Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Forum/Takliflar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vikipediya:F-Tadan yoʻnaltirildi)
Qoidalar   Texnik savollar   Takliflar   Yangiliklar   Yordam
Bu boʻlim qoidalar bilan bogʻliq boʻlmagan takliflar uchun moʻljallangan.

Arxiv



AT uskunasini yopish va AT uskunasida yaratilgan axlat maqolalarni yoppasiga oʻchirish[manbasini tahrirlash]

Assalamu aleykum! Hurmatli oʻzbekcha vikipediyaning administratorlari va faol ishtirokchilari. Oʻzbekcha vikipediyadagi maqolalarni sifatini yaxshilash va teranligimizni muvozanatga keltirish uchun avtomat tarjima uskunasini oʻchirishni, avval yaratilgan va hozirda yangi foydalanuvchilar tomonidan tuzatib boʻlmas darajada yaratilayotgan maqolalarni oʻchirishni taklif qilaman. Agar bu uskunani oʻchirmasak oʻzbekcha vikipediyada sifatsiz va tushunarsiz axlat maqolar koʻpayib boraveradi. Bu esa bizni kuzatayotgan ziyoli qatlamni ham tanqidiga sabab boʻlishi mumkin. Hurmatli vikipediyani adminlari mana shu taklifimga oʻz fikringizni bildirishingizni va tez orada xulosa chiqarishingizni soʻrayman. Eʼtiboringiz uchun tashakkur!   Mirzoulugʻbek |@  19:17, 8-Sentabr 2023 (UTC)

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

2023-yil 30-oktyabr holatiga koʻra ushbu taklifga 9 kishi rozi, 1 kishi betaraf ekanini bildirgan. Hozircha ovoz berishda ishtirok etmagan rasmiyatchilar — Abdulla va Malikxan ovozlar, munozaralar natijasiga koʻra xulosa chiqarishda ishtirok etsangiz yaxshi boʻlar edi. Jamshid Nurqul (munozara) 21:05, 30-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qoʻshilaman. 13-dekabr holatiga koʻra qoʻllab ovoz berganlar soni 11 taga yetdi, rasman qarshilar esa umuman yoʻq. Men toʻliq qarshi emasman, shuning uchun quyida „betaraflar“ boʻlimi ostida „Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq“, deb yozgandim. Lekin muhokama foydali boʻldi. Hech boʻlmasa „WikiStipendiya“ tugagunicha asbobni oʻchirib qoʻyish oʻrinli boʻladi, menimcha. Nataev munozara 15:19, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Faqat tajribali foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanish huquqini berishni taklif etaman. Masalan, kamida 1 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki kamida 500 ta tahrir qilgan foydalanuvchilarga.
Malikxan munozara 21:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Agar kimgadir ruxsat berish kerak boʻlsa kamida 6 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki 3000 dan ortiq tahrir qilgan, tahrirlarining kamida 30 foizi foydali/qaytarilmagan/oʻchirilmagan yoki yangi maqola yaratish bilan bogʻliq boʻlgan foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanishga ruxsat berish kerak deb oʻylayman. Chunki Vikipediyada foydali tahrir qilmasdan, bitta nuqtani oʻchirib, qayta qoʻyib ham tahrir sonini oshiradiganlar topiladida. VikiOromgohlar vositasida tahriri soni 5 000 dan oshgan lekin Vikipediyada avtomat tarjimasiz maqola yarata olmaydigan va vizual tahrirchisiz (manba kodini tahrirlash orqali) ishlay olmaydigan, sovrinli tanlov boʻlmasa Vikipediyani eslamaydiganlar armiyasini tarbiyalab qoʻydik. Ularga albatta AT uskunasi yordamida tezda maqola yaratib qaysidir saralashda yoki tanlovda qatnashish qulay, shularning yoʻlini biroz toʻssak maqsadga muvofiq boʻlardi. Agar ATchilar Google yo Yandex translatega oʻtib ketishsa, ularni ham bemalol topib ogohlantira olamiz deb oʻylayman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:29, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjima uskunasidan chop etish huquqi berilgan. Uzwikida faqat patrullovchi, eski holiga qaytaruvchi, xulosa chiqaruvchi, administrator va rasmiyatchilarda ushbu gadjet qoldirilishi tarafdoriman. Umarxon III (munozara) 16:27, 18-Yanvar 2024 (UTC).[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman — Avtomat tarjima unsurlari mavjud maqolalarni yoppasiga oʻchirib yuborish va AT uskunasini oʻchirish juda ajoyib taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 19:22, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman — Alpasli (munozara) 19:35, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  3.  Roziman — Humoyun Qodirov (munozara) 19:41, 8-Sentabr 2023 (UTC).
  4.  Roziman. Muzaffar Murodovichmusohaba 19:59, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  5.  Roziman. — Kagansky munozara 20:20, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  6.  Roziman. — Oxirgi vaqtlarda aynan ushbu uskuna sabab koʻplab avtomat tarjimadan iborat maqolalar yaratilmoqda. Bu esa tabiiyki, UzWikida axlat maqolalar soni oshishiga ijobiy hissa boʻlmoqda. Ushbu uskunaning oʻchirilishi yangi foydalanuvchilar sifatli tarjima borasida fikrlarini oʻzgartirishlari uchun kuchli motivatsiya boʻla oladi deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:02, 12-Sentabr 2023 (UTC)
  7.  Roziman. — Ibrohimjon 11:40, 12-Sentabr 2023 (UTC)
  8.  Roziman. Kundan kunga turli hil loyihalar va yaxshi ishlanayotgan PR ortidan oʻzbekcha Vikipediyada tahrirchilar soni ortib borishi bilan bir qatorda, ularning katta qismi toʻrtta tugmani bosib maqola yaratayotganlardan iborat ekanligi achinarli holat, albatta. Shunday foydalanuvchilar va AT maqolalarni sonini kamaytirish maqsadida, albatta, oʻchirilishi kerak deb oʻylayman. ANJANIY!!#suhbat 21:22, 20-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  9.  Roziman — 100%. Hilola Jurakulova (munozara) 13:13, 21-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  10.  Roziman  — ITPRO.UZ (munozara) 14:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  11.  Roziman  — Yaxshi yozilgan bir-ikkita OʻzME maqolalari AT maqola boʻlib ketibdi — Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:09, 13-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]
    Oʻchirishdan oldin OʻzME maqolasi boʻlsa, oʻsha variantini tiklab qoʻysak yaxshi boʻladi — Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:12, 13-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]
  12.  Roziman — Biroq yuqorida aytilganiday, yaxshi yozilgan AT maqolalarni qayta tiklab chiqishimiz kerak boʻladi. Zarifboyev (munozara) 15:25, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  13.  Roziman — Programmer (munozara) 15:28, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  14.  Roziman — Axadjon1 (munozara) 15:33, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  15.  Roziman — Mirishkorlik (munozara) 15:48, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  16.  Roziman — Miss Kamola (munozara) 16:00, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  17.  Roziman - UzbekistanWikiEditor (munozara)
  18.  Roziman - Zarifboyev (munozara) 13:42, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  19.  Roziman - Sevayuu (munozara) 18:58, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  20.  Roziman - Lili (suhbat) 14:30, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  21.  Roziman --Hasan Xamidovich (munozara) 16:11, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  22.  Roziman -Xayriniso (munozara) 23:16, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  23.  RozimanMuxriddin Azimov (munozara) 18:51, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  24.  Roziman Doniyor Yóldoshev (munozara) 10:28, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Bu yerda masalaning yana bir jihati bor: AT asbobini oʻchirib qoʻysak, shovvozlar matnni Google Tarjimonda tarjima qilib, soʻngra Vikipediyaga olib oʻtishlari mumkin. Bu yanada mushkul vaziyat keltirib chiqaradi, chunki yaratilgan maqolalar shunchaki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan emas, balki umuman rasmiylashtirilmagan boʻladi. Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq. Nataev munozara 21:52, 20-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]

AT uskunasini yopib qoʻysak Google Tarjimon yordamida mashina tarjimasini vikiga olib kiruvchilarni keskin ogohlantirish va chetlatishga maʼnan haqqimiz boʻladi, hozir foydalanuvchilarga AT imkoniyatini berib, mashina tarjimasini taqiqlashimiz biroz tushunarsiz tuyuladi yangi kelganlarga. AT uskunasining oʻchirilishi uzwiki teranligiga va maqolalar sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishiga ishonaman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:01, 20-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Tarjima asbobi aynan asbob. Undan toʻgʻri yoki notoʻgʻri foydalanish mumkin. Pichoq bilan qotillik sodir etish mumkin boʻlgani uchun uni oshxonadan yoʻq qilmaymiz-ku. „WikiStipendiya“ marafonining ilk mavsumida ragʻbatalantirilgan barcha foydalanuvchilar asbodan ozmi-koʻpmi foydanlangan. Demak, niyati xolis odam ushbu asbobdan toʻgʻri foydalansa boʻladi. Nataev munozara 16:58, 23-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. Boʻlmasa uskunani oʻchirishni noyabrdan keyin amalga oshirish kerak. Chunki bu paytga kelib, „WikiStipendiya“ marafoni oʻz nihoyasiga yetadi va oʻzbekcha Vikipediyada kimlar yana tahrirlashni davom ettirish yoki ettirmasligi maʼlum boʻladi. Sababi maʼlum bir oylik marafoni doirasida ancha faol boʻlgan foydalanuvchilarning koʻp qismi hozirda deyarli tahrir qilmay qoʻygan. Humoyun Qodirov (munozara) 17:48, 23-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Bu yerda pichoqni misol qilmagan boʻlardim, hozircha oshxonada pichoqning oʻrnini bosa oladigan boshqa asbob yoʻq ammo AT asbobisiz bemalol maqolalar yozish mumkin. Bu asbobni oʻchirish bilan koʻp narsa yoʻqotmaymiz. Jamshid Nurqul (munozara) 22:40, 23-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Pichoq bajaradigan ishlarni peeler, bolta, elektrik pichoq va hokazolar bosa oladi. Yuqorida Humoyun bildirgan fikr ham oʻrinli, chunki hozirgi maynavozchilik vaqtincha davom etadi. Nataev munozara 14:12, 29-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Fikringizga qoʻshilaman. AT asbobi koʻplab foydalanuvchilarning tarjimaga oson narsadek qarashiga sabab boʻlyapti. Hasan Xamidovich (munozara) 18:03, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Dastlabki xulosa[manbasini tahrirlash]

Content Translation asbobini butunlay oʻchirib qoʻyishni koʻpchilik qoʻlladi, ammo hamma bir ovozdan emas. Asbobni butunlay oʻchirish radikal yechim va undan toʻgʻri foydalanayotganlar (oz boʻlsa-da) mavjud. Boshqa foydalanuvchilar koʻtargan bir necha mavzuni (xususan, VP:Forum#„Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ bandiga mos keladigan eski maqolalarni oʻchirish yuzasidan soʻrovnoma hamda VP:Administratorlar forumi#WeekieHogwarts oromgohi) hisobga olgan holda, kompromis yechimni taklif qilaman:

  1. Content Translation asbobini butunlay oʻchirmaymiz, ammo
  2. „WikiStipendiya“ marafonida boshlanganidan keyin, yaʼni 2022-yilning may oyidan bugunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida yaratilgan va asosan avtomat tarjimadan iborat maqolalarni muhokamasiz oʻchirish yoʻlini tutamiz. Ikkinchi band muhim, shuning uchun batafsil toʻxtalib oʻtsam. Tarjima maqola quyidagi mezonlarning ikki yoki undan oshigʻiga mos kelsa, tezda oʻchirish yoki oʻchirish jarayonlarini chetlab oʻtgan holda „Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ izohi bilan oʻchiramiz (va oʻchirayotganda ushbu muhokamaga link qoldiramiz). Mezonlar:
    1. maqola 2022-yilning may oyidan bugungacha boʻlgan muddat orasida yaratilgan boʻlsa
    2. maqolani yaratilgan izohda „… tilidan tarjima qilib yaratdi“ yozuvi boʻlsa
    3. maqola Pages with unreviewed translations va/yoki Vikipediya:Avtomat tarjimalar turkumida boʻlsa
    4. maqola mashina tarjimasi ekanini koʻrsatuvchi ikkidan oshiq holat boʻlsa (masalan, koʻp maʼnoli soʻzning notoʻgʻri maʼnosi qoʻllanilgan boʻlsa, gap mazmunsiz boʻlsa, oʻzbek tilida mavjud boʻlmagan atamalar ishlatilgan boʻlsa va h).

WikiStipendiya oʻz yakuniga yetganidan keyin ushbu vaqtincha chorani toʻxtatsak boʻladi. Marafondan oldin yaratilgan maqolalarni esa odatdagidek oʻchirish jarayoni orqali koʻrib chiqamiz. Nima deysizlar? Nataev munozara 16:21, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

  •  Roziman Tarjima uskunasi yordamida ayrim foydalanuvchilar yaxshi maqola yarata olishini va oʻzim ham shunday ekanligimni hisobga olgan holda mazkur taklifni qoʻllab-quvvatlayman. Avtomat tarjima uskunasini faqat tajribaga ega foydalanuvchilar foydalansa, bu Vikipediyani ortiqcha axlat maqolalardan qaysidir maʼnoda himoya qila oladi deb oʻylayman. PanPanChik #yozish 16:03, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  •  Roziman. Ushbu uskunani tajribali foydalanuvchilargagina qoʻllash imkoniyati berilishi tarafdoriman. Lekn, tajribali foydalanuvchilarni qaysi mezonlarga koʻra tanlab olinadi? Roʻyxatdan oʻtgan vaqtimi yoki maqolalari soniga qarabmi? Yuqorida Umarxon III aytganidek qilsak, shunnda statusga ega boʻlmaganlar bu uskunadan foydalana olishmaydimi? Unda qaysidur sahifada bu uskunani ishlatish imkoniyatini olish uchun soʻrov qoʻysa boʻladigan qilsa boʻladimi? Keyin, maqolalar oʻchirilishi boʻyicha, agarda saqlab qola olsak boshqa tillarda hajmi katta boʻlmagan maqolalarni oʻchirishdan koʻra stub holatda qolishi tarafdoriman. MrShaxas #Munozaracha 20:17, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  •  Roziman Nataeva munozara 02:38, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  •  Roziman Dastlabki xulosaga qoʻshilaman. Keltirilgan mezonlar asosida xulosa qilinishi yaxshi, ammo endilikda boʻlib oʻtishi reja qilinayotgan oromgohlar, tanlovlar yoki shu kabi holatlarda yoppasiga koʻp maqola kiritiladi qanchadir qisqa muddatda. Bu vaqt ichida ulgurishni imkoni boʻlarmikan har bir maqolani mezonlarga koʻra koʻrib chiqish va xulosa qilish, yoki barcha tanlovlar yakunlangach xulosa qilib maqolalarni qoldirish yoki oʻchirish belgilanadimi? Panda D (munozara) 08:41, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Muhokamada qatnashgan barchaga rahmat! Ikkita qarorga keldik:

  1. AT uskunasini hamma uchun oʻchirmaymiz (Quyida faqat avtopatrullangan huquqiga ega foydalanuvchilar uchun qoldirish taklifi muhokama qilinyapti);
  2. oʻta sifatsiz AT maqolalarni oʻchirish boʻyicha VP:TEZDA mezonlarini oʻzgartiramiz va ruwiki (Статья не на русском языке или машинный перевод) va trwikidagi (Niteliksiz makine çevirilerinden ibaret olan sayfalar silinebilir.) kabi bandni joriy qilamiz. Xususan, „M2. Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqolalar“ bandini „M2. Butkul oʻzbekcha boʻlmagan va mashina tarjimasidan iborat maqolalar“ oʻlaroq oʻzgartiramiz.

Bundan nari asosan ATdan iborat, jiddiy va koʻp tahrirlarsiz tuzatib boʻlmaydigan maqolalarni oʻchirishda ushbu bandga havola qilamiz. Ushbu mezon bir necha muhokamada bir ovozdan izhor qilinganidek, „WikiStipendiya“ doirasida yaratilgan kontent uchun ayniqsa erkin qoʻllanishi mumkin. Nataev munozara 18:39, 17-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Oʻzbekcha Vikipediyaning asosiy logosi[manbasini tahrirlash]

Oʻzgartirilgan logoning koʻrinishi. Turkcha Vikipediya foydalanuvchisi Kurmanbekka rahmat

Hormanglar! Ayni damda qoʻllanilayotgan logomizda imloviy xato bor. Oʻzbek tilining qoidalari boʻyicha „ensiklopediya“ soʻzi kichik harf bilan yozilishi kerak. Qarang: https://lex.uz/docs/1625271#1626120. Xususan, „Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi: Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi“. (Sovet davrida ishlab chiqilgan qoidalar rus tilidan olingan boʻlib, ruscha, qozoqcha va qirgʻizcha Vikipediyalardagi logolarda bu soʻz kichik harf bilan yozilgan).

Shuningdek, „ochiq“ emas, „erkin“ deb yozish taklif qilinadi. Shunda shiorimiz „Erkin ensiklopediya“ boʻladi. Quyida bu taklif boʻyicha ovoz berishingizni va fikr bildirishingizni soʻrayman. — Bu xabarni Nataev (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman – Mirishkorlik (munozara) 15:26, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman – Axadjon1 (munozara) 15:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3. Ikkala taklifga ham  Roziman. Jamshid Nurqul (munozara) 15:38, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman – yaxshiki, Vikipediya bilan kurashib yurgan ayrim shaxslar koʻrmagan bu kabi kamchiliklarni) Alpasli (munozara) 15:41, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. Bosh sahifa mukammal boʻlishi kerak. Umarxon III (munozara) 15:54, 24-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]
  6.  Roziman – Ibrohimjon 16:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman – qoʻllab-quvvatlayman. Salazarov(gaplashuvuza?) 06:30, 8-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]
  8.  Roziman – Yaxshi oʻylangan taklif. ANJANIY#gurung 09:04, 5-May 2024 (UTC)[javob berish]
  9.  Roziman – Lili (suhbat) 23:54, 6-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  10.  RozimanDiloromxon 00:02, 7-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  11.  Roziman – BEKIPEDIYA [munozara] 05:46, 7-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  12.  Roziman – Ushbu taklifni qoʻllab-quvvatlayman. UzbekistanWikiEditor (munozara)
  13.  Roziman. Humoyun Qodirov (munozara) 17:50, 9-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  14.  Roziman – 7Rapunzel (munozara) 13:40, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  15.  Roziman – Devona Jovliyev (munozara) 13:44, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  16.  Roziman – Hasan Xamidovich (munozara) 18:08, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  17.  Roziman – Artemev Nikolay (munozara) 10:22, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  18.  Roziman Javoxir Yorqulov (munozara) 17:39, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  19.  Roziman – qoʻllab-quvvatlayman. Rabiga Shabatova (munozara) 18:05, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  20.  Roziman – Qoʻllab-quvvatlayman. Komilhuja 18:40, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  21.  Roziman – Muxriddin Azimov (munozara) 18:49, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  22. Ikkala taklifni ham qoʻllab quvvatlayman.  Roziman. Miss Kamola (munozara) 01:12, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  23.  Roziman MrShaxas #Munozaracha 20:26, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  24.  Roziman. Nataeva munozara 02:40, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  25.  Roziman – Qoʻllab quvvatlayman Zarifboyev (munozara) 03:10, 13-Iyul 2024 (UTC
  26.  Roziman – PanPanChik #yozish 04:42, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  27.  Roziman – Assalomu alaykum, Logoda xatolik boʻlsa, albatta, uni tuzatishga rozilik bildiraman. Aytgancha, havola oʻzbekcha vikipediyaning emas, balki ruscha vikipediyaning logosiga berilibdi. – Visola Tangirova(menga yozish!) 05:20, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
    Link chindan xato ekan. Tuzatib qoʻydim. Rahmat! Nataev munozara 14:20, 16-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  28.  Roziman Logoni yangilash va xatoliklarini toʻgʻirlash yaxshi fikr. Tushunishim boʻyicha logoning asosiy oʻzagi oʻzgarmaydi, undagi kichik elementlar oʻzgaradi. Bir taklifim bor edi, logoni almashtirish masalasiga ish boshlangan ekan oramizdagi dizaynerlikga qobiliyati borlar bilan yangi gʻoyalar qilib logoning yangi va oʻzgacha variantlarini ham yaratib koʻrilsa, balki bundanda yaxshiroq variantlar paydo boʻlar. Panda D (munozara) 08:45, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  29.  Roziman Doniyor Yóldoshev (munozara) 10:31, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  30. Xatolar tuzatilishiga  Roziman. Kagansky munozara 12:46, 16-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  31.  Roziman   Mirzoulugʻbek |@  15:01, 17-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Hammaga rahmat! Phabricatorda soʻroq yaratdim. Nataev munozara 14:36, 16-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Imzo qoʻyganda avtomatik paydo boʻluvchi sana formatini oʻzgartirish[manbasini tahrirlash]

Hammaga salom, baʼzi andozalardagi sana formatini oʻzgartirishimiz kerak, menimcha buni faqat interfeys administratorlari qila oladi, munozaralarda imzo qoʻyganda avtomatik paydo boʻladigan sananing formati hozirda „22-yanvar 2024“ (KK-oy YYYY) koʻrinishida, shuni „2024-yil 22-yanvar“ (YYYY-yil KK-oy) koʻrinishidagi formatga oʻtkazsak oʻzbekcha boʻlardi. Bu borada kim qanday fikrda?
Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 00:04, 23-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekchalashtirish siyosatimizga mos. Imkoni boʻlsa, men qarshi emasman. Salazarov 03:51, 23-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
  2. Bu borada Vikipediya tashqarisida ham ayrim tanqidlarni eshitgandim. Tuzatilsa, ancha maqbul boʻlardi deb oʻylayman. Shu boisdan  Roziman. Alpasli (munozara) 07:55, 23-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
  3. Juda ajoyib ish boʻlardi. Anchayin tushunarli va oʻzbekcha. Mirishkorlik (munozara) 14:07, 27-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. Nataev munozara 17:29, 14-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. — Kagansky munozara 17:42, 14-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman. — Muxriddin Azimov (munozara) 18:47, 14-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman. Ibrohimjon 02:51, 15-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  8.  Roziman.   Mirzoulugʻbek |@  22:00, 2-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]
  9.  Roziman Men qo'llab quvvatlayman. MrShaxas #Munozaracha 10:48, 4-May 2024 (UTC)[javob berish]
  10.  Roziman. Sanalar, xususan, maqolalarda ham K/O/Y koʻrinishida emas, balki Y/K/O koʻrinishida beriladi. ANJANIY#gurung 09:09, 5-May 2024 (UTC)[javob berish]
  11.  Roziman. Humoyun Qodirov (munozara) 17:49, 9-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  12.  Roziman — Qoʻllab-quvvatlayman. Devona Jovliyev (munozara) 13:47, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  13.  Roziman„Davlat tilida ish yuritish“ (27-bet) qoʻllanmasida ham sanalar (YYYY-yil KK-oy) shakli qoʻllanishi koʻrsatilgan ekan. BEKIPEDIYA [munozara] 14:16, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  14.  Roziman. Haqiqatdan ham hammaga qulay boʻlar edi. Lili (suhbat) 14:33, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  15.  Roziman — kundalik hayotda ham taklif qilinayotgan formatdan foydalanamiz koʻproq. Vikipediyadaa ham shu formatga oʻtsak yaxshi boʻlar edi. Hasan Xamidovich (munozara) 18:06, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  16.  Roziman. Malikxan munozara 04:19, 11-Iyul 2024 (UTC
  17.  RozimanPanPanChik #yozish 04:43, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Qarshilar yoʻq. Phabricatorda tegishli soʻrov yaratildi.

Malikxan munozara 05:25, 11-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

AT uskunasidan foydalanish uchun cheklov oʻrnatish[manbasini tahrirlash]

Hammaga salom. Mana shu fikrlar boʻyicha taklifga binoan alohida munozara ochdim. Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjimadan foydalanish huquqi qoldirilgan edi. UzWikida ham patrullovchi yoki eski holiga qaytaruchi va undan yuqori statusni olgan foydalanuvchilarda AT uskunasidan foydalanish huquqi qoldirilishini taklif qilaman. Hurmat bilan, Umarxon III (munozara) 11:22, 4-May 2024 (UTC).[javob berish]

Dastlabki xulosa[manbasini tahrirlash]

Hammaga rahmat! Qarshilar yoʻq.

Уважаемые Tchenand, wanderer и Rich Flight22, как в рувики, хотим подключить функцию машинного перевода из других языковых разделов только для тех, у кого есть флаг автопатрулируемого. Не подскажите как вы это реализовали? На Фабрикаторе ничего не нашёл. Nataev munozara 23:27, 17-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Turkumlarni tartibga keltirish haqida[manbasini tahrirlash]

  • Turkum:Mamlakatlarga koʻra oshxonalar,
  • Turkum:Mamlakatlarga binoan oshxonalar
  • Turkum:Mamlakatlar boʻyicha oshxonalar

Mana shu soʻzlarni birini tanlab hamma oʻz bilganidek yozmasdan bir kelishimga kelib turkumlarni tartibga keltirish kerak deb oʻylayman sizlar ham oʻz fikringizni bildirsangiz. Mening fikrimcha uchinchi variantni tanlab olishimiz toʻgʻri boʻladi. Sababi bu variant hudud-joy nomlari bilan birga kelib, harakat, hodisa yoki voqeaning shu joyga taalluqli ekanligini bildiradi.   Mirzoulugʻbek |@  14:18, 3-Iyun 2024 (UTC)[javob berish]

Shunindek Vas okrugidagi aholi punktlari kabi turkumlar ko'payib ketgan "dagi" qo'shimchasi qo'shilganidan so'ng Vas okrugidagi aholi punktlar bo'lishi kerak, yoki Vas okrugi aholi punktlari boʻladi mana shu kabi har kim oʻziga maqul kelganini yozishni toʻxtatib, bir kelishimga kelaylik.   Mirzoulugʻbek |@  05:58, 21-Iyun 2024 (UTC)[javob berish]
"boʻyicha" yaxshi variant. Jamshid Nurqul (munozara) 22:04, 6-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
„Boʻyicha“ variantiga toʻliq oʻtishni qoʻllayman. Hozirda „boʻyicha“ 3,5k, „koʻra“ esa 6,2k marta qoʻllanilgan. Bizga bir xillik kerak. Nataev munozara 23:34, 6-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1. „Boʻyicha“ variantiga  Roziman. Ibrohimjon 02:08, 7-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman — „boʻyicha“ varianti menga ham maʼqul. BEKIPEDIYA [munozara] 05:08, 9-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  3. „Boʻyicha“ varianti ko'proq gaplarda qo'llashga mos kelar ekan  Roziman. Mirishkorlik (munozara) 13:30, 11-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman„Boʻyicha“ varianti maqul, shuni qoʻllasak yaxshi — Axadjon1 (munozara) 03:22, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Oʻzbekcha muqobili mavjud boʻlgan ismlar transliteratsiyasi boʻyicha yangi qoida/yoʻlkoʻrsatkich joriy qilish[manbasini tahrirlash]

Hammaga salom, hurmatli administratorlar (Abdulla, Alpasli, Amir.Temur, Artemev Nikolay, Casual, Kagansky, Laziz Baxtiyorov, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Muxriddin Azimov, Nataev, Nataeva, Panpanchik, Xusinboy Bekchanov) va faol foydalanuvchilar, oʻzbekcha Vikipediyadagi koʻplab maqolalar asosan ingliz tilidan tarjima qilinishi hech kimga sir emas. Inglizcha Vikipediyada, umuman, ingliz tilida Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika (xususan, Afgʻoniston, Eron, Pokiston, arab mamlakatlari, Sharqiy Turkiston va b.) hududlaridan chiqqan mashhur shaxslarning (siyosiy arboblar, sportchilar va b.) ismlari ingliz tili qoidalari asosida lotinlashtirilishi ham barchamizga maʼlum. Shu hududlardan chiqqan Ensiklopedik ahamiyatga ega shaxslar/mavzular haqidagi maqolalarda ingliz tilidan oʻzbekcha muqobili mavjud, oʻzbeklar uchun begona boʻlmagan ismlar ham Gʻarbga xos koʻrinishda olib oʻtilmoqda. Masalan: Mohamed Salah, Sayed Tahir Shah, Nader Joukhadar, Rabia ibn Umayya, Kader Abdolah, Hossein Zamani. Lekin agar shaxs haqida oʻzbek OAVda yoritilgan boʻlsa, ismning inlizcha emas, oʻzbekcha muqobili olinmoqda, misollar: Abdul Gʻani Barodar (inglizchasi: Abdul Ghani Baradar), Haybatulloh Oxundzoda (inglizchasi: Hibatullah Akhundzada). EAga ega shaxsning ismi, agar oʻzbekcha muqobili mavjud boʻlsa-yu, oʻzbek OAVda u haqida yoritilmagan boʻlsa ham, ismning oʻzbekcha muqobilini yozsak, bu ishimiz VP:MTT qoidalariga zid boʻlmaydi, deb hisoblayman.

Yuqoridagi fikrlar asosida bir yoʻlkoʻrsatkich yaratsak, unda bir jadval qilib ismning inglizcha (yoki boshqa biror tilda) yozilishi va uning oʻzbekcha muqobili tavsiya tarzida yozib borilsa yaxshi boʻlardi. Biror foydalanuvchida jadvalga kiritilmagan ism borasida savol tugʻilganida oʻsha qoida munozarasida yozib munozara qilishi, munozara yakuniga koʻra oʻsha ismning hammaga maʼqul boʻlgan koʻrinishi jadvalga qoʻshib qoʻyilishi mumkin boʻladi.

Quyida jadval namunasi keltiriladi:

Boshqa tillarda uchrashi Oʻzbekcha muqobili
Abdul Kader Abdulqodir
Abdolah Abdulloh
Hossein Husayn
Kader Qodir
Mohamed Muhammad
Sayed Said (kam hollarda Sayyid)

Hurmat bilan, Jamshid Nurqul (munozara) 22:16, 7-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

  • Yana bir holat, Kavkaz xalqlarida keng tarqalgan ayrim ismlar yozilishi boʻyicha ham kengashib olishimizga toʻgʻri kelarkan, masalan: Xabib Nurmagomedov (hozir maqola shunday nomlangan, yangi qoida kuchga kirsa sportchining ismini „Xabib“ emas, „Habib“ deb yozish kerak boʻladi) maqolasini „Xabib Nurmuhammadov“ deb oʻzgartirish, Magomed Nurbagandov maqolasini „Muhammad Nurbagandov“ deb oʻzgartirish xatolikdek tuyulyapti menga. Shu sababli ayrim ismlarga, ayniqsa avvaldan (SSSR davrida) transliteratsiya qilinmagan, aslicha yoki rus tilidan kirib kelganidek yozilgan ismlar roʻyxatini ham yigʻish kerak boʻlarkan. Rus tilida yozilishi Гамзатов shaklida boʻlgan familiya bizda avvaldan Hamzatov shaklida yozib kelingan, bunday holatlarni ham hisobga olishimiz kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 23:05, 7-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
VP:MNKIga koʻra, originali lotin yozuvida yoziladigan ismlarni ayni damda oʻzidek yozamiz. Siz taklif qilayotgan qoida yaxshi, ammo originali lotin yozuvida boʻlgan ismlarini yozish boʻyicha qoidamizga zid. Masalan, London meri en:Sadiq Khan. Uning ism-sharifini siz taklif qilgandek Sodiq Xon oʻlaroq yozamizmi, VP:MNKI boʻyicha Sadiq Khan? Qachondir 2023-yil kelishilganidek ismlarni toʻliq transliteratsiya qilishga oʻtsak, bu muammolar qisman yechim topadi. Ungacha mana shunaqa boʻtqa boʻladi. Nataev munozara 18:36, 9-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Bu taklif originali arab va kirill alifbosida yoziladigan ismlar uchun. Originali lotin yozuvida yoziladigan ismlar uchun VP:MNKIga tayanaveramiz. Jamshid Nurqul (munozara) 18:15, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1. Ushbu qoida Oʻzbekcha Vikipediya uchun yuqori darajada dolzarbligi sabab  Roziman Mirishkorlik (munozara) 16:44, 8-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  2.  RozimanBEKIPEDIYA [munozara] 05:17, 9-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. Xuddi shu qoidaning bir qismi sifatida yoki alohida qoida sifatida Eron, Afgʻoniston kabi mamlakatlardagi joy nomlarining oʻzbekcha transliteratsiyasi boʻyicha qoida kiritish kerak. Masalan, Kazemabad (Kerman) shahri haqidagi maqolada inglizcha nom toʻgʻridan-toʻgʻri olingan. Lekin forscha transliteratsiyasi qoidasini oʻzbekchaga moslashtirib, shu maqolani Kozimobod (Kirmon) shaklida yozilsa, ham tushunarli, ham toʻgʻri boʻladi, deb oʻylayman. Yoki Kobuldagi mana bu Chār Qala mahallasi haqidagi maqola. Bu yerda Char emas, Chor (forschadan toʻrt deb tarjima qilinadi), Qala emas, qalʼa deb yozish va maqolani Chor qalʼa shaklida nomlash toʻgʻri boʻladi. Fikrim fors tilidagi unlilar boʻyicha transliteratsiya qoidasini ham yuqoridagi jadvalga ilova qilish yoki alohida jadval koʻrinishda chiqarish kerak. Janob Mirzaolim (munozara) 06:11, 9-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman Humoyun Qodirov (munozara) 17:45, 9-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman   Mirzoulugʻbek |@  13:35, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman Ibrohimjon 13:45, 10-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman - Zarifboyev (munozara) 03:13, 13-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Baʼzi paytlarda maqolalarni oʻchirish tartibini biroz keskinlashtirish toʻgʻrisida[manbasini tahrirlash]

Hammaga salom, sir emaski 2022-yil 20-may kuni boshlangan marafonning uchinchi mavsumi hanuz davom etyapti. Bu vaqt oraligʻida oʻzbekcha Vikipediyaga yozilgan maqolalarning aksari avtomat tarjima uskunasi yordamida kiritilgan va ularning koʻpi oʻnglab boʻlmas holatdadir. Hozirgi faollarimiz soni kam boʻlgani uchun 2022-yildan buyon yaratilgan maqolalarni bitta-bittalab koʻrib chiqish, xatolarini tuzatib chiqish imkonsizligi ustiga marafonning yangi fasllar bilan davom etishi mavjud mushkulimizni karrasiga oshiradi. 2024-yilning 24–30-iyun kunlari boʻlib oʻtgan „Weekie Hogwarts II“ oromgohida sifat emas, yaqqol son uchun ishlandi. Shu 2024-yilda Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yana ikkita vikioromgoh rejalangan, ularda ham bir kunda minglagan maqola yozilishi, mavjud avtomat tarjima maqolalar kolleksiyamizni yanada boyitishi kutiladigan gap (tashkilotchilar sifatga ishlashni vaʼda berishayotgan boʻlsa ham). Shu faktorlarni, oʻzbekcha Vikipediyaning kelib qolgan manzilini hisobga olgan holda quyidagi takliflarni bildiraman:

1. 2022–2023-yilgi vikimarafon/vikioromgohlar davomida va 2024-yilning iyul oyigacha oʻnglab boʻlmas avtomat tarjima maqolalar yaratgan foydalanuvchilarning hissasini yoppasiga oʻchirish;

2. 2024-yilgi marafon/vikioromgohlar davomida kiritilajak maqolalarning sifatiga qattiqroq qarash va oʻnglab boʻlmas avtomat tarjima maqolalar yaratgan foydalanuvchilarning hissasini yoppasiga oʻchirish;

3. Kuniga 1000 ta va undan ortiq maqola kiritiladigan noodatiy kunlarda maqolalarni oʻchirish tartibini keskinlashtirish va oʻnglab boʻlmas avtomat tarjima maqolalar yaratgan foydalanuvchilarning hissasini yoppasiga oʻchirish.

Balki yuqoridagi uchta band bir-biriga oʻxshash tuyulayotgandir, „bularni bitta band bilan qisqaroq yozish mumkin edi“, deyishingiz mumkin. Lekin har qanday qoidadan „lazeyka“ (tuynuk, „fortochka“) topa oladiganlar uchun imkon boricha yoʻllarni yopish maqsadida shunday qilindi.
Hurmat bilan: Jamshid Nurqul (munozara) 17:22, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Oromgohlar qachon boshlanib qachon tugashi haqida maʼlumotga egamiz, shu sababdan ayana shu davrda yaratilgan maqolalarni maʼlum turkumga avtomatik tarzda qoʻshib keta olamizmi? Keyinchalik qolib ketgan maqolalarni ham patrullash anchagina osonlik bilan boʻlar edi. MrShaxas #Munozaracha 20:47, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Oromgoh davrida yaratilgan maqolalarni alohida turkumga olish imkonsiz. Sababi oromgoh davrida oromgohdan tashqarida turib ham maqola kirituvchi foydalanuvchilar boʻladi. Lekin oromgohda ishtirok etgan foydalanuvchilarning oʻzlarini alohida turkumga qoʻshish mumkin, bu ish avvalgi oromgohlarda amalga oshirilgan. Jamshid Nurqul (munozara) 22:17, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
++. Turkumga qoʻshilgan foydalanuvchilarning hissalari orqali AT maqolalarni topish osonroq boʻladi Hasan Xamidovich (munozara) 20:40, 15-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Nataev, Kagansky, Artemev Nikolay, Laziz Baxtiyorov, Jamshid Nurkulov (Mirzoulug'bek aka, sizni teg qilolmadim.) Men Muhammadxon Yusupov, WikiStipendiya loyihasi menejeriman. "WikiStipendiya" marafoni uchinchi bosqichi (may-noyabr oylarida bo'lib o'tadi) doirasida haqiqatan ham uchta oromgoh rejalashtirilgan va ulardan birinchisi bo'lmish "WeekieHogwarts II" oromgohida juda katta salmoqda maqolalar kiritildi. Ulardan aksarini qisqa maqolalar tashkil qilishi ham bor gap. Ammo keyingi oromgohlarda ham shu masshtabda maqolalar kiritilishi, sifat sonning qurboniga aylanishi mumkinligi haqidagi fikrlar mutlaqo asossiz. Bundan tashkiliy jamoa ham manfaatdor emas: juda qisqa muddat ichida sonning bu qadar yuqorilashi maqolalar sifatiga shubha uyg'oatadi va bu loyiha imijiga yomon ta'sir qiladi. Buni jamoatchilik ham salbiy qarshilashi turgan gap. Shuni ko'ra-bila turib yana qisqa maqolalar yoziladigan ikkita oromgoh uyushtirish va unga ko'p pul sarf qilish "o'zi o'tirgan shoxni arralash"ga o'xshaydi. Biz undaylardan emasmiz.
Men va’da berganimdek keyingi ikki oromgohda nisbatan kattaroq, manbalari nufuzli, turkumlangan, bilgiqutilari saranjomlangan maqolalar kiritish va ayni shunday maqolalar kiritishni rag’batlantirish maqsad qilingan. Endigi oromgohlarda teranlik ko’rsatkichi, tahrirlar soni, faol foydalanuvchilar soni, maqolalar hajmi va mavzusining xilma-xilligi kabi ko’rsatkichlar uchun harakat qilinadi.
Yuqorida o’zbekcha vikipediyadagi qisqa maqolalarni o’chirishga asosiy sabablardan biri sifatida keltirilgan «Keyingi oromgohlarda ham songa urg’u berilishi va sifatga e’tibor bermaslik» haqidagi iddao asossiz ekan, maqolalarni yoppasiga o’chirishni ham to’g’ri qaror deb hisoblamayman.
WikiStipendiya marafoni o’zbekcha vikipediyani ham son, ham sifat jihatidan o’sishi, rivojlanishi tarafdori. Bulardan biriga ikkinchisini toptash evaziga erishilishiga yo’l qo’yilmaydi. MYDesigner (munozara) 13:03, 16-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Agar maqolalar sifatli yozilishiga ishonar ekansiz, unda bu taklif natijalaridan xavotir olmasangiz ham boʻladi. Bu yerda sifatli maqolalar oʻchirilishi toʻgʻrisida gap ketmayapti. Taklifga qarshilik oʻz soʻzlaringizni inkor qilishingizni bildirishi mumkin. Ushbu taklifga qiziqish bildirganingiz uchun rahmat. Jamshid Nurqul (munozara) 15:56, 16-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1. Batafsil va o'rinli taklif. Men  Roziman. --Hasan Xamidovich (munozara) 18:44, 12-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

  1. Yuqorida keltirgan fikrlarimga ko'ra  Qarshiman. — MYDesigner (munozara) 13:05, 16-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

„Qumloq“ soʻzini „Qoralama“ga oʻzgartirish[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum. Barcha soʻzlarning ham ingliz tilidan tarjima qilingan versiyasi yaxshi boʻlavermaydi. Unga nisbatan alternativ sinonimlar topish kerak. Qumloq balki sandbox uchun shakl jihatdan yaqin tarjimadir, ammo qoralama tarjimasi bajariladigan funksiyalar jihatidan ushbu qismga mos keladi va qoralama deganda yangi kelgan foydalanuvchilarning ham xayoliga birdaniga tajribalar oʻtkazadigan maydon keladi.

Bu taklifga befarq boʻlmaysiz degan umiddaman. Hurmat bilan, Hasan Xamidovich (munozara) 09:00, 16-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Inglizcha Vikipediyada draft tushunchasi ham mavjud. Hali yetarlicha tajribaga ega boʻlmagan foydalanuvchilarning maqolalari draft oʻlaroq chop etiladi va asosiy fazoda koʻrinmaydi. Draft bizdagi qoralamaga mos kelishini hisobga olgan holda bu taklifni maʼqul deb hisoblamayman. Garchi ayni vaqtda oʻzvekcha Vikipediyada Qoralama tushunchasi boʻlmasa ham kun kelib yangi foydalanuvchilarga cheklov qpyish uchun bu atama Vikipediyaga kiritiladi. PanPanChik #yozish 10:24, 16-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
"Qumloq" oʻzi xato tarjima boʻlishi mumkin. Vikilugʻatga koʻra, песочница "qumloq" emas, "qumdon" boʻladi. Ruwikidagi kabi, "sandbox" soʻzini "qoralama" oʻlaroq olib, "draft" nomfazosini (yaratiladigan boʻlsa) esa "inkubator" oʻlaroq olish mumkin. Nataev munozara 02:32, 17-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]
Aynan. Ruwikida ham "qoralama" shaklida olingan. Hasan Xamidovich (munozara) 19:00, 17-Iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]