Tritiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tritiy (yun. tritos, lot. Tritium), T. (yoki 3N) — vodorodning massa soni 3 boʻlgan radioaktiv izotopi. 1934 yilda ingliz olimlari E. Rezerford, M.L. Olifant va P. Xarteklar kashf qilishgan. T. yadrosi 1 ta proton va 2 ta neytrondan iborat. T. rfaol, yarim yemirilish davri T1/2q 12,26 y. Tabiatda atmosferaning yuqori qatlamlarida kosmik nurlar neytronlarining azot atomlariga taʼsir etishidan hosil boʻladi va yomgʻir bilan yer yuziga tushadi. T. yadro reaktorlarida litiy 6Li ni neytronlar bilan nurlatib olinadi(3 LiQnq “,TQ 2 Ne ). T. termoyadro sintezi reaksiyalarida muhim komponent sifatida, shuningdek, kimyoviy, biologik va gidrologik tadqiqotlarda ishlatiladi (qarang Izotop indikatorlar).