Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Utkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vladimir Utkin (murabbiy)dan yoʻnaltirildi)

 

Vladimir Utkin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vladimir Ivanovich Utkin
Tavallud sanasi 13-may 1954-yil (1954-05-13) (70 yosh)
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Grodno viloyati, Belorussiya SSR
Ampluasi yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
? Sovet Ittifoqi Dnepr
? Sovet Ittifoqi Zauralets
? Sovet Ittifoqi Shaxtyor (Ekibastuz)
1977—1978 Sovet Ittifoqi Trud (Volkovysk) 16 (0)
? Sovet Ittifoqi Dvina (Novopolotsk)
? Sovet Ittifoqi Neman (Grodno)
Boshqargan klublari
1999—2000 Ukraina Zarya
2000—2001 Ukraina Zarya-2
2002—2004 Belarus Smorgon
2005 Ukraina Olimpiya (Yujnoykrainsk)
2007 Litva Suduva
2009 Estoniya Kalev (Sillamye)
2011 Tojikiston Xoʻjand
2011 Tojikiston SSKA-Pomir
2012 Oʻzbekiston Buxoro
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vladimir Ivanovich Utkin (1954-yil 13-may) – sovet futbolchisi va murabbiyi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy, SSSR sport ustasi. Vladimir Minskdagi „ART“ bolalar va oʻsmirlar uchun qoʻshimcha taʼlim markazi davlat taʼlim muassasasida ishlaydi.

Vladimir Ivanovich Utkin 1954-yil 13-mayda Belorussiya SSR, hozirgi Belarus Respublikasi Grodno viloyati Slonim shahrida tugʻilgan.

Dnepropetrovskning „Dnepr“ jamoasi qoshidagi futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Vladimir „Zauralets“ (Koʻrgan), „Shaxtyor“ (Ekibastuz), „Trud“ (Volkovisk), „Dvina“ (Novopolotsk) va „Neman“ (Grodno) jamoalarida toʻp surgan[1].

1983-yilda Belorussiya Davlat Mehnat Qizil Bayroq ordeni Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan[2]. 1998-yilda Rossiya davlat jismoniy tarbiya akademiyasi qoshidagi Oliy murabbiylar maktabini tamomlagan.

Utkin chorak asrdan koʻproq vaqt davomida murabbiylik bilan shugʻullanadi. U „Zorya Lugansk“ ning ikkinchi jamoasi bilan ishlagan. Keyinchalik u Belarus, Litva, Estoniya, Tojikiston va Oʻzbekiston elit ligalari jamoalarini boshqargan. 2007-yilda Suduva jamoasi bilan birgalikda UEFA kubogida ishtirok etdi.

2016-yil 1-sentyabrdan boshlab Minskdagi „ART“ bolalar va oʻsmirlar uchun qoʻshimcha taʼlim markazida ishlab kelmoqda[3].

Mukofotlar va unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Litva chempionatining kumush medali sovrindori (1): 2007-yil
  • Profil FootballFacts.ru saytida