Uzunchoq miya
![]() Uzunchoq miya binafsha rangda, miya ustunining qismi bo‘yalgan | |
![]() Uzunchoq miyaning tahminan o‘rta oliva tanasi sohasidagi kesmasi | |
Lotincha nomi | Medulla oblongata, myelencephalon |
---|---|
ning qismi | Miya ustuni |
Uzunchoq miya (lot. medulla oblongata) poyasimon tuzilma bo‘lib, miya ustunining bir qismini tashkil qiladi. U miyachadan oldinda va qisman pastda joylashgan. U neyronlarning konus shaklidagi massasi bo‘lib, qusishdan aksirishgacha bo‘lgan avtonomik (ixtiyorga bog‘liq bo‘lmagan) funksiyalarga javobgar. Uzunchoq miya yurak, nafas, qusish va vazomotor markazlarni saqlaydi va shunday qilib nafas olish, puls va qon bosimining avtonomik funksiyalaida, shuningdek, uyqu-uyg‘onish siklida ishtirok etadi.
Embrional rivojlanish davrida uzunchoq miya miyelensefalon (lot. myelencephalon)dan rivojlanadi. Miyelensefalon ikkilamchi pufakcha bo‘lib, rombensefalon yoki ortki miyaning yetilishi davomida shakllanadi.
Bulb (piyoz) uzunchoq miya uchun ishlatilgan qadimgi termin va zamonaviy klinik terminologiyada ishlatiluvchi bulbar so‘zi (masalan bulbar falaj) uzunchoq miyaga qaratilgan va qisman tibbiy holatni bildiradi. Bulbar so‘zi uzunchoq miyaga bog‘langan nervlar va traktlarni, shuningdek shular orqali innervatsiyalangan muskullarni, masalan til, halqum va hiqildoq muskullarini bildirishi mumkin.
Anatomiyasi[tahrir]

Uzunchoq miya ikki qismdan iborat deb hisoblash mumkin:
- Yuqorigi ochiq qismida orqa yuzasi to‘rtinchi qorinchadan tashkil topgan.
- Pastki yopiq qismida to‘rtinchi qorincha uzunchoq miya oxiridagi obeksda torayadi va markaziy kanal qismini o‘rab oladi.
Tashqi yuzalari[tahrir]
oldingi o‘rta tirqish yumshoq parda bukilmalarini saqlaydi va uzunchoq miya bo‘ylab kengayib boradi. U miya ko‘prigining pastki qirg‘og‘idagi ko‘r teshik deb ataluvchi kichik uchburchak sohada tugaydi. Bu tirqishning ikkala tomonidagi ko‘tarilgan sohalar uzunchoq miya piramidalari deb ataladi. Piramidalar piramidal traktlarni saqlaydi – nerv sistemasining kortikospinal va kortikobulbar traktlari. Uzunchoq miyaning dum (pastki) qismida bu traktlar kesishadi, natijada bu nuqtada tirqish ko‘rinmay qoladi va decussatio pyramidum deb ataladi. Ba’zi boshqa tolalar oldingi o‘rta tirqishning decussatio pyramidumdan yuqorisidagi qismlaridan chiqadi va miya ko‘prigining yuzasi bo‘ylab lateral yo‘naladi va oldingi tashqi arkasimon tolalar deb ataladi.
Uzunchoq miyaning yuqori qismida oldingi lateral va orqa lateral egatlari orasidagi sohada juft bo‘rtmalar bo‘lib Oliva tanalari (shuningdek olivalar) deb ataladi. Ular oliva tanalarining eng yirik yadrolari, pastki oliva yadrolaridan hosil bo‘ladi.
Uzunchoq miyaning orqa o‘rta egat va orqa lateral egati orasidagi orqa qismi orqa miyaning orqa tutamidan kiruvchi traktlarni saqlaydi. Bular o‘rta chiziqqa medial yotuvchi nozik tutam va lateral yotuvchi ponasimon tutamlar. Bu tutamlar nozik va ponasimon bo‘rtmalar deb ataluvchi aylanasimon tepaliklarda tugaydi. Ular nozik yadro va ponasimon yadro deb ataluvchi kulrang modda massalaridan hosil bo‘lgan. Bu yadrolarning somasi (hujayra tanalari) orqa ustun-medial lemnisk yo‘lining ikkinchi tartibli neyronlaridir va ularning ichki arkasimon tolalar yoki tutamlar deb ataluvchi aksonlari uzunchoq miyaning bir tomonidan ikkinchisiga o‘tadi va medial lemniskni hosil qiladi.
Bo‘rtmalarning shundoqqina tepasida, uzunchoq miyaning tomoni uchburchak chuqurcha tomonidan egallangan va u to‘rtinchi qorinchaning polining pastki qismini hosil qiladi. Chuqurcha ikkala tomondan uzunchoq miyani miyacha bilan bog‘lovchi pastki miyacha oyoqchalari bilan o‘ralgan.
Uzunchoq miyaning pastki qismi, nozik tutamning shundoqqina lateral tomonida boshqa bo‘ylama bo‘rtma bor va tuberculum cinereum deb atalado. U ostidagi orqa miya uch shoxli nerv yadrosi deb ataluvchi kulrang modda to‘plamidan hosil bo‘lgan. Bu yadroning kulrang moddasi uch shoxli nervning spinal traktini hosil qiluvchi nerv tolalari qavati bilan o‘ralgan.
Uzunchoq miyaning asosi orqa miyaning ipsilateral tomonidan miya ustunining kontralateral tomoniga kesishuvchi kommissural tolalar bilan belgilanadi; bundan pasti orqa miya.
Qon bilan ta’minlanishi[tahrir]
Uzunchoq miyaga qon bir qancha arteriyalardan keladi.
- Oldingi spinal arteriya: Bu uzunchoq miyaning butun o‘rta qismini ta’minlaydi.
- Orqa pastki miyacha arteriyasi: Bu umurtqa arteriyasining asosiy tarmog‘I va uzunchoq miyaning sensor traktlar o‘tuvchi va sinaps hosil qiluvchi orqa lateral qismini ta’minlaydi. U shuningdek miyachani ham ta’minlaydi.
- Umurtqa arteriyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqlari: umurtqa arteriyasi bosh ikki asosiy arteriya orasidagi sohani, solitar yadro va boshqa sensor yadro va tolalar kiradi, qon bilan ta’minlaydi.
Rivojlanishi[tahrir]
Uzunchoq miya homila rivojlanishida miyelensefalondan shakllanadi. Uzunchoq miyaning yakuniy ajralishi homiladorlikning 20-haftasida ko‘rinadi.[1]Andoza:Full citation needed
Nerv naychasi qanotsimon plastinkasining neyroblastlari shu bosqichda uzunchoq miyaning sezgi yadrolarini hosil qiladi. bazal plastinka neyroblastlari harakat yadrolarini hosil qiladi.
- Qanotsimon plastinka neyroblastlari quyidagilarni hosil qiladi:
- Solitar yadro, ta’m bilish uchun umumiy visseral afferent tolalar, shuningdek maxsus visseral afferent ustunni saqlaydi.
- Spinal uch shoxli nerv yadrolari, umumiy somatik afferent ustun tutadi.
- Koxlear va vestibulyar yadrolar, maxsus somatik afferent ustun tutadi.
- Pastki oliva yadrosi, miyacha bilan bog‘langan.
- Orqa ustun yadrolari, nozik va ponasimon yadrolar tutadi.
- Bazal plastinka neyroblastlari quyidagilarni hosil qiladi:
- Tilosti nervi yadrosi, umumiy somatik efferent tolalar tutadi.
- Ikki turdagi yadro (lot. nucleus ambiguus), maxsus visseral efferent tolalarni hosil qiladi.
- Adashgan nerv orqa yadrosi va pastki so‘lak ajratuvchi yadro, ikkovi ham umumiy visseral efferent tolalarni hosil qiladi.
Funksiyasi[tahrir]
Uzunchoq miya miyaning yuqori qavatlarini orqa miya bilan bog‘laydi va avtonom nerv sistemasining quyidagi bir qancha funksiyalari uchun javobgar:
- Ventilyatsiya boshqariluvi, karotid va aortik tanalardan keluvchi signallar orqali. Nafas olish xemoretseptorlar guruhi orqali boshqariladi. Bu sensorlar qonning kislotaliligidagi o‘zgarishlarni sezadi; agar, masalan, qonning kislotaliligi oshib ketsa, uzunchoq miya qovurg‘alararo va diafragma muskul to‘qimalariga elektr signallarini yuborib, ularning qisqarish tezligini va qonning oksigenatsiyasini oshiradi. Ventral respirator guruh va dorsal respirator guruh neyronlari bu boshqaruvda qatnashadi. pre-Bötzinger kompleksi uzunchoq miyaning respirator funksiyasida qatnashuvchi interneyronlar klasteridir.
- Yurak-qon tomir markazi – simpatik, parasimpatik nerv sistemasi
- Vazomotor markaz – baroretseptorlar
- Qusish, yo‘tal, aksirish va yutish refleks markazlari. Bu reflekslar halqum refleksi, yutish refleksi (tanglay refleksi deb ham ataladi) va chaynash refleksini o‘z ichiga oladi va birgalikda bulbar reflekslar deb ataladi.[2]
Klinik ahamiyati[tahrir]
Qon tomir bloki (masalan insult) piramidal trakt, medial lemnisk va tilosti nervi yadrosini jarohatlaydi. Bu medial medullyar sindrom deb ataluvchi sindromga sabab bo‘ladi.
Lateral medullyar sindrom pastki miyacha arteriyasi yoki umurtqa arteriyalari bloki natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Rivojlanib boruvchi bulbar falaj bulbar muskullarni ta’minlovchi nervlar zararlanishi bilan kechuvchi kasallik. Go‘daklar rivojlanib boruvchi bulbar falaji bolalarda uchrovchi rivojlanib boradigan bulbar falaj.
Boshqa hayvonlarda[tahrir]
Minoga va miksinalarda to‘liq rivojlangan uzunchoq miya mavjud.[3][4] Ularning ikkovi ham dastlabki agnatanlarga o‘xshash bo‘lgani uchun, uzunchoq miya shu dastlabki baliqlarda, tahminan 505 million yillar oldin paydo bo‘lgan deb tahmin qilinadi.[5] Uzunchoq miyaning birlamchi sudralib yuruvchilar miyasining qismi sifatidagi statusi zamonaviy sudralib yuruvchilar, timsoh, alligator va echkemarlarda noproporsionalligi orqali isbotlanadi.
Qo‘shimcha suratlar[tahrir]
Uzunchoq miya ochiq qismi orqa sohasining mikrografasi. To‘rtinchi qorincha (yuqorida) va XII BMN (medial) va X BMN (lateral) yadrolari ko‘rsatilgan. H&E-LFB bo‘yalish.
Foydalanilgan adabiyotlar[tahrir]
- ↑ Carlson, Neil R. Foundations of Behavioral Neuroscience.63-65
- ↑ Hughes, T. (2003). "Neurology of swallowing and oral feeding disorders: Assessment and management". Journal of Neurology, Neurosurgery & Psychiatry 74 (90003): 48iii. doi:10.1136/jnnp.74.suppl_3.iii48. PMID 12933914. PMC 1765635. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1765635. [1]
- ↑ Nishizawa H, Kishida R, Kadota T, Goris RC; Kishida, Reiji; Kadota, Tetsuo; Goris, Richard C. (1988). "Somatotopic organization of the primary sensory trigeminal neurons in the hagfish, Eptatretus burgeri". J Comp Neurol 267 (2): 281–95. doi:10.1002/cne.902670210. PMID 3343402.
- ↑ Rovainen CM (1985). "Respiratory bursts at the midline of the rostral medulla of the lamprey". J Comp Physiol A 157 (3): 303–9.. doi:10.1007/BF00618120. PMID 3837091.
- ↑ Haycock, Being and Perceiving
- Haycock DE (2011). Being and Perceiving. Manupod Press. ISBN 978-0-9569621-0-2.
Tashqi havolalar[tahrir]
![]() |
Vikiomborda Uzunchoq miya haqida turkum mavjud |
|
|
}}