Tovuslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tovuslar (Pavo) — tovuqsimonlar turkumi, qirgʻovullar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 2 turi bor. Oddiy T. tanasining uz. 100—125 sm, dumi 1,5 sm gacha. Ogʻirligi 4—4,2 kg . Boshi, boʻyni va koʻkragining bir qismi yashil, orqasi koʻk, tanasining osti qora. Hindiston va Shri Lankada tarqalgan. Oʻrmonning butazorli qismini xush koʻradi. Uyasini yerda chukurcha shaklida yasaydi. 4—7 ta tuxum qoʻyib, urgʻochisi 30 kun bosadi. Yashil kanotli T. Hindixitoy va Indoneziyada tarqalgan. Butazorlar, dare qirgʻoqlari va boshqa yerlarda yashaydi. T. oʻsimlik, hasharot va mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi. Goʻshti mazali. Oddiy T. tutqunlikdayaxshi koʻpayadi. T. tovuqsimonlarning yirik, chiroyli va jozibador vakillaridan; hayvonot bogʻlarida boqiladi.