Ronaldo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ronaldo Luís Nazário de Lima

Ronaldo Luís Nazário de Lima (talaffuzi: Luis Nazario de Lima Rronaldo) - 1976-yilning 22-sentabrida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tug'ilgan. U dunyoga Soʻyloq nomi bilan tanilgan, Ronaldo butun faoliyati davomida markaziy xujumchi vazifasini bajarib kelgan. Koʻpchilikning fikriga koʻra, Ronaldo jahonning eng kuchli 100 ta futbolchisi qatoriga kirgan, xususan u "World Soccer" jurnalida 13 oʻrinda turadi[1], лучший игрок десятилетия по итогам голосования на портале goal.com (2000—2009)[2].

Ronaldo Braziliya terma jamosi tarkibda 2 marotaba jahon chempioni boʻlgan, undan tashqari 15 ta gol bilan jahon chempionatlari final bosqichida urgan gollari boʻyicha dunyo rekordchisi hisoblanadi. Jahonning uch karra eng yaxshi futbolchisi, ikki karra oltin toʻp va oltin butsa sohibi, goal.com internet portali foydalanuvchilarining ovozlariga koʻra Luis dunyoning oʻn yillikning eng buyuk futbolchisi (2000—2009)[3].

Tarjimai holi[tahrir]

Luis Nazario de Lima Ronaldo Rio-de-Janeyroning chekkasida joylashgan Bento-Ribeyro qishlogʻida tavallud topgan. Ronaldo 6 yoshidan futbol oʻynashni boshlagan, 12 kirib esa u Valkeyre futsal jamosining doimiy oyinchisiga aylanadi. Keyngi yillari Ronaldo San-Kristovan jamoasiga otib katta futbol bilan shugʻillana boshlaydi, ikki muusobaqada jamoasi bilan qatnashib musobaqa toʻpurariga aylanadi. Shundan soʻng mutaxasislar tomonidan unga yangi Pele nomnini berishadi.

Kruzeyro[tahrir]

1993-yilda Ronaldo Braziliya oliy divizionida qatnashuvchi Kruzeyro jamoasi bilan profesional shartnoma imzolaydi, trasnfer baxosi 50 000 AQSH dollari tashkil qilgan. Birinchi mavsumni oʻzidayoq 1993—1994 yillarda u 57 gol kirtib butun Braziliyaga taniladi va Yevropa klublari qiziqish bildirishadi[4].

PSV-Endhoven[tahrir]

1994-yilda Ronaldo Gollandiyaning PSV-Endhoven klubiga 5 million funt sterling evaziga oʻtadi. Shu yilng ozida u NIKE kompaniyasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.Luising 17 yoshligiga qaramay ilk mavsumda Gollandya chempionati toʻpurari boladi va uning jamoasi chempionatda 3 oʻrinni egallaydi. Ikkinch mavsum Ronaldo uchun omadsiz kechadi tizzasidan olgn jarohati unga oʻz saviasida oʻynashga toʻsqinlik qiladi va 3 oydan oshiq futboldan chetta qoladi[5].

Barcelona[tahrir]

Olimpiada oʻyinlarida ajoyb oyin koʻrsatgan Ronaldo Ispaniyaning Barcelona klubidan taklif oladi. Ronaldo Ispan superklubiga 20 million AQSh dollari evaziga oʻtadi. Soʻyloqning debyut oyini ortoqlik oyiniga togʻri keladi .Uning uchun hammasi omadli boshlanadi golleadorlik maxoratini Ispaniya La ligasidaham korsatishga muafvaq boladi. 1996/97 mavsumda Ronaldo 49 oʻyinda 47 gol urib osha paytdagi rekord xisoblangan natijaga erishadi.Ispaniya chempionatida 37 oʻyinda 34 gol urishga erishadi. Shu mavsumni ozidayoq Ronaldo Ispaniya kubogi va kubig egalari kubigani Barcelona bilan qoʻlga kiritadi. FIFA tasnifi boʻyicha yilining eng yaxshi oyinchis nomiga sazovor boladi hamda oltin butsi egasiga aylanadi[6].

Internasional[tahrir]

1997-yilda Ronaldo Italiyaning Inter klubga transfer qilinadi, koʻp yillardan beri Inter klubi prezident Massimo Moratti uni harid qilishga uringan va nihoyat oʻz orzusiga erishadi ushbu transfer uchun Moratti 25 million funt sterlingdan voz kechishga togʻri keldi va osha payt ushbu summa rekord qiymat xisoblangan. 1997/98 Pyanchintsey klubiga xet-trik urib Italiyalik ishxibozlar tomonidan Fenomen nomi bilan uni atay boshlashadi. Shu mavsumda internasional Uefa Kubigini yutib A seriada Yuventusdan kegin ikkinchi oʻrinda yakunlaydi va Fenomen ketma ket ikkinchi marotaba olitn topga ega chiqadi[7].

1998/1999-yilda Ronaldo, Inter bilan xech qanday sovringa erisha olmadi va shu yilining ozida Oltin topga boʻlgan kurashda Zidanga magʻlub boʻladi.

1999/2000-yildagi mavsum Ronaldoning faoliyatidagi eng omadsiz davrilar boshlandi Lasio qarishi oyinda tizzasidan jiddy jarohat olib koʻz yosh toʻkkan holda maydondan olib chiqishar ekan butun oʻyingohga yegʻilgan muxlislar turgan holda uni kuzatib qoʻyishadi. Fenomen qariyb 2 yil vaqtini davolanish uchun ketqazdi. Ziko, Pele, Shumaher, Zidan kabi jahonga tanilgan sportchilar Ronaldoga tuzalishi uchun yordamlarini ayashmadi. Nixoyat maydonga qaydgach u oldinlari korsatgan oyinlarini boshqa takrorlay olmaydi deganlar koʻp edi shuning uchun undan juda kop oʻz ustida ishlash talab qilinar edi.

Real Madrid[tahrir]

Jahon chempionatida ajoyb oyin korsatgan Ronaldoni Real qariyb 40 million evroga sotib oladi va birinchi mavsumdayoq ajoyib oyin korsata boshlaydi. Ammo chempionlar ligasida hali hamon omadi kelmas edi ushbu musobaqani yutish uning uchun armon bolib qoldi. 2003—2004 yillarda Ronaldo Ispaniya chempionati toʻpurari boldi shu mavsumda u 24 gol urishga muafvaq boʻladi .Keyingi ikki mavsumda Ronaldo uchun omadsiz kechdi jamoa chempionlik poygasida Barcelonaga yuqazib qoydi omadsiz davrilar endi boshlangan edi. Real Madridga Italiyalik murabbiy Fabio Kopello kelganidan soʻng Ronaldo jamoagi keragi yoqligini koʻp marotaba takidlab oʻtadi shundan soʻng 2006/2007 yilgi mavsumda jamoadan oʻz xohshi bilan ketishga qaror qildi[8].

Milan[tahrir]

2006/2007[tahrir]

Ronaldo 6,67 million evro evaziga Milanga o'tadi Fenomen 99 raqam bilan maydonga tusha boshlaydi, mavsumni ikkinchi yarmini Ronaldo ancha yaxshi o'tkazdi va 7 gol urushga erishdi.

2007/2008[tahrir]

Ronaldoni yana jarohatlar qiynay boshladi Karlo Anchelotti uni kamdan kam hollarda maydonga tushira boshlaydi va mavsumni ikkita gol bilan yakunladi. Livornoga qarshi oʻyinda Joze Luish va Dario Knejevichlarga toʻqnashib ketib yerga qattiq tushdi tizzasida qattiq jarohat olishgiga sabab boʻladi . Ronlado 30 yoshni qarshilab boʻlgan edi bu qattiq jarohatdan soʻng barcha muxlisu mutaxasislar uni oʻz faoliyatini yakunlaydi dep oʻylashgan edi axir naqd bir yarim yil futboldan chetda qolish kerak edi. Lekin Ronlado yana qaytdi, ammo u avvalgi formasida oʻynashi juda qiyin edi yoshi ham oʻtib borardi.

Korintians[tahrir]

Ronaldoga juda koʻp klublar qiziqishiga qaramay oʻz vataniga qaytib oʻynashni maqul koʻrdi Korintians unga hafttasiga 167 ming AQSH dollar toʻlashga rozi boʻldi va ushbu klub uni faoliyatidagi eng soʻngi jamoa boʻlib qoldi.

Manbalar[tahrir]