Gondvana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gondvana (Hindistonning markaziy qismida yashovchi gondlar qabilasi va Van — joy nomidan) — paleozoyning koʻp qismi va mezozoyning boshlarida Jan. yarim sharda mavjud boʻlgan ulkan superkontinent. G. hozirgi Jan. Amerikaning (And togʻlaridan sharqi) va Afrikaning (Atlas togʻlaridan tashqari) koʻp qismini, Madagaskar orol, Arabiston yarim orol, Hindiston (Himolay togʻlaridan janubi), Avstraliya sharqidagi togʻ tizmalaridan gʻarbi va, ehtimol, Antarktidaning koʻp qismini oʻz ichiga olgan. G.ning mavjudligi gipotezasi tarafdorlarining fikricha proterozoy va yuqori karbon davrida G.ni muzlik qoplagan. Yuqori karbon muzligining qoldirgan izlari Markaziy va Jan. Afrika, Jan. Amerikaning jan.da, Hindiston va Avstraliyada saqlangan. Karbon va perm davrlarida G.da moʻʼtadil va sovuq, mintaqaning oʻziga xos florasi rivojlangan. Mezozoy davrida G. parchalana boshlagan, boʻr davri oxiri—paleogen davrining boshlarida esa G. xrz, materiklarga boʻlinib ketgan. Koʻpchilik geologlar fikricha, G.ning boʻlinib ketishiga uning hozirgi boʻlaklarini gorizontal boʻylab ikki tomonga surilishi sabab boʻlgan. Bunday jarayon paleomagnetizm maʼlumotlari boʻyicha isbotlangan. Baʼzi bir olimlar hozirgi qitʼalar G.ning parchalaridan tarkib topgan deb hisoblaydilar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil