Zinedine Zidane

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Zinedine Zidane
Zidane in Poznan.jpg
Shaxsiy ma'lumot
To'liq ismi Zinedine Yazid Zidane
Tavallud sanasi 23-iyun, 1972 (1972-Andoza:Pad2digit-Andoza:Pad2digit) (39 yoshda)
Tavvalud joyi    Marsel, Fransiya bayrogʻi Fransiya
Bo'yi 185 sm
Laqab Zizou
Ampluasi hujumga oʻtuvchi yarimhimoyachi
Klub ma'lumoti
Joriy klub karyerasini tugatgan
Yoshligida a'zo bo'lgan klublar
1982–1983
1983–1987
1987–1988
US Saint-Henri
SO Septèmes-les-Vallons
AS Cannes
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gollar)*
1988–1992
1992–1996
1996–2001
2001–2006
AS Cannes
Girondins Bordeaux
Juventus
Real Madrid
61 (6)
135 (28)
151 (24)
155 (37)   
Milliy terma jamoa
1991–2006 Fransiya 108 (31)

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)

[tahrir] Biografiya

[tahrir] Bolalik va oʻsmirlik davri

Emigrantlar oilasida tug`ilgan Zidan Fransiyaning La Kostelyane nomli Marselning shimoly rayonida tug`ilib o`sgan.Undan tashqari oilada yana 4 ta bola:Singlisi Lila,ukalari Jamel,Farid va Nordin bo`lgan.Zidan birinchi to`p vazifasida plastik idishni ishlatgan.Zero kichik Zinedin futboldan tashqari dzyudo,velosportga qiziqqan bo`lsa ham unda qiziqish aynan futbolga bo`lgan.

[tahrir] Kann

Zidan 14 yosh bo`lganda,unga "Kann" seleksioneri Jan Varo e`tibor qaratadi.Bu voqea 1987 yilda bo`lib o`tadi.Aynan shu vaqtda Zinedin Fransiyaning kurort shaxarchasi Kannga futbol olimpi cho`qqisini zabt etishni boshlash uchun ko`chib keladi.

U Elino oilasining uyida yashaydi.Shu yerda undan tashqari yana bir "Kann"ning yosh futbolchisi-Amadeo Arno ham yashaydigan bo`ladi.Elinolar uyi Kann sahxriga yaqin Pegoma qishlog`ida joylashan bo`ladi.Mashqlardan qaytayotganda (odatda uni klub funksionerlari mashinada tashlab ketishardi,ko`pincha bu ish Fransiya terma jamoasining sobiq o`yinchisiSharl lube ga yuklatilardi)Zizu,Amadey va Elinoning kichik o`gli Loran futbol musobaqalari uyushtirishardi.Elinonig oialasi "Kann"ning juda ko`p yosh futbolchilariga panox bergan bo`lsada Zidan bu oilaning ko`nglidan abadiy joy oladi.Zizu ularning bog`ida olcha daraxtini ekkan,musobaqa uchun borgan barcha davlatlardan ularga suvenirlar olib kelardi.Elinolar uyida Zidan roppa rosa 1 yil yashaydi.

1 yil o`tganidan song Zidan Kanning markazida joylashgan Mimon yotoqxonasidan joy egallaydi.Bu yotoqxona bilan uni juda ko`p xotiralar bog`laydi.Bu yerda u birinchi do`stlar orttiradi,birinchi marotaba Spirtli ichimlik ta`tib ko`radi.Bu vaziyat yaqin oradagi barda bo`lib o`tadi.Bu yerga uni va yana bir futbolchini yotoqxonada ko`ptan beri yashaydigan sportchilar chaqiradi."Bag`ishlov" sifatida ularga "Olovli Suvdan" ta`tib ko`rish kerak bo`ladi.Bu "Bag`ishlovdan" so`ng Zidan qiyinchilik bilan yotoqxonaga yetib oladi.Uning sherigi esa yotoqxona yopilishiga ulgurmaganligi uchun jazolanadi.Ammo bu voqea birinchi va ohirgi marotaba bo`lib o`tadi va Zidan keyinchalik spirtli ichimlklardan voz kechadi.

Zidan doimo Fransiyaning barcha termalari:Kadetlar,o`smirlar,yuniorlar,yoshlar jamoasida o`ynab keladi.Uning ismi murabbiylar qatorida mashxur bo`lib,Uning eng kuchli jixatlari texnikasi va jismoniy kuchi bo`lgan.Baland bo`yli,o`z yoshidan katta ko`rinadigan Zidan doimiy ravishda o`z ustida ishlaydi.Kanndagi murabbiylar(2- jamoa murabbiylari)-avval Gi Lyakomb (U hozirda "PSJ"ni murabbiysi),keyinroq Jil Rampillon uni rivojiga halaqit bermaslikka harakat qilib,Zidan bilan yakkama yakka ish olib borishardi."Zidan kam gapiradi,-deydi Lyakomb.-U tinglaydi va bajaradi".

Proffesional futbolda Zidan 1989yilning 20-mayida paydo bo`ladi.U hali 17 yoshga ham to`lmagan edi.Bu vaziyat 1988/89 yilning Fransiya chempionati ohirgi turlarida Nant jamoasiga qarshi bo`lib o`tgan o`yinda ro`y beradi(Bu jamoada o`sha paytlar Desham va Desayi kabi futbolchilar o`ynar edi).Zizu maydongi o`yin so`ngiga 15 daqiqa qolganda tushadi va to`pga 3 marotaba tegadi,lekin u o`zini juda bahtli his etadi.O`sha o`yinda u hattoki Darvoza tomon zarba berib to`sinni poylashga ham ulguradi.Bu o`yin uchun u katta boylikka - 6 000 frankka ega bo`ladi,mag`rur va bahtli Zinedin,oilasi uchun sovg`alar sotib oladi.O`zining oliy diviziondagi 1- golini 1991 - yilda Huddi o`sha Nantga uradi,to`pni darvozadan uzoqlashgan darvozabon ustidan mahorat bilan o`tqizib uradi.1992 - yilda Kann jamoasi 2-divizionga tushib ketganligi sababli u klubni tark etadi.

Zidan o`z ish faoliyatini Bordoda davom ettiradi.1992 - yilda Rolan Kurbis,Bordoning o`sha paytdagi murabbiysi,Fransiyada mashxurlikka erishayotgan mohir yari himoyachini o`z jamoasiga qo`shish uchun Juda ko`p urindi.1 - mavsumdayoq Zidan Fransiya oliy ligasida 10 ta to`p urib,o`sha turnirning eng yaxshi to`p urariga aylanadi.

Yuventusga Zidan 1996 - yilgi Yevropa chempionatidan so`ng o`tadi.Evropa chempionatida u avvalroq olgan jaroxati tufayli yaxshi o`yin ko`rsata olmaydi.

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda