Vikipediya:Imzo
Munozara sahifalarida oʻzingizning imzongizni qoldirishni unutmang. Bu boshqa foydalanuvchilarga ular kim bilan suhbatlashayotganliklari, xabar qachon qoldirilganligi haqida maʼlumot beradi.
Imzo qanday qoʻyiladi[manbasini tahrirlash]
Xabar yozib boʻlganingizdan keyin, uni saqlashdan avval xabar oxiriga til'da belgilarini (~) qoʻying. Toʻrtta til'da belgisi (~~~~) foydalanuvchi ismi, uning foydalanuvchi sahifasiga ishorat va xabar yozilgan sanaga aylanadi. Uchta til'da (~~~) esa xuddi shi imzoning oʻzidir, lekin unda sana koʻrsatilmaydi. Beshta til'da (~~~~~) bilan siz faqatgina sanani koʻrsatuvchi (yaʼni, foydalanuvchi ismisiz) imzo qoldirishingiz mumkin. Yoki tahrir oynasida tepasidagi "Imzo va vaqt" () tugmasini bosishingiz mumkin.
Bunday yozasiz | Bunday saqlanadi | Bunday koʻrinadi |
---|---|---|
~~~
|
[[Foydalanuvchi:Misol|Misol]]
|
Misol |
~~~~
|
[[Foydalanuvchi:Misol|Misol]] 03:26, 4 Iyul 2022 (UTC)
|
Misol 03:26, 4 Iyul 2022 (UTC) |
~~~~~
|
03:26, 4 Iyul 2022 (UTC)
|
03:26, 4 Iyul 2022 (UTC) |
Dilmurod[manbasini tahrirlash]
Agar biror xabarni yozgan shaxs imzo qoldirmagan boʻlsa, tegishli sahifa tarixi ochilib, uni kim yozganligini aniqlasa boʻladi. Boshqalar ham tarixni ochib ovora boʻlmasin desangiz, {{unsigned}} andozasi orqali imzo yozib qoʻyishingiz mumkin.
Imzo qayerda qoʻyiladi[manbasini tahrirlash]
Imzoni asosiy maqolalarda qoʻyish mumkin emas. U faqat muloqot uchun ishlatiladi, demak imzoni munozara (jumladan, maqola munozarasi, foydalanuvchi munozarasi, vikipediya munozarasi va hk) sahifalarida qoʻyish kerak.