Deyteriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Deyteriy (Deuterium, yun. deuteros — ikkinchi), D yoki baʼzan N2— vodorodning ogʻir izotopi. D. tabiiy vodorod tarkibida oz miqdorda (0,015%) aralashma holida uchraydi. 1932-yilda amerikalik olim G. Yuri topgan. D. atomi yadrosi (deytron) tarkibida 1 ta proton va 1 ta neytron boʻlib, atom massasi odatdagi vodorodnikiga qaraganda 2 baravar ortiq (2,01474). D.ning fizik xossalari oddiy vodorod xossalaridan farq qiladi. Kislorodli birikmasi D2O ogʻir su v deb ataladi. D. vodorod bombasida termoyadro yonilgʻisi sifatida, fan va texnikada "nishonli atom" sifatida, atom reaktorlarida neytron zarralarining tezligini susaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil