Arktika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arktika — Yerning eng shimoliy nuqtasida joylashgan qutbiy mintaqa. Arktikaga Shimoliy Muz okeani hamda Kanada, Rossiya, Daniya (Grenlandiya), Norvegiya, AQSh (Alaska), Shvetsiya, Finlandiya va Islandiya davlatlarining bir qismi kiradi. Odatda Arktikaning janubiy chegarasi Shimoliy Qutb doirasiga deyarli tug‘ri keladi. Umumiy maydoni taxminan. 21,3 mln. km2, shundan 14,2 mln. km2 suv yuzasiga to‘g‘ri keladi. Arktikaning quruklik qismi Rossiya, Kanada, AQSHning Alyaska shtati, Daniya (Grenlandiya) va Norvegiya (Shpitsbergen) hududlarining bir qismini o‘z ichiga oladi. Tabiiy xususiyatlariga ko‘ra, Arktika orollarining ko‘proq (Shimol) qismi Arktika muz zonasiga, materik qismi va jan. orollar tundra zonasiga kiritiladi. Rossiya Arktikasining Shimol qismini o‘zlashtirishda shu yerdan o‘tadigan Shimoliy dengiz yo‘li katta rol o‘ynagan.

Arktikaning joylashuvi
Arktika mintaqasining sunʼiy boʻyalgan topografik xaritasi
Ushbu mintaqaning MODIS tasviri

Geologik tuzilishi[tahrir]

Arktika hududida asosan qadimgi kristall qalqonlar va platformalar, quyi paleozoy, yuqori pa-leozoy va mezozoy burmali strukturalari uchraydi. Uchlamchi davrning o‘rtalarigacha Arktikaning ko‘p qismi quruklik va iqlimi iliq hamda sernam bo‘lgan. So‘ngra yer cho‘kib, Shim. Muz okeanining asosiy botiklari paydo bo‘lgan. Ayni vaqtda suv osti tizmalari va ostonalar hamda Arktika quruklik qismining ayrim joylari, ayniqsa, Osiyoning Shimol-sharqi, Taymir, Ural, Grenlandiya va Elsmir o. ko‘tarilgan. Bunday harakatlar to‘rtlamchi davrda ham davom etgan va baʼzi bir rayonlarda (Shpitsbergen, Osiyoning Shimol-sharqi va boshqalar joylarda) vulkanlar otilib turgan. To‘rtlamchi davrda iqlim sovib ketgan. Natijada muzliklar paydo bo‘lgan. Bu muzliklar Arktikadan uzoq masofagacha bostirib borgan. Arktikaning ko‘pgina qismlarida, ayniqsa Grenlandiya dengizida va Laptevlar dengizida 6—8 ballgacha yer qimirlash va dengiz zilzilasi bo‘lib turadi.

Foydali qazilmalari[tahrir]

Arktikada toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir konlari, toshtuz, rangli va nodir metall rudalari, optika xom ashyosi va boshqalar foydali qazilmalar bor.

Relefi[tahrir]

Yevrosiyo materik qismining yer yuzasi asosan Rossiya tekisligining, G‘arbiy Sibir pasttekisligining Shimol chekka qismlari va boshqalardan iborat. Shu bilan birga, bu yerga baʼzi tog‘lar ham kirib kelgan, bulardan Osiyoning Shimol-sharqidagi tog‘lar, Taymir yarim orolidagi Birranga va Ural tog‘larining Shimol qismi Arktikaning yirik tog‘laridir. Shim. Amerikaning materik qismida pastroq (asosan 200 — 400 m) yassitog‘liklar katta maydonni egallaydi. Arktikadagi barcha orollar kelib chiqishi bo‘yicha materik orollardir va Grenlandiyadan boshqalari materik sayozligida o‘rnashgan. Orollarning yer yuzasi ko‘pincha tog‘lardan iborat. Eng baland tog‘lar Grenlandiyaning sharqida (Gunbyorn tog‘i 3700 m — Arktikaning eng baland cho‘qqisi), Baffin Yerida va Elsmir o.da. Materik sayozligining kengligi Yevrosiyo qirg‘og‘i yaqinida 1200 — 1300 km. Materik sayozligidan okeanning markaziy qismiga tomon qator tizmalar va balandliklar joylashgan. Ulardan eng yirigi Kanada Sibir soyligini hamda Grenlandiya Yevropa soyligini ajratib turadigan Lomonosov tizmasidir.

Iqlimi[tahrir]

Arktika iqlimining asosiy xususiyati yil davomida temperaturaning past bo‘lishidir. Yozda ham quyosh pastda bo‘lganidan yerni kam isitadi. Qishda esa havo haddan tashqari soviydi (qutb kechasi uzoqdavom etadi). Yilda 1 sm2 ga 50 — 80 kkal issiklik tushadi. Yanv.ning o‘rtacha temperaturasi Atlantika bo‘yi sektorining janubda — 3° bo‘lsa, markaziy qismida — 40° ga yetadi, iyulniki 10° dan (jan. chegarada) 0° gacha (markaziy qismida). Shimoliy qutb yaqinida eng past temperatura — 55°, — 60° va eng yuqori temperatura 6°. Arktikada qish.

Arktikaning markaziy qismida shamol u qadar kuchli bo‘lmaydi, jan. chekkasida tez-tez kuchli (15 m/sek va undan ortiq) shamollar bo‘lib turadi. T-ra past va bug‘lanish kam boʻlganidan havoda mutlaq namlik ko‘p emas. Markaziy qismida yiliga 75—100 mm, jan. chekkasida 300 — 400mm yog‘in yogʻadi. Arktikada qishda qor bo‘ronlari bo‘lib, tuman tushadi. Hammayoqni budut qoplab yotadi. Yozda yog‘in tez-tez yog‘ibturadi. T-ra past bo‘lganligidan muzloqerlar ko‘p. Baʼzi bir rayonlarda (Alyaska,Sharqiy Sibir) qazilma muzlar bor.

Ichki suvlari[tahrir]

Arktikaning materik qismida daryo ko‘p. Bu daryolar yiliga 8—10 oy muzlaydi. Tundra zonasida, ayniqsa, Shim. Amerika va Yevropada kichik ko‘l ko‘p, okean suvining temperaturasi past.Okeanning katta qismida ustki qatlamda (100 — 250 m chuqurlikkacha) temperatura yildavomida — G atrofida bo‘lib turadi.Bug‘lanishning kamligi va quyiladigan daryolarning ko‘pligidan dengiz suvi uqadar sho‘r emas (30 %o). Shim. Muz okeaniga Atlantika okeanidan yiliga 145 ming km3 iliq suv kelib uni ilitadi, okean orqali esa havo ham iliydi. Dengiz muzlari.Arktika suv yuzasining ko‘proq qismi yil davomida suzib yuruvchi muzlar (qishda 11 mln. km2 va yezda 8 mln. km2) bilan qoplangan. Bir yillik muzlarning qalinligi 0,8 — 1,3 m, ko‘p yillik muzlarning qalinligi 3 — 4 m, torrs muzlarniki 10 — 15 m ga yetadi. Aysberglar va muz orollari uchraydi. Muzlar asosan Grenlandiya dengiziga tomon suzib boradi, ularni Arktikadan Sharqiy Grenlandiya oqimi olib ketadi. Baʼzi bir rayonlarda doimiy aylanma oqimlar ham bor. Ulardan eng yirigi Kanada-Sibir soyligidadir.

Muzliklari[tahrir]

200px|right|thumb|Muzliklari Arktika orollari yer yuzasining ancha qismi qalin muzliklar bilan qoplangan. Ularning umumiy maydoni 2 mln. km2 dan ortadi. Shundan 1800 ming km2 Grenlandiyada, 56 ming km2 Arktikaning Rossiya qismida.

Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi[tahrir]

O‘simliklarning turlari kam. Grenlandiyada 450 ga yaqin, Novaya Zem-lyada 208, Frans-Iosif Yerida 36 gulli o‘simlik turi bor. Shim. qismida o‘simlik ayniqsa siyrak. Bu yerlarda zamburug‘lar ko‘proq o‘sadi. Jan. tundra zonasida yo‘sin, zamburug‘, o‘t va butalardan iborat ikki yarusli yoki uch yarusli o‘simlik turkumlari o‘sadi. Pakana qayin, tol, bagulnik o‘sadigan butazor tundralari bor. Dengiz suvlarida o‘simlik va zooplankton juda ko‘p. Arktikada baʼzi bir yirik sut emizuvchilar: quruqliqda oq ayiq, dengizda morj va tyulenlar yashaydi. Kanadaning Shimolda va Grenlandiyada qo‘chqorbuka uchraydi. Qishda parrandalar deyarli bo‘lmaydi, yezda hamma yoqni qush bosib ketadi („qushlar bozori“): gaga, o‘rdak, kayra, chistik va boshqalar Shim. Muz okeanining Atlantika okeaniga yaqin qismida baliklar nihoyatda ko‘p to‘planadi. Baliq ko‘p ovlanadi. Daryolarning etaklarida omul, golets, sterlyad, nelma uchraydi. Arktikada sudralib yuruvchilar va amfibiyalar mutlaqo yo‘q. Tadqiq qilinish tarixi.YU-asrda Grenlandiyani normannlar kashf etgan. 12-asrdan ruslar Kolguyev, Vaygach, Novaya Zemlya orollarini kashf etdilar. 1596 — 97 yillarda golland sayyohi V. Barens Novaya Zemlyada qishlagan. 17-asrda rus sanoatchilari va kazaklari (M. I. Rebrov, M. V. Staduxin, S. I. Dejnyov va boshqalar) Chelyuskin burnini aylanib o‘tib, Osiyo bilan Shim. Amerika oralig‘idagi bo‘g‘ozni kashf etganlar. Arktika asosan 18 — 19-asrlarda xaritaga tushirildi. Ana shu vaqtda eng yirik ilmiy tadqiqotlar rus olimlari — F. P. Litke (1821—24), P. F. Anju (1820—24) va F. P. Vrangel (1820—24) tomonidan olib borilgan. Angliya tadqiqotchisi J. Franklin (1819-22, 1825-27 va 1845) Kanada Arktika arxipelagi va Amerika sekto-rining materik qismida, norveg tadqiqotchisi O. Sverdrup (1898-1902) Kanada Arktika arxipelagida ish olib bordi; shved olimi Arktika E. Nordensheld (1878—79) — „Veg“ kemasida va norveg tadqiqotchisi F. Nansen (1893—96) „Fram“ kemasida suzdi. 20-asrda eng yirik ekspeditsiyalardan norveg sayyohi R. Amundsenning „Yoa“ (1905—06) va „Mod“ kemalarida suzishi (1922—24), Amerika sayyohi R. Pirining Shim. qutbga yetib borishi (1909 yil 6 aprel) hamda Rossiya paroxodi „Georgiy Sedov“ning suzishi (1937—39) Arktikani o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Rossiya sektorida ko‘pdan-ko‘p doimiy qutb stansiyalarida quruklikda material to‘plashdan tashqari, 1937 yildan boshlab Arktika suzib yuruvchi ilmiy stansiyalar yordamida muntazam ravishda tadqiq qilingan. 1948 yilda suv osti tizmasi kashf qilindi va bu tizmaga Lomonosov nomi qo‘yildi. 1958 yilda ko‘pgina mamlakatlar Xalqaro geofizika yili dasturi asosida Arktikada tadqiqot ishlari olib bordilar.



Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Havolalar[tahrir]