Foydalanuvchi munozarasi:Janob Mirzaolim

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Janob Mirzaolim!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 11:35, 7-Aprel 2023 (UTC) Assalomu alaykum wikipediyaga xush kelibsiz--Ifora21 (munozara) 21:37, 17-May 2023 (UTC) Vaalaykum assalom, rahmat. Xush koʻrdik[javob berish]

Kvars AJ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi[manbasini tahrirlash]

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Siz yaratgan Kvars AJ nomli sahifa bizning siyosatimizga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlarining „U11: Mualliflik huquqlarining yaqqol buzilishi“ bandiga binoan oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirmaslik lozim, deb hisoblasangiz, bu haqda uning munozara sahifasida tayinli sabab(lar) keltirgan holda bayon eting.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Laziz Baxtiyorov (munozara) 17:28, 14-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

assalomu alaykum--Nazokat N (munozara) 15:09, 31-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Maqola nomlari[manbasini tahrirlash]

Hormang! "Oʻzbekiston milliy banki" atamasida "milliy" soʻzi kichik harf bilan yoziladi. Sizam barcha bank haqidagi maqolalarni qayta nomlab chiqing. Daniya Milliy banki >>> Daniya milliy banki; Janubiy Afrika Zaxira banki >>> Janubiy Afrika zaxira banki. Va h. Nataev munozara 13:41, 18-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Salomat boʻling. Bildirgan fikringiz uchun rahmat. Lekin fikringiz notoʻgʻri. Chunki yuqorida siz sanab oʻtgan tashkilotlar Markaziy banklar hisoblanadi. Amaldagi imlo qoidalari 71-bandi 2-xat boshisiga koʻra, „Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi birinchi soʻzgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning oʻrinbosari, Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi“.
Imlo qoidalarida berilgan misolga eʼtibor bering – Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nomida ham Markaziy soʻzi bosh harf bilan yozilgan.
„Oʻzbekiston milliy banki“ nomida milliy soʻzining kichik harfda yozilishi bu bankning tijorat tashkiloti ekanligi bilan bogʻliq. Agar Oʻzmilliybank ham Oʻzbekistonda bank tizimi regulyatori boʻlganda, yaʼni Markaziy bank vazifasini bajarganda, „milliy“ soʻzi bu yerda ham bosh harf bilan yozilgan boʻlar edi.
Maqolalarimga qiziqish bildirganingizdan xursandman! Janob Mirzaolim (munozara) 11:02, 19-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. XM statusi uchun nomzodlikka qoʻyilgan Vanadzor maqolasini koʻrib chiqib, mana bu sahifada o'z fikringizni bildirgan holda ovoz berish jarayonida qatnashishingizni so'rayman! Hurmat bilan, Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 14:36, 20-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Elektrik yulduzi
Hurmatli Janob Mirzaolim, gidroelektr inshootlari haqida yaratgan salmoqli maqolalaringiz uchun (hozircha 15 ta maqola) sizni ushbu yulduz bilan mukofotlayman, samarali ishlarda davom etavering. Yoqimli tahrirlar!

Jamshid Nurqul (munozara) 23:06, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

„Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligi“ yulduzi
Hurmatli Janob Mirzaolim, Vikipediyada amalga oshirayotgan salmoqli ishlaringiz uchun tashakkur aytgan holda, sizni oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yillik yubileyi bilan tabriklayman va sizga ushbu „Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligi“ esdalik yulduzini taqdim etaman. Vikipediyani rivojlantirish yoʻlida charchamang! Yoqimli tahrirlar!

Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 14:01, 22-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Forumda ishtirok eting[manbasini tahrirlash]

Salom, hurmatli foydalanuvchi! Sizni o'zbek tilidagi kishi ismlari yozilishi bo'yicha bo'lib o'tayotgan forumda o'z fikr va ovozingiz bilan ishtirok etishingizni so'rab qolaman. Munozara sahifasi bu yerda. Salazarov(gaplashuvuza?) 07:10, 8-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Joʻgʻrofiya (orden)
Aholi punktlari haqida yozgan bir nechta maqolalaringiz uchun sizga ushbu orden taqdim etiladi. Khasan azim1 (munozara) 16:45, 11-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]