Umar Mirzo (Temuriy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umar Mirzo
forscha: عمر ميرزا
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1383
Xuroson
Vafoti 1407
Xuroson
Onasi Xonika Begim
Otasi Mironshoh
Dini Islom
Mansubligi Temuriylar

Umar Mirzo (13831407) – temuriylar oilasidan boʻlgan shahzoda, Mironshohning ikkinchi oʻgʻli va Amir Temurning nabirasi[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umar Mirzo Mironshohning ikkinchi oʻgʻli. 1383-yilda tugʻilgan, onasi Chigʻatoy ulusi hukmdori Suyurgʻatmishxonning qizi Oʻrin Sulton Xanika edi.

1398-yilda Amir Temur Hindistonga yurish qilishidan avval uni Samarqandga hukmdor etib tayinlaydi. Bobosi yurishdan qaytgach, u bilan uchrashgan odamlar orasida boʻlib, uning hukmronligi haqida soʻraydi.

1404-yil bahorida u bobosidan Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Eron va Iroqning bir qismini oʻz ichiga olgan davlatning gʻarbiy qismini oladi. Temur oʻz qoʻl ostidagi yerlarni ishonib topshirib, oʻzining bir qancha yaqin amirlarini unga qoʻshib yuboradi[2].

1405-yil 18-fevralda Amir Temur vafotidan keyin imperiyada ichki nizolar boshlandi, unga Umar Mirzo ham qoʻshiladi va uning buyrugʻi bilan Sultoniya qalʼasiga qamalgan katta akasi Abu Bakr Mirzoni hibsga oldi. Ularning onasi bundan xabar topgach oʻgʻillarini yarashtirishga harakat qiladi[3].

Abu Bakr Mirzo zindondan qochib qutulgach otasi bilan birga Umar mirzoga qarshi muvaffaqiyatli urush boshlagan, Sultoniyani egallagan. Keyinchalik koʻplab amirlar va lashkarboshilar Abu Bakr tarafiga oʻtadi. Umar Mirzo qoʻshinlari bilan Tabrizga boradi, u yerda soliq yigʻishda oʻzboshimchalik bilan shugʻullangan Umar Mirzo amaldorlariga qarshi qoʻzgʻolon boshlanadi. Umar Mirzo Abu Bakr qoʻshinlarining yaqinlashib kelayotganidan xabar topib, Marogʻaga chekindi.

1406-yil bahorida u amakivachchalari Rustam mirzo, Pir Muhammad Mirzo va Iskandar Sulton Mirzo bilan ittifoq tuzib, Abu Bakrga qarshi yurish qiladi biroq ularning qoʻshinlari Abu Bakr qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchradi. Jangda magʻlubiyatga uchragach, Umar Mirzo oʻz ittifoqdoshlarini tashlab, Xurosondagi amakisi Shohruh huzuriga boradi. Umar Mirzoni amakisi yuksak hurmat bilan qabul qilib, Goʻrgʻon va Damgʻonga hukmdor etib tayinlaydi.

1407-yil bahorida unga qarshi yurish qilgan Shohruxga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi. Ikki qoʻshin jangga saf tortdilar, ammo Umar Mirzoning butun qoʻshini Shohruh tarafiga oʻtgani uchun jang boʻlmadi. Umar mirzo sahroga qochib, oʻsha yerda asirga tushib, ogʻir yarador boʻlib, Shohruh huzuriga keltiriladi. Shifokorlar yordamiga qaramay, Hirotga olib ketilayotganda vafot etadi[4][5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Turg`un Fayziyev. Temuriylar shajarasi. Xazina, 1995 — 184 bet. 24-sentabr 2023-yilda qaraldi. 
  2. „Книга побед амира Тимура“. 2019-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
  3. Клавихо Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура
  4. Бартольд В.В. „Улугбек и его время.“. III. Детство Улугбека. 2020-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-mart.
  5. Фасих Хавафи Фасихов свод