Yoshlar ishlari agentligi
![]() Yoshlar ishlari agentligi binosi | |
![]() | |
Turi | Davlat boshqaruv idorasi |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi |
30-iyun, 2020-yil 1924-1991 — Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi 1991-1996 — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 1996-2017 — Kamolot[1] 2017-2020 — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi[2] |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 11-uy |
Hududiy xizmati |
![]() |
Direktori | Alisher Saʼdullayev |
Vebsayti | gov.uz/oz/yoshlar |
Til(lar)i | oʻzbek, rus |
![]() |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi – oʻzbekistonlik yoshlar bilan shugʻullanuvchi tashkilot.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1924-yilda Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi OʻzSSR boshqarmasi sifatida tashkil topgan.
1991-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirilgan[3].
1996-yil aprel oyida „Kamolot“ jamgʻarmasiga, 2001-yilda esa „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirilgan. Oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida kichik biznes korxonalari (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan hisoblangan yagona soliq toʻlovi summasining 8 foizini majburiy ravishda olish evaziga faoliyat yuritib kelgan[3].
2017-yilda yana Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirilgan[4].
2020-yilda agentlik sifatida qayta tashkil etildi[5].
2022-yil 30-dekabrda Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi[6].
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi qaytadan Sport vazirligiga aylantirildi. Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazildi[7].
Vazifasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlar ishlari agentligining vazifalari Oʻzbekiston Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq belgilangan[8].
Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidentining 2020-yil 30-iyun kungi qarori qabul qilinib, agentlikning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi[9].
Rahbarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006—2010 – Aziz Alimov
2010—2017 – Bahodir Gʻaniyev
2017—2017 – Sarvar Ashurov
2017—2017 – Odiljon Tojiyev
2017—2019 – Qahramon Quronboyev
2019-yildan – Alisher Saʼdullayev
Joriy boshqaruv tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alisher Saʼdullayev – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyul kungi qarori bilan ushbu lavozimga tayinlangan.
- Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxanova – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari.
- Feruz Karimovich Ablayarov – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari.
- Muminov Abdulaziz Majid oʻgʻli – Yoshlar ishlari agentligi direktor oʻrinbosari
- Xolmaxmatov Azim Xazratqulovich – direktor maslahatchisi
- Oxunov Islom Bahrom oʻgʻli – direktor yordamchisi
- Rashidova Saida Komilovna – direktorning davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi
- Rasulov Jamshid Karimovich – Moliya-Iqtisod boʻlimi boshligʻi
- Nodir Abduqayumovich Abduqodirov – Yoshlar ishlari agentligi Axborot va media xizmati rahbari.
- Sarvar Oʻktamovich Xamdamov – Kadrlar boshqarmasi boshligʻi[10].
- Sattarov Umidulla Ulashovich – Axborot-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi
- Ziyodilloyev Ixtiyor Ismat oʻgʻli – Davlat xaridlarini tashkil etish, energiya tejamkorligini taʼminlash va xoʻjalik boʻlimi boshligʻi
- Alimov Akmalbek Abdumajidovich – Yoshlarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligi profilaktikasiga koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi
- Xalikov Akmal Nutfulloyevich – Yuridik boʻlim boshligʻi.
- Ataxanov Zohidjon Zokirjonovich – Bolalar, xotin-qizlar, taʼlimdagi yoshlarni, volontyorlik faoliyatiniqoʻllab-quvvatlash va ekologik diplomatiya boshqarmasi boshligʻi
- Abdixafizov Suhrob Shuhrat oʻgʻli – Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi[10].
- Azizova Dilfuza Erkinovna – Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻlimi boshligʻi
- Inamova Mohinur Ixtiyorjon qizi – Strategik rejalashtirish, istiqbolli loyihalar va metodologiya boʻlimi boshligʻi
- Matlabov Ilyos Oʻktam oʻgʻli – Xalqaro hamkorlik va reytinglar boʻlimi boshligʻi
- Abdullajonov Ilhomjon Ibrohimjon oʻgʻli – Yoshlar balansini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi
- Amreyeva Madina Supabayevna – Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi
- Sindarov Botir Oʻktam oʻgʻli– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boʻlimi boshligʻi
- Murodov Valisher Bahodirovich– Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yoshlar siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi.
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Agentlik turli jamoat va siyosiy arboblarning tanqidiga uchragan.
2018-yil iyul oyida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ishlash tizimidan noroziligini bildirib, ayrim tadbirlarning yuzaki va haddan tashqari dabdabaliligi, yoshlarning haqiqiy muammolarini hal etishga yetarlicha eʼtibor berilmayotganini taʼkidlagan[11][12].
2023-yil iyun oyida oʻz homiyligidagi loyiha ijrochilarini tender gʻolibi deb topganligi tanqidlarga sabab boʻlgan[13].
2024-yil may oyida „Milliy tiklanish“ partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov agentlik faoliyati haqida aholi yetarli darajada xabardor emasligini, ayniqsa, chekka hududlardagi aksariyat yoshlar Agentlik tomonidan taqdim etilayotgan loyiha va imkoniyatlardan bexabar ekanini taʼkidlagan[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ustav“. yoshlarittifoqi.uz. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
- ↑ „Yoshlar ittifoqi tugatiladi. O‘rniga agentlik tashkil etiladi“. Xabar.uz (2019-yil 27-dekabr). 2024-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
- ↑ 3,0 3,1 Mirziyoyev Komsomolni tiklamoqdami?
- ↑ Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
- ↑ Sportni rivojlantirish vazirligi negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilmoqda
- ↑ Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PF-6017-son farmon
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-son qarori
- ↑ 10,0 10,1 „Markaziy apparat“. 2023-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
- ↑ „Президент подверг критике работу с молодежью“.
- ↑ „Агентство по делам молодёжи получило новые задачи“.
- ↑ „Yoshlar agentligi o‘z homiyligidagi loyiha ijrochilarini tender g‘olibi deb topdi“.
- ↑ „Алишер Кадыров раскритиковал Агентство по делам молодежи за недостаточное осведомление граждан“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yoshlar ishlari agentligi Facebook sahifasi
- Yoshlar ishlari agentligi Instagram sahifasi
- channel/UCxE5i6ogttXt5-AKUpJn_jA
- Yoshlar ishlari agentligi Telegram sahifasi