Luhansk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lugansk (1935-58 va 1970—1990-yillarda Voroshilovgrad) — Ukrainadagi shahar, Lugansk viloyati markazi. Donbassning (Donetskdan soʻng) ikkinchi muhim shahri. Lugan va Olxovaya daryolarining qoʻshilish joyida. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 480 ming kishi (1997). Donbassning yirik mashinasozlik markazi. Teplovozsozlik, mashinasozlik, avtomobilsozlik, „Dinamo“, „Uglepribor“, akkumulyatorlar, kuvurlar va boshqa zavodlar, yengil (mayin movut kombinati, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari), yogʻochsozlik, kimyo-farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3-oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Sharqiy Ukraina universiteti), 3 teatr, filarmoniya, telemarkaz, 3 muzey (oʻlkashunoslik, badiiy, V. I. Dal uymuzeyi) mavjud. L. 1975-yilda Yekaterinoslav (1797-yildan Lugansk) choʻyan quyish zavodi ishchilari uchun qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil