David Beckham
| David Beckham | ||
![]() |
||
| Shaxsiy ma'lumot | ||
|---|---|---|
| To'liq ismi | David Robert Joseph Beckham | |
| Tavallud sanasi | 2-may, 1975 (37 yoshda) | |
| Tavvalud joyi | London, Angliya | |
| Bo'yi | 183 sm | |
| Laqab | Becks (Beks) | |
| Ampluasi | yarim himoyachi | |
| Milliy terma jamoa | ||
|
|
||
David Robert Joseph Beckham (talaffuzi: Devid Robert Jozef Bekhem, 1975-yil 2-may Angliyaning London shahrida tug’ilgan) — ingliz futbolchisi, AQSHning "Los-Angeles Gelaksi" klubining yarim himoyachisi. Devid Bekhem futbolchilik karyerasida bir qator klublarni himoya qilgan bulardan "Manchester Yunayted", "Preston Nort End", "Real Madrid" va "Milan", u yana Angliya terma jamoasini ham himoya qilgan. U 2011-yilda dunyo bo’yicha eng ko’p haq to’lanadigan futbolchi deb tan olingan.
Bekhem futbolchilik karyerasida "Manchester Yunayted" klubi bilan professional shartnomani imzolaydi va uning birinchi debyut o’yini 1992 yil 17 yoshga to’lganda bo’ladi. Bekhem "Manchester Yunayted" tarkibida Premer-liga kubogini 6 marta, Angliya kubogini 2 marta va Chempionlar ligasini 1 marta sovrinlarini qo'lga kiritadi. Bekhem 2003-yilda "Real Madrid" klubiga o’tadi, u bu klubda 4 yil harakat qiladi va 4-yili Ispaniya La-ligasi kubogini qo’lga kiritdi. 2007-yilning yanvar oyida Bekhem AQSHning "Los-Angeles Gelaksi" klubi bilan summasi 32,5 mln dollar bo’lgan 5 yillik shartnomani imzolaydi. Bekhem 2009-2010 yillar orasida Italiyaning "Milan" klubida ijara shartnomasi asosida harakat qildi.
