19475 | 2,33 % | 14684 | 1,99 % |
Tatarlar | 22332 | 2,10 % | 17272 | 2,07 % | 14645 | 1,98 % |
Polyaklar | 14058 | 1,32 % | 11404 | 1,36 % | 9242 | 1,25 % |
Ingushlar | 5571 | 0,52 % | 5491 | 0,66 % | 5467 | 0,74 % |
Chechenlar | 4181 | 0,39 % | 3149 | 0,38 % | 3536 | 0,48 % |
Boshqurtlar | 4793 | 0,45 % | 2708 | 0,32 % | 2304 | 0,31 % |
Moldavanlar | 3461 | 0,33 % | 2239 | 0,27 % | 2001 | 0,27 % |
Ozarbayjonlar | 2424 | 0,23 % | 1656 | 0,20 % | 1801 | 0,24 % |
Udmurtlar | 2690 | 0,25 % | 1748 | 0,21 % | 1461 | 0,20 % |
Koreyslar | 1382 | 0,13 % | 1489 | 0,18 % | 1298 | 0,18 % |
Mariylar | 2799 | 0,26 % | 1377 | 0,16 % | 1177 | 0,16 % |
Mordvalar | 2705 | 0,25 % | 1662 | 0,20 % | 1117 | 0,15 % |
Armanlar | 1171 | 0,11 % | 1110 | 0,13 % | 1111 | 0,15 % |
Chuvashlar | 1980 | 0,19 % | 1089 | 0,13 % | … | … |
Boshqa millatlar | 10129 | 0,95 % | 6898 | 0,82 % | 8220 | 1,11 % |
Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqmoʻla viloyati 17 tumanga va 3 shaharga boʻlinadi.
- Oqkoʻl tumani — Oqkoʻl
- Arshali tumani — Arshali
- Astraxon tumani — Astraxonka
- Otbosar tumani — Otbosar
- Bulandi tumani — Makinsk
- Burabay tumani (Shuchinsk) — Shuchinsk
- Yegindikoʻl tumani — Yegindikoʻl
- Yenbekshilder tumani — Stepnyak
- Araymantov tumani — Araymantov
- Yesil tumani — Yesil
- Yaxshi tumani — Yaxshi
- Yorqayin tumani— Derjavinsk
- Zerendi tumani— Zerendi
- Qoʻrgʻaljin tumani — Qoʻrgʻaljin
- Sandiqtov tumani — Balkashino
- Tselinograd tumani — Akmoʻl
- Shoʻrtandi tumani — Shoʻrtandi
- Koʻkchatov shahar hokimligi
- Qoʻshchi shahar hokimligi
- Stepnogorsk shahar hokimligi
Qishloq Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqmoʻla viloyati Qozogʻistondagi muhim gʻallachilik rayonlaridan. Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — obikor dehqonchilik va goʻsht-jun chorvachiligi. Oqmoʻla viloyatining qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlari orasida katta qismini yaylovlar egallaydi. Qishloq xoʻjaligi yirik gʻallachilik bilan sut-goʻsht chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik va mayin junli qoʻychilik, yilqichilikka ixtisoslashgan. Ishim daryosi va chuchuk koʻllarda baliq ovlanadi[6].
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Energetikasi Qaragʻanda havzasidagi toshkoʻmir va mazutga asoslanadi. Issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi. Kon qazish, mashinasozlik va metallsozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, nasos, vagon taʼmirlash zavodlari), oziq-ovqat (un kombinati, sut zavodlari) va mebel sanoati tarmoqlari rivojlangan. Qurilish materiallari (temir-beton konstruksiyalar, gʻisht ishlab chiqarish) sanoati barpo etilgan. Koʻpchilik sanoat korxonalari Ostonada, shuningdek, Makinskda (porshen xalqalari ishlab chiqaruvchi zavod, qishloq xoʻjaligi inventarlari, avtomobil va traktorlar uchun ehtiyot qismlar), Otbosarda (goʻsht kombinati, remontmexanika zavodi), Alekseyevkada, Shoʻrtandi shaharchasida (mebel fabrikalari) va tuman markazlarida (moy zavodlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari) joylashgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Аппарат акима Акмолинской области (Wayback Machine saytida 2007-12-16 sanasida arxivlangan)
- Библиотека Царское Село, книги по истории Акмолинской области (Wayback Machine saytida 2013-10-19 sanasida arxivlangan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года
- ↑ Oqmoʻla viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 5,0 5,1 V sovremennix granitsax Akmolinskoy oblasti, vklyuchaya chast bivshey Kokchetavskoy oblasti i isklyuchaya gorod Astana
- ↑ Акмолинская область. История АТД[sayt ishlamaydi]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |