Xalqaro tajribaviy termoyadro reaktori
![]() LOGOTIPI | |
![]() ishtirokchi davlatlar | |
![]() | |
Qisqartma | ITER |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 24 oktabr 2007-yil |
Joylashuvi | Fransiya |
Asoschi(lar)i |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Direktori | Bernard Bigot |
Aʼzolari |
Boshqalar:![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Vebsayti | iter.org |
ITER (boshlang'ich abbr. inglizcha: International Thermonuclear Experimental Reactor, ITER) — halqaro tajribaviy termoyadro reaktorining loyihasi. ITERning fazifasi termoyadro reaktorining tijoriy maqsadda foydalanish imkoniyatlarini namoyish etish va bu yo'lda uchraydigan fizik va texnologik muammolarni hal qilishdan iboratdir.
Reaktorni loyihalash ishlari yakuniga yetgan va uning qurilishi uchun Fransiyaning janubidagi Marseldan 60 km uzoqlikdagi —Kadarash (fransuzcha: Cadarache) tadqiqot markazi tanlangan. 2012-yil dekabrda ITER rahbariyati tomonidan mag'toka kompleks binosini qurish uchun fransuz-ispan konsortsiumi bo'lmish VFR bilan fuqoro-huquqiviy shartnoma imzolandi. 2013-yil may oyi holatiga ko'ra reaktorosti temirbeton asosini bunyod qilish ishlari yakunlandi. Kotlavan devorlari qurilmoqda. 2013yil avgustida mag'toka issiq kameralari uchun maydon tayyorlandi, ikkita yordamchi bino va energetik podstantsiya qurildi. Noyabrda esa mag'toka kompleksi atrofida drenaj va yordamchi tunnellar tashkil etildi. Dekabr oyi boshida reaktorning asosiga betondan 1.5 metrlik plitalar quyish ishlari boshlandi. Beton 21х26 metrli o'lchamdagi sektsiyalar bo'ylab olti oy davomida quyiladi. Barcha sektsiyalar soni 15 tani tashkil qiladi. Bitta sektsiyani quyish o'n soat davom etadi, keyin bir oy davomida beton qotadi. So'ngra opalubka va armatura yechib olinib navbatdagi sektsiyaga o'tiladi. 2014-yil 22 yanvargacha ikkita sektsiya quyildi. Bu bosqichni 2014-yil iyul oyigacha yakunlash rejalanmoqda.
Qurilish qiymati avvaliga 5 milliard yevroni, uni yakunlash ishlari 2016-yilga mo'ljallangan edi. Biroq taxmin qilingan harajatlar qiymati ikki barobar o'sdi va so'ngra tajribalar boshlanish sanasi 2020-yilga surildi.
Первоначально названиеAvval boshida «ITER» nomi было образовано как сокращение inglizcha: International Thermonuclear Experimental Reactorning qisqartirmasi edi, ayni vaqtda esa bu nom rasmiy abbreviatura hisoblanmaydi, balki lotincha Andoza:Lang-la2 — "yo'l" so'zi bilan ifodalanadi.
Ishtirokchi davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- EI davlatlari (barchasi bir butun bo'lib)
- Hindiston
- Xitoy
- Koreya Respublikasi
- Rossiya
- AQSh
- Yaponiya
ITER loyihasini amalga oshirish bo'yicha rossiya majburiyatlari ulushi bo'yicha [1] Kurchatov instituti, Rosatom davlat korparotsiyasi, D. V. Efremov nomidagi Ilmiy-tadqiqot instituti, N. A. Dollejalya nomidagi ilmiy-tadqiqot va energotexnik konstruktorlik instituti, RFA amaliy fizika instituti, Troitskiy innovatsion va termoyadro tadqiqotlar instituti, RFanlar akademiyasining A. F. Ioffe nomidagi Fizik-texnologik instituti, Neorganik materiallar Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti, Kabel sanoati bo'yicha butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti, «Ilm va innovatsiya» boshqaruv kompaniyasi, RFA Yadro fizikasi instituti SBlar asosiy rol o'ynaydi.
Qozog'istonning ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]
ITER loyihasida Qozog'istonning ishtiroki[2] gi qaror asosida quyidagilar [3] Qozog'iston Respublikasi Milliy Yadro Markazi, Al-Farobiy nomidagi Qozog'iston Milliy instituti qoshidagi tajribaviy va nazariy fizika ilmiy-tadqiqot instituti, Qozog'iston Respublikasi Milliy Yadro Markazining yadro fizikasi instituti, Ulbin metallurgiya zavodi, КазНИПИЭнергопром[4], Qozelektromash ishtirok etadi.
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1985 yil noyabr. — SSRI termoyadro reaksiyalarni o'rganish bo'yicha ko'proq ilgarilab ketgan davlatlar bilan mag'tokani yangi avlodini yaratish g'oyasini taklif qildi.
- 1988—1990 yy. — sovet, amerika, yapon va evropa olimlari va muhandislari yordamida hozirda ITER nomini olgan, termoyadro reaktorini kontseptual loyihalash ishlari muvafaqqiyatli ishlab chiqildi.
- 1992 yil 21 iyulda — Vashingtonda ITER loyihasini ishlab chiqish bo'yicha to'rttomonlama (EI, Rossiya, AQSh, Yaponiya) davlatlararo kelishuv imzolandi.
- 1994 yil 28 iyul— ITER Kengashining 6 sessiyasi Qarori doirasida Rossiya Federatsiyasining kvotasi bo'yicha loyihaga Qozog'iston Respublikasi ham qo'shildi.
- 1996 yil — AQSh loyihadan chiqib ketdi.

- 2001 н. — ITER reaktori texnik loyihasi muvafaqqiyatli yakunlandi.
- 2001—2003 yy. — Kanada loyihada ishtirok etishga qo'shildi.
- 2003 yil — AQSh loyihaga qayta qo'shildi, shuningdek Xitoy va Janubiy Korea ham loyihaga qo'shildilar.
- 2005 yil 28 iyunda — Moskvada ITER loyihasi ishtirokchilari bo'lmish olti tomon vazirlari protakol imzoladilar. Unda Halqaro tajribaviy termoyadro reaktorini qurish uchun Fransiyaning janubidagi Kadarash tadqiqot markazi belgilandi (43°41.25′N 5°45.7′E / 43.68750°N 5.7617°E G O).
- 2005 yil 6 dekabr — Hindiston ham konsortsiumga qo'shildi..
- 2006 yil 25 mayda в Bryusselda konsortsium ishtirokchilari loyihani amalda tadbiq etishni 2007-yildan boshlanishi haqida kelishuv imzoladilar.
- 2006 yil 1 sentabrda — Rossiya hukumati Halqaro tajribaviy termoyadro reaktori (ITER) loyihasini amalga oshiruvchi Halqaro tashkilot tuzish haqidagi kelishuvni imzolash to'g'risida qaror qabul qildi. Unga ko'ra tashkilot davlatlar va halqaro tashkilotlar bilan kelishuvlar imzolash bo'yicha yuridik shaxs huquqiga ega bo'ldi.
- 2006 dekabr — 40 ta persanal bilan ilk shartnomalar imzolandi, yana 56 ta ochiq ish o'rinlari haqida e'lon qilindi.
- 2010 yil — asososti kotlavanni qazish ishlari boshlandi.[5]
- 2013 yil — majmuani qurish ishlari boshlandi.[5]
- 2013-yil 19-20 iyunda Yaponiya poytaxtida ITER kengashining navbatdagi o'n ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda ITER loyihasi ishtirokchilari loyihaning yetti ishtirokchilari: EI, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Korea Respublikasi, Rossiya va AQSh ishtirok etdilar. Kengash delegatlari ITER loyihasi to’liq qurilish bosqichiga yetib kelganini qayd qildilar.
- 11 dekabr 2013 yil – qurilajak ITER binosining asosiga ilk g’ishtni qo’yildi.[6].
- 2014 yil 3 choragi — ilk detallar keltiriladi.[5]
- 2015 yil — yig’ish ishlari boshlanishi.[5]
- 2019 yil — yig’ish ishlari tugatilishi.[5]
- 2020 yil — plazma bilan tajribalarning boshlanishi.[5]
- 2027 yil — deyteriyli-tritiy plazma bilan tajribalar.[5]
Qurilish[tahrir | manbasini tahrirlash]
2007-yil yanvarda Fransiya janubidagi Kadarashda qurilish maydoni tayyorlandi. Bu uzoq yillik qurish jarayonidagi birinchi bosqich boʻlib, u ikki asosiy fazaga boʻlinadi:
- fizik joyni tayyorlash.
- ITER binosini qurilishi.
Maydonni tayyorlash[tahrir | manbasini tahrirlash]
ITER qurilishi uchun Fransiyaning janubiy hududidaga Sen-Pol-le-Dyurans (Provans-Alp-Lazur qirgʻogʻi) kommunasida 180 ga yer maydoni ajratilgan.
ITERning asosiy qismi — mag'toka va barcha xizmatchi binolar uzunligi 1000 metr, eni 400 metr boʻlgan maydonda joylashadi. Qurilish ishlari 2017-yilgacha davom etishi kutilmoqda. Bu bosqichdagi asosiy ishlar ITERning fransuz agentligi rahbarligida olib boriladi.
ITER majmuasi 23 ming tonnalik 60 metrlik kolossni tashkil qiladi. [1]
Magnit tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2013-yil iyun oyi oxiriga kelib loyihaning olti ishtirokchisi tomonidan 420 tonna (kerak boʻladigan hajmning 90 %) torodial maydon oʻtkazgichlari uchun niobiy-qoʻrgʻoshinli strendlar tayyorlandi. Shu bilan birga Xitoy, EI va Rossiya 133 tonna (kerak boʻladigan hajmning 51 %) poloidal maydan oʻtgazgichlari uchun niobiy-titanli strendlarni tayyorlab boʻldi.
Texnik ko’rsatkichlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
ITER «mag'toka» turidagi termoyadro reaktorlar turiga talluqlidir. Ikki yadro: deyteriy va tritiy qo’shilib, geliy yadrosini (alfa-zarra) hamda yuqorienergiyali neytronni hosil qiladi.
Loyiha tavsifi[7][8][tahrir | manbasini tahrirlash]
Konstruksiyaning umumiy radiusi | 10,7 m |
Balandlgi | 30 m |
Vakuum kamerasining katta radiusi | 6,2 m |
Vakuum kamerasining kichik radiusi | 2,0 m |
Plazma hajmi | 837 m³ |
Magnit maydoni | 5,3 Tl |
Plazma shnuridagi maksimal tok | 15 MA |
Plazmaning tashqi qizish quvvati | 40 MVt |
Termoyadro quvvati | 500 MVt |
Quvvat kuchayishi koeffitsenti | 10x |
O’rtacha harorat | 100 MK |
Impuls davomiyligi | > 400 s |
Moliyalashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Loyiha qiymati avvalida 12 mlrd. dollarga baxolangan edi. Qatnashchilar ulushi quyidagicha taqsimlangan edi:
- Xitoy, Hindiston, Korea, Rossiya, AQSh — barchasi qiymatning 1/11;
- Yaponiya — 2/11;
- EI — 4/11;
2010-yil iyulda loyihani o’zzzgartirilishi va materiallar narxini o’sishi tufayli ITER reaktorini qurilish tannarxi 15 mlrd. evroga oshirildi.[9]. Shunday qilib, EIning loyihadagi ulushi 4,36 mlrd. dan 5,45 mlrd. gacha oshirilishi lozim. Rossiya tomoni 2013—2015-yillar oralig’ida loyihaga 14,4 mlrd. rubl ($400 dan oshiq) mablag’ sarflaydi: 5,6 mlrd. rubl 2013-yilda, 4,8 mlrd. rubl 2014-yilda va 3,99 mlrd. rubl 2015-yilda [10].
Loyiha rahbari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rahbar organ — ITER Kengashi (ITER Council) loyihada davlatlarning qatnashuvi, personallar bo’yicha ishlarni, ma’muriy qoidalarni va byudjet harajatlari bo’yicha qaror qabul qiladi.[11]
ITER Kengashi raisi — Evgeniy Pavlovich Velixov (2009-yilda saylangan)[12]
ITER Kengashi Bosh derektori etib Osamu Motodzima (Osamu Motojima) tayinlangan (28 iyul 2010-yilda) [13]
Radiatsion xavfsizlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Termoyadro reaktori radiatsion jihatdan yadro reaktorlaridan xavfsizroqdir. Undagi radioaktiv moddalar hajmi ancha kam. Qandaydur avariya sodir bo’lgan taqdirda ajralib chiqadigan energiya kam va reaktorni buzilishiga olib kelmaydi.shu bilan birga reaktor konstruksiyasida tabiiy to’siqlar bo’lib, radioaktiv moddalarni tarqalishiga yo’l qo’ymaydi. Masalan, vakuum kamerasi va kriostat qobig’i germetik holda bo’lishi kerak, aks holda reaktor ishlamaydi. Shuningdek ITERni loyihalashda oddiy ekspluatatsiya vaqtida va avariya holatida ham radiatsion xavfsiz bo’lishiga katta e’tibor berilgan. Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan radiaktiv ifloslanishning bir necha manbalari bor:
- vodorodning radioaktiv izotopi — tritiy;
- neytronlar bilan nurlanishi oqibatida moslama materiallarida hosil bo’luvchi o’tuvchan radiatsiya.;
- plazmani birinchi devorga ta’sir etishi oqibatida hosil bo’ladigan radioktiv chang;
- sovutish tizimida hosil bo’lishi mumkin bo’lgan korroziyali radioaktiv mahsulotlar
Tritiy va changlar vakuum kamerasi va kriostatdan tashqariga chiqqanda tarqalishini oldini olish uchun maxsus ventilatsiya tizimi bo’lib, u reaktor binosidagi bosimni kamaytiradi. Shuning uchun binodan havo chiqib ketmaydi.
Reaktor qurilish jarayonida imkon darajasida yadro energetikasida tajribadan o’tgan materiallardan foydalaniladi. Shuning uchun o’tuvchan radiatsiya uncha ko’p emas. Hatto sovutish tizimi ishdan chiqqan holda ham tabiiy konvektsiya vakuum kamerasi va boshqa konstruktsiya elementlarini sovutish uchun yetarli bo’ladi.
Baxolashlar shuni ko’rsatdiki, avariya sodir bo’lgan holda radioaktiv zaralanish axoli uchun havf tug’dirmaydi va evakuatsiyaning hojati yo’q.
20 июня 2012-yil 20 iyunda tashkilot moslamaning havfsizlik normalariga mos kelishi to’g’risida rasmiy dalolatnomaga ega bo’ldi.[14]
Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Tritiyning bir kilosi 2010-yilda 30 mln. dollar edi.[15] ITER ishga tushirish uchun minimum 3 kg ga yaqin tritiy, DEMOni ishga tushirish uchun 4–10 kg kerak bo’ladi[16]. Gipotetik tritiy reaktori yiliga 1 GVt elektrenergiyasi ishlab chiqarish uchun 56 kg tritiy sarflagan bo’lardi, shu bilan birga 2003-yil butunjahon tritiy zahirasi 18 kgni tashkil etardi xolos.[16]. 1995-yil tritiyga bo’lgan jahon tijoriy ehtiyoji 400 grni va yana AQSh yadro arsenaliga 2 kg zarur bo’lgan [17] (Jahon harbiy ehtiyoji uchun7 kg). Bir yilda 4 kgga yaqin tritiy AESlarida hosil bo’ladi, lekin chiqarib olinmaydi.[18]
- Yuqori harorat va bardavom neytronlar oqimi holatida barqaror uzoq muddatli ishni ta’minlash uchun po’latning maxsus turi yaratildi[19].
- ITERni tekshirish jarayonidagi nazariy kontsepsiyalardan biri shuki, litiy yadrosini bo’linish reaksiyasi chog’ida hosil bo’ladigan tritiy (reaksiya ) moslamani ehtiyojini qoniqtirib qolmay, yangi moslamalarni ehtiyojini ham qoldiradi. Reaksiya chog’ida ishlatiladigan litiy mag’toka kamerasi qobig’i tarkibiga kiradi.[20].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Russian Major Partisipants, 2012-12-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-05
- ↑ Qozog'ston Respublikasi Bosh Vazirining 1998-yil 22 iyuldagi № 143-r ITER kengashining 1994-yil 28 iyuldagi 6 sessiyasidagi qarori doirasida faoliyatni rivojlantirish choralari to'g'risida
- ↑ arxiv nusxasi (PDF), 2015-06-20da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2014-02-05
- ↑ «КазНИПИЭнергопром»Instituti» AJ, 2013-10-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-05
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 ITER — the way to new energy
- ↑ „Construction starts of Iter Tokamak complex“ (en). World Nuclear News (13-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 28-dekabr 2013-yil.
- ↑ ITER loyihasining halqaro rasmiy sayti
- ↑ ITER loyihasining rasmiy Rossiya sayti
- ↑ L’Europe s’alarme de l’explosion du coût du réacteur à fusion nucléaire ITER, 13.05.2010.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „RF 2013-2015-yillarda ITER loyihasiga 14,4 mlrd. rubl sarflaydi“ (18-sentabr 2012-yil). 16-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-fevral 2014-yil.
- ↑ The ITER Council
- ↑ http://www.iter.org/newsline/108/1496
- ↑ Osamu Motojima, Director-General, ITER Organization
- ↑ iter — A long-expected letter
- ↑ Is fusion power really viable? BBC News (5 mart 2010-yil)
- ↑ 16,0 16,1 Tritium Supply Considerations, LANL, 2003. «ITER startup inventory estimated to be ~3 Kg»
- ↑ Hisham Zerriffi. „Tritium: The environmental, health, budgetary, and strategic effects of the Department of Energy’s decision to produce tritium“. Institute for Energy and Environmental Research (1996). Qaraldi: 13-noyabr 2013-yil.
- ↑ International Control of Tritium for Nuclear Nonproliferation and Disarmament, CRC Press, 2004, page 15
- ↑ Yangi po’lat termoyadro reaktori harajatlarini optimallashtirish imkonini beradi. Lenta.ru (27 oktabr 2008-yil)
- ↑ Termoyadro energetikasi yo’lida Elementlar (17 may 2009-yil)
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Qozogʻiston Respublikasi milliy yadro markazi
- National Ignition Facility
- Termoyadro reaktori
- Wendelstein 7-X
- Z-Mashina
- DEMO
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda ITER haqida turkum mavjud |
- Loyiha rasmiy sayti (ingl.).
- K. Lluellin-Smit . Termoyadro energetikasi yoʻlida. 2009-yil 17 mayda FAFIda oʻqilgan leksiya materiallari.
- Plazmani qisqartirish // „Dunyo boʻylab“.
- „Plazmali salom“ — „Itogi“ jurnalidagi maqola Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-21)..
- ITER termoyadro reaktori loyihasida yangi derektor
- [http://www.sicpro.org/sicpro08/doc/0005.pdf Mitrishkin Yu. V., Dokuka V. N., Hayrutdinov R.R., Kadurin A. V., Sushin I. S., Korostelev A. Ya. Termoyadroviy-mag’toka reaktorida plazmani magnit yordamida boshqaruv tizimini loyihalash uslubiyati. — 2008. — B. 1752—1795.
]
- Loyihaning qisqa videotavsifi
- http://ip.ntv.ru/news/25725/ Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-06-14).
- Semenov I. Kelajak energetikasi: boshqariluvchi termoyadroviy sintez. ITER termoyadro reaktori oʻzi nima va uning yaratilishi naqadar muhim? 2008-yil 27 noyabrda FAFIda oʻqilgan leksiya materiallari.
- Burxon Massalimov Termoyadro sintezi — asr loyihasi // V mire nauki, № 2, 2014