Aksirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Aksirish, tushkirish – organizmning himoya reaksiyalaridan biri. Yot jismlar (chang, shilliq modda, achchiq, qoʻlansa islar va boshqalar) burun boʻshligʻidagi shilliq qavatning nerv hujayralariga ta’sir etishi natijasida A. sodir boʻladi. Ta’sirlovchilar uch tarmoqpi nervning burun boʻshligʻida joylashgan sezuvchi nerv oxirlariga ta’sir etadi. Bunga javoban kishi reflektor tarzda chuqur nafas oladi. Soʻngra yumshoq tanglay koʻtarilib, bu-running ichki teshigini berkitadi, natijada koʻkrak boʻshligʻida bosim oshib ketadi. Shundan keyin burunning ichki teshigi birdan ochilib, toʻplanib qolgan havo burun orqali chiqib ketadi. Shilliq qavatni ta’sirlab turgan yot modda ham havo bilan chiqadi. A. ba’zi kasalliklar (mas, gripp, tumov va boshqalar)ning boshlangʻich bel-gisi boʻlishi ham mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil