Uch shoxli nerv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uch shoxli nerv — bosh miya nervlarining V jufti. Varoliy koʻprigi bilan miyachaning oʻrta oyogʻi oraligʻida joylashgan (qarang Bosh miya). Sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ nerv tolalaridan iborat. Uch shoxli nervn.ning sezuvchi tolalari uch tarmoqqa boʻlinadi. 1shoxi yuzning peshona qismini, boshning oldingi sochli qismini, yuqori qovoqni va burunning tepa qismidagi terini, 2shoxi chakka, burun, yuqori labning shilliq qavatlarini, yuqori jagʻdagi tishlar va milklarni, 3shoxi pastki jagʻ kanali boʻylab yoʻnalib, pastki lab, lunj, engak, tilning shilliq qavatlarini, pastki jagʻ tishlarini va milklarini innervatsiya qiladi. Uch shoxli nervn.ning harakatlantiruvchi tolalari Varoliy koʻprigida joylashgan harakatlantiruvchi yadro hujayralaridan boshlanadi. Harakatlantiruvchi nerv tolalar chakka, chaynov muskullarini innervatsiyalaydi. Uch shoxli nervn.ning koʻp uchraydigan kasalliklaridan nevralgiya kuchli ogʻriq bilan kechadi.