Amerika (qitʼa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amerika — ikki materik, ya’ni Shim. Amerika va Jan. Amerikadan ibo-rat kit’a; ular orasidagi chegara odatda Daren bo‘yni, ba’zan esa Panama bo‘yni orqali o‘tkaziladi. Dunyodagi eng kat-ta Grenlandiya o. va yon-atrofidagi bir qancha boshqa orollar ham A. tarkibiga kiradi. G‘arbiy yarim sharda, Atlantika va Tinch okeanlari orasida. Shim. Ame-rikada ko‘pincha Marka-ziy Amerika va Vest-Indiya o.lari alohida ajratiladi. Umumiy mayd. 42,5 mln. km2. Aholisi 724 mln. kishi (1990). Grenlandiya va Shim. Amerikaning shim.-sharqiy sohili 10— 11-a.larda normannlar tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Antil orollari, Jan. Amerika sohilining shim. qismi hamda Shim. Amerikadagi Karib dengizi sohilining jan. qismini 1492—1503 y.larda X. Kolumb kashf et-gan. A. rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy G‘arbiy yarim sharda ham quruqlik bo‘lishi mumkin degan fikrni aytgan. A. Amerigo Vespuchchi nomiga qo‘yilgan (q. Janubiy Amerika va Shi-moliy Amerika).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil