Kontent qismiga oʻtish

Tursunzoda (shahar)

Tursunzoda
tojikcha: Турсунзода
shahar
38°30′39″N 68°13′49″E / 38.51083°N 68.23028°E / 38.51083; 68.23028
Mamlakat Tojikiston
{{{mintaqa_turi}}} Respublikaga boʻysunuvchi tumanlar
{{{tuman_turi}}} Tursunzoda tumani
Hukumat
Ilk eslatilishi XIV
Avvalgi nomlari Regar 1978-yilgacha
Qachondan beri shahar 1954
Rasmiy til(lar)i Tojik tili|tojikcha
Aholisi
 (2013)
50 000[1]
Milliy tarkib tojiklar, oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +992 3130
Pochta indeks(lar)i 737450
Avtomobil kodi 07РТ
Tursunzoda xaritada
Tursunzoda shahrining maʼmuriy binosi

Tursunzoda (tojikcha: Турсунзода) (1978-yilgacha Regar) — Tojikiston Respublikasidagi shahar (1952-yildan). Tursunzoda tumanining maʼmuriy markazi. Tojik shoiri Mirzo Tursunzoda nomiga qoʻyilgan. Respublikaning janubida, Hisor vodiysining gʻarbiy qismida. Dushanbe shahridan 57 km gʻarbda joylashgan. Dushanbe — Termiz temir yoʻldagi (Regar) stansiya. Aholisi 50 ming kishi (2013)[2].

Tursunzodada rangli metallurgiya (1980-yillarda alyuminiy zavodi qurilgan), chinni zavodi, oziq-ovqat, yengil sanoat (paxta tozalash zavodi), qurilish materiallari sanoatlari mavjud.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

10 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, internat maktabi, sport, musiqa maktablari, kutubxona, madaniy muassasalar, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion, kasalxona va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud. 1981-yilda Mirzo Tursunzodaga haykal oʻrnatilgan. Shahar chetida Xoʻja Naqshron maqbarasi (X—XI asrlar) meʼmoriy yodgorligi saqlangan.

  1. ↑ Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
  2. ↑ Неофициальный сайт города Турсунзаде, 2014-03-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-25



Tursunzoda Jamoatlari Ravod Seshanbe Paxtaobot Qoratog Jora Rahmon