Copa del Rey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Copa del Rey
Copa-del-rey.svg
Davlat Flag of Spain.svg Ispaniya
Asos solingan sana 1902 yil
Klublar soni 83 ta
Amaldagi chempion Atletiko Madrid (10)
Eng koʻp yutgan Barselona
(26)

Futbol bo’yicha Ispaniya kubogi (isp. Copa del Rey – Qirollik kubogi) – Ispaniya professional futbol klublari o’rtasida har yili o’tkaziladigan kubok turniridir.

Tarix[tahrir]

1902 yili keyinchalik Real Madrid klubi prezidenti bo’lgan ‘’Karlos Padros’’ Alfonso XIII tantanali taxtga o’tirish marosimiga to’g’rilab futbol musobaqasi tashkillashtirishni maslahat berdi. Madrid klubi tashabbusi ostida yana to’rt ispan klubi musobaqaga chaqirildi. Bular: “Barselona”, “Espanyol”, “Biskaya” birlashgan jamoasi va poytaxtning “Nyu Fut-Bol” jamoalari edi. Birinchi turnir g’olibi “Biskaya” jamoasi bo’ldi. Shundan boshlab Qirollik kubogi boshlandi.
1910 yilda Ispaniya klublari o’rtasida parchalanish vujudga keldi. O’zaro adovat va keskinlik ikki futbol assosiyatsiyaga bo’linishga olib keldi. Bular: Ispaniya futbol federatsiyasi va Ispaniya futbol klublari uyushmasi edi. 1910 yildan 1913 yilgacha har bir assosiyatsiya o’zining shaxsiy kubok musobaqalarini o’tkazib tashkil qilib keldi.

1937 yilda Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanganligi uchun respublika provinsiyalarida Erkin Ispaniya Kubogi (isp. Copa de España Libre) deb nomlangan turnir o’tkazdilar. Bu turnirdagi finalda ikki levantiya jamoalari ro’baro kelishdi. “Levante” “Valensiya” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Bu turnirning natijasi esa Qirollik futbol federatsiyasi tomonidan 2007 yildagina rasman tan olindi.

Kubok sohiblari[tahrir]

Fayl:Copa-del-rey-e.jpg
2011 yilda Real Madrid qo'lga kiritgan kubok

Turnir tashkil etilgandan beri kubok 12 marta o’zgartirilib, yangicha ko’rinishda ishlab chiqilgan. Undan to’rttasi umrbod “Barselona”ga tegishli bo’lib, yana uchtadan “Atletiko Madrid” va “ Atletik Bilbao”larga tegishlidir. Va yana bitta kubokni “Real Madrid” qo’lga kiritgan. Kuboklar bu klublarga umrbod berilishi ketma-ket Qirollik kubogida g’olib chiqqanligi yoki umumiy hisobda besh marta turnirda g’olib chiqqanligi sabablidir. Birinchi kubok 1902 yili “Biskaya” jamoasiga taqdim etilgan edi. “Sevilya” klubi esa 1939 yilda birinchi bora ‘’Generalissimus kubogi”ni qo’lgan kiritgan, keyinchalik general Franko vafo etgandan so’ng, Madridning “Atletiko” klubiga oxirgi 11-nchi Xeneralisimo kubogi topshirilgan.

Turnirning nomlanishi[tahrir]

  • 1902 – Taxtga o’tirish kubogi ( Qirol Alfonso XIII Janob Oliylari Kubogi)
  • 1902—1932 — Qirollik kubogi (Copa Del Rey)
  • 1932—1936 — Respublika Prezidenti Sovrini (Trofeo Presidente de la II República)
  • 1937 — Erkin Ispaniya Kubogi (2007 yili rasman tan olingan.)
  • 1938 — Kubok musobaqasi o’tkazilmagan.
  • 1939—1976 — Generalissimus Kubogi (Copa del Generalísimo)
  • 1977 y.b. — Qirollik kubogi (Copa del Rey)


O'yinlarni o'tkazish formati[tahrir]

1928 yili Ispaniya futbol ligasi tashkil etilguncha, kubok musobaqalari milliy chempionat rolini egallardi. Jamoalar mahalliy va regional futbol birlashmalaridan tanlab olinardi. Ligani takomillashtirish asnosida bundanda qulay kvalifikatsion sxema ishlab chiqildi. Bunga ko'ra, jamoalar guruh bosqichlaridan saralab olinardi.

Boshqalardan farqi, masalan, Angliyaning futbol assosiatsiyasining kubokidan farqi, Ispaniya turnirida qatnashuvchi jamoalar soni chegaralangan. Turnirda Primera (oliy divizion) jamoalarini barchasi, Segunda (ikkinchi divizion) jamoalarini barchasi, Segunda "B"ning eng yaxshi jamoalari va Terser (to'rtinchi divizion) g'oliblari ishtirok eta oladi.

Boshlang'ich bosqichda quyi divizionda ishtirok etayotgan jamoalar bilan yutqizgan musobaqani tark etish qoidasi bo'yicha o'ynaladi. Quyi diviziondagi jamoa uchun o'z uyida o'ynash imtiyozi beriladi. 1/32 va 1/16 va chorak final va yarim final o'yinlari ikkita: uyda va mehmondagi o'yinlardan iborat bo'ladi. Final bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi, o'yin esa neytral stadionda o'tkaziladi.

Azaldan (2004/05 mavsumigacha) saralash bahsidan to 1/8 finalgacha bitta o'yin zaifroq jamoa maydonida o'tkazilgan. 1/8, 1/4 finallar va yarim final esa ikkita o'yindan iborat bo'lgan, final esa neytral maydonda o'tkazilgan. Ammo 2005/06 mavsumidan boshlab Qirollik futbol federatsiyasi kvalifikatsiya tizimiga o'zgartirish kiritdi. Bu esa quyi diviziondagi jamoalarni orasida katta norozilik keltirib chiqardi. Bunda buyon Segunda "B" jamoalari oldin o'z divizionlaridagi jamoalar bilan bir necha o'yinlar o'tkazib, keyin Segunda "A" jamoalari bilan ham bir necha o'yinlar o'tkazishi va shundan so'ng, g'olib jamoalar Primera jamoalari bilan o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shunda ham ular o'ynaydigan Primera jamoalari Yevropa turnirlaridagi hech qanday musobaqada qatnashmaydiganlari bilan birga maydonga tushadilar. UEFA kubogi yoki Chempionlar Ligasida musobaqalari doirasida ishtirok etadigan jamoalarga esa imtiyoz sifatida 1/8 finalidan turnirga qo'shilish imkoniyati berildi.

2006/07 mavsumida futbol federatsiyasi o'yin tizimiga yana o'zgartirish kiritdi. Bugalgisida Segunda "B" jamoalari o'zaro bir necha saralash o'yinlari o'tkazishi, keyin Segunda "A" jamoalari bilan ro'baro kelishi va 1/16 finalda yevromusobaqalarda qatnashishidan qat'iy nazar, Primero jamoalari bilan kuch sinashadi deb belgilandi.

Qirollik kubogi sohibi avtomatik tarzda keyingi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi(1999 yilga qadar kubok sohibi Kubok egalari kubogi musobaqasida qatnashib kelgan, 2009 yilgacha esa - UEFA kubogida).

Va yana kubok sohibi Ispaniya Superkubogi o'yinida o'ynash huquqini qo'lga kiritadi. Bu o'yinda kubok sohibi mavsumdagi milliy chempionat g'olibi bilan kuch sinashadi.

G'oliblar va Finalchilar[tahrir]

Klub Yutganlar Finalchi Yutilgan yillar Oxirgi finalga chiqqan yili
Barcelona
25
10
1910, 1912, 1913, 1920, 1922, 1925, 1926, 1928, 1942, 1951, 1952, 1953, 1957, 1959, 1963, 1968, 1971, 1978, 1981, 1983, 1988, 1990, 1997, 1998, 2009, 2012 2011
Athletic Bilbao
23
11
1903, 1904, 1910, 1911, 1914, 1915, 1916, 1921, 1923, 1930, 1931, 1932, 1933, 1943, 1944, 1945, 1950, 1955, 1956, 1958, 1969, 1973, 1984 2012
Real Madrid
18
19
1905, 1906, 1907, 1908, 1917, 1934, 1936, 1946, 1947, 1962, 1970, 1974, 1975, 1980, 1982, 1989, 1993, 2011 2004
Atlético Madrid
10
9
1960, 1961, 1965, 1972, 1976, 1985, 1991, 1992, 1996, 2013 2010
Valencia
7
9
1941, 1949, 1954, 1967, 1979, 1999, 2008 1995
Real Zaragoza
6
5
1964, 1966, 1986, 1994, 2001, 2004 2006
Sevilla
5
2
1935, 1939, 1948, 2007, 2010 1962
RCD Espanyol
4
5
1929, 1940, 2000, 2006 1957
Real Unión
3
1
1918, 1924, 1927 1922
Real Sociedad
2
6
1909, 1987 1988
Real Betis
2
2
1977, 2005 1997
Deportivo La Coruña
2
0
1995, 2002
Arenas Club
1
3
1919 1927
RCD Mallorca
1
2
2003 1998
Club Bizcaya
1
1
1902 1907
Racing de Irún
1
0
1913
Celta de Vigo
0
3
2001
Getafe CF
0
2
2008
Real Valladolid
0
2
1989
Sporting de Gijón
0
2
1982
Club Español de Madrid
0
2
1910
CA Osasuna
0
1
2005
Recreativo de Huelva
0
1
2003
Real Madrid Castilla‡
0
1
1980
UD Las Palmas
0
1
1978
CD Castellón
0
1
1973
Elche CF
0
1
1969
Granada CF
0
1
1959
Racing de Ferrol
0
1
1939
CE Sabadell FC
0
1
1935
CE Europa
0
1
1923
FC España
0
1
1914
Gimnástica Madrid
0
1
1912
Real Vigo Sporting
0
1
1908

Real Madridning rezerv klubi hisoblanadi. Rezerv klublarga 1990–91 mavumidan boshlab, bu turnirda ishtirok etish ta'qiqlab qo'yilgan.


== Finallar ==

Mavsum O'tkazilgan joy G'olib Finalist Hisob
2012 Visente Kalderon, Madrid Barcelona Atletik Bilbao 3–0
2011 Mestalla, Valencia Real Madrid Barcelona 1–0 (qbv)
2010 Camp Nou, Barcelona Sevilla Atletico Madrid 2–0
2009 Mestalla, Valencia Barselona Athletic Bilbao 4–1
2008 Vicente Calderón, Madrid Valencia CF Getafe CF 3–1
2007 Santiago Bernabéu Stadium, Madrid Sevilla Getafe CF 1–0
2006 Santiago Bernabéu, Madrid RCD Espanyol Real Zaragoza 4–1
2005 Vicente Calderón, Madrid Real Betis Osasuna 2–1 (qbv)
2004 Lluís Companys, Barcelona Real Zaragoza Real Madrid 3–2 (qbv)
2003 Martínez Valero, Elche RCD Mallorca Recreativo de Huelva 3–0
2002 Santiago Bernabéu, Madrid Deportivo La Coruña Real Madrid 2–1
2001 La Cartuja, Sevilla Real Zaragoza Celta Vigo 3–1
2000 Mestalla, Valencia RCD Espanyol Atlético Madrid 2–1
1999 La Cartuja, Sevilla Valencia CF Atlético Madrid 3–0
1998 Mestalla, Valencia Barcelona RCD Mallorca 1–1 (penaltilar, 5–4)
1997 Santiago Bernabéu, Madrid Barcelona Real Betis 3–2 (qbv)
1996 La Romareda, Zaragoza Atlético Madrid Barcelona 1–0 (qbv)
1995 Santiago Bernabéu, Madrid Deportivo La Coruña Valencia CF 2–1
1994 Vicente Calderón, Madrid Real Zaragoza Celta Vigo 0–0 (penaltilar, 5–4)
1993 Estadio Luis Casanova, Valencia Real Madrid Real Zaragoza 2–0
1992 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Madrid Real Madrid 2–0
1991 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Madrid RCD Mallorca 1–0
1990 Estadio Luis Casanova, Valencia Barcelona Real Madrid 2–0
1989 Vicente Calderón, Madrid Real Madrid Real Valladolid 1–0
1988 Santiago Bernabéu, Madrid Barcelona Real Sociedad 1–0
1987 La Romareda, Zaragoza Real Sociedad Atlético Madrid 2–2 (penaltilar, 4–2)
1986 Vicente Calderón, Madrid Real Zaragoza Barcelona 1–0
1985 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Madrid Athletic Bilbao 2–1
1984 Santiago Bernabéu, Madrid Athletic Bilbao Barcelona 1–0
1983 La Romareda, Zaragoza Barcelona Real Madrid 2–1
1982 José Zorrilla, Valladolid Real Madrid Sporting de Gijón 2–1
1981 Vicente Calderón, Madrid Barcelona Sporting de Gijón 3–1
1980 Santiago Bernabéu, Madrid Real Madrid Castilla CF 6–1
1979 Vicente Calderón, Madrid Valencia CF Real Madrid 2–0
1978 Santiago Bernabéu, Madrid Barcelona UD Las Palmas 3–1
1977 Vicente Calderón, Madrid Real Betis Athletic Bilbao 2–2 (penaltilar, 8–7)
1976 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Madrid Real Zaragoza 1–0
1975 Vicente Calderón, Madrid Real Madrid Atlético Madrid 0–0 (penaltilar, 4–3)
1974 Vicente Calderón, Madrid Real Madrid Barcelona 4–0
1973 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Bilbao CD Castellón 2–0
1972 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Madrid Valencia CF 2–1
1971 Santiago Bernabéu, Madrid Barcelona Valencia CF 4–3
1970 Camp Nou, Barcelona Real Madrid Valencia CF 3–1
1969 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Bilbao Elche CF 1–0
1968 Santiago Bernabéu, Madrid Barcelona Real Madrid 1–0
1967 Santiago Bernabéu, Madrid Valencia CF Atlético Bilbao 2–1
1966 Santiago Bernabéu, Madrid Real Zaragoza Atlético Bilbao 2–0
1965 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Madrid Real Zaragoza 1–0
1964 Santiago Bernabéu, Madrid Real Zaragoza Atlético Madrid 2–1
1963 Camp Nou, Barcelona Barcelona Real Zaragoza 3–1
1962 Santiago Bernabéu, Madrid Real Madrid Sevilla CF 2–1
1961 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Madrid Real Madrid 3–2
1960 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Madrid Real Madrid 3–1
1959 Santiago Bernabéu, Madrid Barcelona Granada CF 4–1
1958 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Bilbao Real Madrid 2–0
1957 Montjuïc, Barcelona Barcelona RCD Español 1–0
1956 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Bilbao Atlético Madrid 2–1
1955 Santiago Bernabéu, Madrid Atlético Bilbao Sevilla CF 1–0
1954 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Valencia CF Barcelona 3–0
1953 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Barcelona Atlético Bilbao 2–1
1952 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Barcelona Valencia CF 4–2
1951 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Barcelona Real Sociedad 3–0
1950 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Atlético Bilbao Real Valladolid 4–1
1949 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Valencia CF Atlético Bilbao 1–0
1948 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Sevilla CF Celta Vigo 4–1
1947 Riazor, A Coruña Real Madrid RCD Español 2–0
1946 Montjuïc, Barcelona Real Madrid Valencia CF 3–1
1945 Montjuïc, Barcelona Atlético Bilbao Valencia CF 3–2
1944 Montjuïc, Barcelona Atlético Bilbao Valencia CF 2–0
1943 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Atlético Bilbao Real Madrid 1–0
1942 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Barcelona Atlético Bilbao 4–3
1941 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Valencia CF RCD Español 3–1
1940 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid RCD Español Real Madrid 3–2
1939 Montjuïc, Barcelona Sevilla FC Racing Ferrol 6–2
1936 Mestalla, Valencia Madrid FC Barcelona 2–1
1935 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Sevilla FC CE Sabadell FC 3–0
1934 Montjuïc, Barcelona Madrid FC Valencia CF 2–1
1933 Montjuïc, Barcelona Athletic Bilbao Madrid FC 2–1
1932 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Athletic Bilbao Barcelona 1–0
1931 Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid Athletic Bilbao Real Betis 3–1
1930 Montjuïc, Barcelona Athletic Bilbao Madrid CF 3–2
1929 Mestalla, Valencia RCD Español Real Madrid 2–1
1928 El Sardinero, Santander Barcelona Real Sociedad 3–1
1927 Torreo, Zaragoza Real Unión Arenas Club de Getxo 1–0
1926 Mestalla, Valencia Barcelona Atlético Madrid 3–2
1925 Reina Victoria, Sevilla Barcelona Arenas Club de Getxo 2–0
1924 Atotxa, San Sebastián Real Unión Real Madrid 1–0
1923 Les Corts, Barcelona Athletic Bilbao CE Europa 1–0
1922 Coia, Vigo Barcelona Real Unión 5–1
1921 San Mamés, Bilbao Athletic Bilbao Atlético Madrid 4–1
1920 El Molinón, Gijón Barcelona Athletic Bilbao 2–0
1919 Martínez Campos, Madrid Arenas Club de Getxo Barcelona 5–2
1918 O'Donnell, Madrid Real Unión Madrid FC 2–0
1917 La Industria, Barcelona Madrid FC Arenas Club de Getxo 2–1
1916 La Industria, Barcelona Athletic Bilbao Madrid FC 4–0
1915 Amute, Irún Athletic Bilbao RCD Español 5–0
1914 Amute, Irún Athletic Bilbao FC España de Barcelona 2–1
1913 La Industria, Barcelona Barcelona Real Sociedad 2–1
1913 O'Donnell, Madrid Racing de Irún Athletic Bilbao 1–0
1912 La Industria, Barcelona Barcelona Gimnástica de Madrid 2–0
1911 Jolaseta, Bilbao Athletic Bilbao CD Español 3–1
1910 Tiro de Pichón, Madrid Barcelona Club Español de Madrid -
1910 Ondarreta, San Sebastián Athletic Bilbao Vasconia -
1909 O'Donnell, Madrid Club Ciclista Club Español de Madrid 3–1
1908 O'Donnell, Madrid Madrid FC Real Vigo Sporting 2–1
1907 Hipódromo, Madrid Madrid FC Club Bizcaya 1–0
1906 Hipódromo, Madrid Madrid FC Athletic Bilbao -
1905 Tiro de Pichón, Madrid Madrid FC San Sebastián -
1904 Tiro de Pichón, Madrid Athletic Bilbao -
1903 Hipódromo, Madrid Athletic Bilbao Real Madrid 3–2
1902 Hipódromo, Madrid Bizcaya Barcelona 2–1

Etimologiya[tahrir]

Real Madrid avvallari Madrid FC deb nomlangan, 1920 yilgacha Real qo'shimchasi bo'lmagan. 1941 yilda general Franko qarori bilan noispan ismlarni ishlatishni ta'qiqlab qo'ydi. Shuning uchun FC Barcelona - CF Barcelonaga, Sevilla FC - Sevilla CFga, Athletic Bilbao esa Atlético Bilbao deb o'zgartirilishga majbu bo'lindi. RCD Espanyol esa 1995 yilgacha RCD Español nomi ostida taniqli edi.

Havolalar[tahrir]