Vikipediya:Forum/Takliflar
Qoidalar | Texnik savollar | Takliflar | Yangiliklar | Yordam |
Bu boʻlim qoidalar bilan bogʻliq boʻlmagan takliflar uchun moʻljallangan.
|
![]() Arxiv |
---|
|
Statusli maqola talablariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish[manbasini tahrirlash]
Oxirgi paytlarda statusga nomzod maqolalar muhokamasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Masalan, 2023-yil 24-iyun 10:58da Saparmurot Niyozov maqolasi foydalanuvchi tomonidan yaxshi maqolaga nomzod qilinadi. Oʻtgan 14 kun davomida 3ta rozi va 2ta qarshi ovoz beriladi. Administratorlar tomonidan maqoladagi kamchiliklarni tuzatish yuzasidan fikrlar bildiriladi: [1], [2]. Muallif berilgan takliflar yuzasidan maqolaga tuzatishlar kiritib talablarga mos holga keltiradi. Shu kuniyoq, muddatni uzaytirish taklifiga qaramay, munozara „Maqola oʻtgan muddat davomida yetarli darajada ovoz toʻplay olmadi. Aytib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgach, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin“ degan iddao bilan yopib qoʻyiladi. Yana bir holatda, aynan yuqoridagi foydalanuvchi bergan yana bir nomzodga 14 kun davomida birorta ovoz berilmaydi va munozara sahifasi aynan shu administrator tomonidan „yetarlicha ovoz toʻplay olmagani uchun“ yopib qoʻyiladi. Nomzod bergan foydalanuvchi esa, Yaxshi maqola talablariga „Maqola 14 kun muddatga nomzodlikka qoʻyiladi. Agar shu muddat davomida ovoz berilmasa, bu muddat yana uzaytirilishi kerak“ punktini boshqalar bilan maslahat qilmay, yozib qoʻyadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytib oʻtilgan 14 kunlik qatʼiy belgilangan muddat qoidasidan voz kechish va „Maqola 14 kun muddatga nomzodlikka qoʻyiladi. Agar shu muddat davomida yagona kelishuvga erishilmasa, bu muddat yana uzaytirilishi kerak. Shuningdek, agar nomzod maqola oʻquvchida yorqin taassurot qoldira oladigan va ushbu statusga toʻlaqonli mosligi tufayli koʻpchilikning rozilgini olgan boʻlsa, 14 kundan avvalroq muddatda administrator yoki xulosa chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanishi mumkin“ punktini kiritishni taklif qilaman. Undan tashqari, har qanday xulosaga eʼtiroz bildirish uchun „Xulosalarga eʼtiroz bildirish“ sahifasi ham yaratildi. Unda administrator yoki xulosa chiqaruvchi tomonidan berilgan xulosa muhokama qilinishi mumkin. Shu takliflarni tanlangan roʻyxat, tanlangan maqola, yaxshi maqola va xushsifat maqola talablariga kiritishni ham taklif qilaman. Umarjon Rahimov (munozara) 10:43, 22-Iyul 2023 (UTC).
AT uskunasini yopish va AT uskunasida yaratilgan axlat maqolalarni yoppasiga oʻchirish[manbasini tahrirlash]
Assalamu aleykum! Hurmatli oʻzbekcha vikipediyaning administratorlari va faol ishtirokchilari. Oʻzbekcha vikipediyadagi maqolalarni sifatini yaxshilash va teranligimizni muvozanatga keltirish uchun avtomat tarjima uskunasini oʻchirishni, avval yaratilgan va hozirda yangi foydalanuvchilar tomonidan tuzatib boʻlmas darajada yaratilayotgan maqolalarni oʻchirishni taklif qilaman. Agar bu uskunani oʻchirmasak oʻzbekcha vikipediyada sifatsiz va tushunarsiz axlat maqolar koʻpayib boraveradi. Bu esa bizni kuzatayotgan ziyoli qatlamni ham tanqidiga sabab boʻlishi mumkin. Hurmatli vikipediyani adminlari mana shu taklifimga oʻz fikringizni bildirishingizni va tez orada xulosa chiqarishingizni soʻrayman. Eʻtiboringiz uchun tashakkur! Mirzoulugʻbek |@ 19:17, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Fikrlar[manbasini tahrirlash]
2023-yil 30-oktyabr holatiga koʻra ushbu taklifga 9 kishi rozi, 1 kishi betaraf ekanini bildirgan. Hozircha ovoz berishda ishtirok etmagan rasmiyatchilar — Abdulla va Malikxan ovozlar, munozaralar natijasiga koʻra xulosa chiqarishda ishtirok etsangiz yaxshi boʻlar edi. Jamshid Nurqul (munozara) 21:05, 30-Oktyabr 2023 (UTC)
Rozilar[manbasini tahrirlash]
Roziman — Avtomat tarjima unsurlari mavjud maqolalarni yoppasiga oʻchirib yuborish va AT uskunasini oʻchirish juda ajoyib taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 19:22, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman — Alpasli (munozara) 19:35, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman — Humoyun Qodirov (munozara) 19:41, 8-Sentabr 2023 (UTC).
Roziman. Muzaffar Murodovichmusohaba 19:59, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman. — Kagansky munozara 20:20, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman. — Oxirgi vaqtlarda aynan ushbu uskuna sabab koʻplab avtomat tarjimadan iborat maqolalar yaratilmoqda. Bu esa tabiiyki, UzWikida axlat maqolalar soni oshishiga ijobiy hissa boʻlmoqda. Ushbu uskunaning oʻchirilishi yangi foydalanuvchilar sifatli tarjima borasida fikrlarini oʻzgartirishlari uchun kuchli motivatsiya boʻla oladi deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:02, 12-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman. — Ibrohimjon 11:40, 12-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman. Kundan kunga turli hil loyihalar va yaxshi ishlanayotgan PR ortidan oʻzbekcha Vikipediyada tahrirchilar soni ortib borishi bilan bir qatorda, ularning katta qismi toʻrtta tugmani bosib maqola yaratayotganlardan iborat ekanligi achinarli holat, albatta. Shunday foydalanuvchilar va AT maqolalarni sonini kamaytirish maqsadida, albatta, oʻchirilishi kerak deb oʻylayman. ANJANIY!!#suhbat 21:22, 20-Sentyabr 2023 (UTC)
Roziman — 100 %. Hilola Jurakulova (munozara) 13:13, 21-Sentyabr 2023 (UTC)
Qarshilar[manbasini tahrirlash]
Betaraflar[manbasini tahrirlash]
Bu yerda masalaning yana bir jihati bor: AT asbobini oʻchirib qoʻysak, shovvozlar matnni Google Tarjimonda tarjima qilib, soʻngra Vikipediyaga olib oʻtishlari mumkin. Bu yanada mushkul vaziyat keltirib chiqaradi, chunki yaratilgan maqolalar shunchaki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan emas, balki umuman rasmiylashtirilmagan boʻladi. Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq. Nataev munozara 21:52, 20-Sentyabr 2023 (UTC)
- AT uskunasini yopib qoʻysak Google Tarjimon yordamida mashina tarjimasini vikiga olib kiruvchilarni keskin ogohlantirish va chetlatishga maʼnan haqqimiz boʻladi, hozir foydalanuvchilarga AT imkoniyatini berib, mashina tarjimasini taqiqlashimiz biroz tushunarsiz tuyuladi yangi kelganlarga. AT uskunasining oʻchirilishi uzwiki teranligiga va maqolalar sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishiga ishonaman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:01, 20-Sentyabr 2023 (UTC)
- Tarjima asbobi aynan asbob. Undan toʻgʻri yoki notoʻgʻri foydalanish mumkin. Pichoq bilan qotillik sodir etish mumkin boʻlgani uchun uni oshxonadan yoʻq qilmaymiz-ku. "WikiStipendiya" marafonining ilk mavsumida ragʻbatalantirilgan barcha foydalanuvchilar asbodan ozmi-koʻpmi foydanlangan. Demak, niyati xolis odam ushbu asbobdan toʻgʻri foydalansa boʻladi. Nataev munozara 16:58, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum. Boʻlmasa uskunani oʻchirishni noyabrdan keyin amalga oshirish kerak. Chunki bu paytga kelib, „WikiStipendiya“ marafoni oʻz nihoyasiga yetadi va oʻzbekcha Vikipediyada kimlar yana tahrirlashni davom ettirish yoki ettirmasligi maʼlum boʻladi. Sababi maʼlum bir oylik marafoni doirasida ancha faol boʻlgan foydalanuvchilarning koʻp qismi hozirda deyarli tahrir qilmay qoʻygan. Humoyun Qodirov (munozara) 17:48, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Bu yerda pichoqni misol qilmagan boʻlardim, hozircha oshxonada pichoqning oʻrnini bosa oladigan boshqa asbob yoʻq ammo AT asbobisiz bemalol maqolalar yozish mumkin. Bu asbobni oʻchirish bilan koʻp narsa yoʻqotmaymiz. Jamshid Nurqul (munozara) 22:40, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Tarjima asbobi aynan asbob. Undan toʻgʻri yoki notoʻgʻri foydalanish mumkin. Pichoq bilan qotillik sodir etish mumkin boʻlgani uchun uni oshxonadan yoʻq qilmaymiz-ku. "WikiStipendiya" marafonining ilk mavsumida ragʻbatalantirilgan barcha foydalanuvchilar asbodan ozmi-koʻpmi foydanlangan. Demak, niyati xolis odam ushbu asbobdan toʻgʻri foydalansa boʻladi. Nataev munozara 16:58, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
Xulosa[manbasini tahrirlash]
Nofaol administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish[manbasini tahrirlash]
Oʻzbekcha Vikipediyada tahrir qilmay qoʻygan administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish siyosati hanuzgacha yoʻq va shuning uchun global qoidalarga amal qilib kelamiz. Oʻz qoidalarimizni ishlab chiqadigan vaqt keldi. Xususan, enwikida qabul qilingan qoidalar asosida quyidagi qoidani joriy qilishni taklif qilaman:
- Bir yildan oshiq vaqt mobaynida umuman tahrir qilmagan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi;
- Soʻnggi besh yil ichida 100 tadan oz tahrir qilgan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi.
Mezonlar[manbasini tahrirlash]
- Administratorlar
- 1-mezon: bir yil davomida hech qanday tahrir (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi) yoki administrator amaliyotini a bomalga oshirmagan boʻlsa
- bir oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- bir necha kun oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- 2-mezon: 5 yil davomida 100 tadan oz tahrir qilgan boʻlsa (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi)
- 3 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- 1 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- statusdan mahrum qilish protsessual jarayon ekanligi tushuntiriladi
- 1-mezon: bir yil davomida hech qanday tahrir (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi) yoki administrator amaliyotini a bomalga oshirmagan boʻlsa
- Rasmiyatchilar
- yuqoridagi siyosat rasmiyatchilarga ham tatbiq qilinadi
- foydalanuvchiga huquqlari bekor qilingani haqida xabar beriladi.
Nima deysizlar? Nataev munozara 14:40, 29-Oktyabr 2023 (UTC)
Rozilar[manbasini tahrirlash]
Roziman. Mirzoulugʻbek |@ 01:38, 3-Noyabr 2023 (UTC)
Qarshilar[manbasini tahrirlash]
Betaraflar[manbasini tahrirlash]
Izohlar[manbasini tahrirlash]
Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligiga bagʻishlangan logo[manbasini tahrirlash]

Barchaga salom! 2023-yilning 21-dekabr sanasida Oʻzbekcha Vikipediya 20 yoshga kiradi! Shu munosabat bilan, vaqtinchalik muddatga Oʻzbekcha Vikipediyada kirganingizda, yuqorida chapda joylashgan logoni rasmda koʻrsatilgan logo bilan almashtirishni taklif qilaman. Ushbu logo aynan Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligiga atab chizildi.
Hurmat bilan, Jamshid Nurqul (munozara) 22:58, 31-Oktyabr 2023 (UTC)
Izohlar[manbasini tahrirlash]
Rozilar[manbasini tahrirlash]
Roziman – Kreativlik bilan goʻzal ishlangan logo uchun muallifga tashakkur. Xumoshox Ismoilova (munozara) 04:27, 1-Noyabr 2023 (UTC)
Roziman. Goʻzal! — Kagansky munozara 12:44, 1-Noyabr 2023 (UTC)
Roziman. Umarxon III (munozara) 06:13, 8-Noyabr 2023 (UTC).
Roziman — Muzaffar Murodovichmusohaba 05:39, 17-Noyabr 2023 (UTC)
Roziman — Xoqoni Said yozish 15:55, 21-Noyabr 2023 (UTC)