Abu Bakr Mirzo (Temuriy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Bakr Mirzo
forscha: ابوبکر میرزا
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1382
Vafoti 1409
Seyiston
Bolalari Ilongir Mirzo, Usmon Jodiy
Onasi Xonika Begim
Otasi Mironshoh
Dini Islom
Mansubligi Temuriylar
Janglari Anqara jangi

Abu Bakr Mirzo (13821409) – temuriylar sulolasidan boʻlgan shahzoda, Mironshohning toʻngʻich oʻgʻli va Amir Temurning nabirasi[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Bakr Mirzo Mironshohning toʻngʻich oʻgʻli va Amir Temurning toʻngʻich nevaralaridan biri. 1382-yilda tugʻilgan. Onasi Chigʻatoy ulusi hukmdori Suyurgʻatmishxonning qizi Oʻrin Sulton Xonika Begim. 1389-yilda Abu Bakr Mirzo amir hoji Sayfiddin Barlosning qiziga unashtirilgan. 1392-yilda Samarqandda amir hoji Sayfiddin Barlosning qizi bilan oila qurgan.

Abu Bakr Mirzo 1400-yil kuzida Mamluklar sultonligi bilan urush paytida Halab va Hamoni egallashda qatnashdi. Usmonli imperiyasi bilan urush paytida u otasi va bobosi qoʻshinlarining yordamiga qaramay, oʻjarlik bilan serb jangchilariga birinchi boʻlib hujum qilgan. Oʻng qanotning avangardiga qoʻmondonlik qilgan, Anqara jangida qatnashgan. Serb-usmonli qoʻshini ustidan gʻalaba qozonib, Sulton Boyazidning oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni taʼqib qilgan. Iznik shahrini egallab, boy oʻlja bilan bobosining oldiga qaytib kelgan[2].

1403-yilda taxt vorisi vafotidan keyin Muhammad Sulton Bagʻdod hukmdori boʻldi. Oʻsha yili u Qoraqoʻyunlular boshligʻi Qora Yusufni magʻlub etdi, uning ukasi Qora Ali jangda halok boʻldi va Qora Yusufning barcha mollari gʻoliblar tomon oʻtdi. Gʻalabadan soʻng Abu Bakr 1401-yilda vayron boʻlgan Bagʻdodni va Iroqning iqtisodiy holatini tiklashga kirishib, Qora Yusuf bosqinlari chogʻida vayron boʻlgan hududni tiklashga harakat qildi.

1405-yilda bobosi vafotidan soʻng, u xutba oʻqitib, otasining nomi yozilgan tangalar zarb qilgan. Samarqand taxtini egallagan Xalil Sultonning taklifiga binoan u otasi bilan Samarqandga keladi. Bir muddat Samarqandda yashagan. Keyinchalik ukasi Umar Mirzo isyon koʻtaradi[3].

Abu Bakr otasining oldiga qaytib keladi va ukasi Umar Mirzoga qarshi urush boshladi, Umar va uning tarafdorlariga tegishli bir qancha qal’alarni egallaydi.

1406-yil aprelda amakivachchalari Rustam Mirzo, Pir Muhammad Mirzo va Iskandar Sulton Mirzo Umar Mirzo bilan ittifoq tuzib, unga qarshi urush boshladilar, ammo Abu Bakr qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi.

1408-yil aprelda u otasi bilan birgalikda Qora Yusufga qarshi yurish qildi, ammo ularning qoʻshini magʻlubiyatga uchradi va Miranshoh jangda vafot etdi. Abu Bakr Kirmonga chekinadi. Seyistonda vafot etadi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Turg`un Fayziyev. Temuriylar shajarasi. Xazina, 1995 — 184 bet. 24-sentabr 2023-yilda qaraldi. 
  2. „Книга побед амира Тимура“. 2019-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
  3. Клавихо Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура
  4. Фасих Хавафи Фасихов свод