Toshkent mozaikalari
|
Ornament | |
| Koʻpqavatli turarjoy majmualaridagi plitali mozaik pannolar. |
|---|
| Ornament, qanot, odamlar | |
|---|---|
| : ' | |
|
| |
| Rassom | Aleksandr Jarskiy |
| Yil | 1985-yil |
| Material | Keramika |
| Oqim | Modernizm |
| Joylashuvi | Toshkent, Oʻzbekiston |
| Veb-sayti | mosaic.tashkent.uz |
Toshkent mozaikalari — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida 1960—1980-yillar oraligʻida barpo etilgan monumental mozaika sanʼati namunalari. Mazkur mozaikalar madaniy meros obyekti sanaladi[1][2]. Bu mozaikalar shaharning sovet modernizmi ruhida qayta qurilishi jarayonida, ayniqsa, 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin boshlangan keng qamrovli arxitektura va bezak sanʼati dasturlari doirasida vujudga kelgan.
Asosan XX asrning 60-yillari oxirida Toshkent shahridagi yangi turarjoy majmualarining devorlariga terib chiqilgan. Mozaikalarning yaratilishi, bir tomondan, shaharga zamonaviy qiyofa berish, ikkinchi tomondan esa mehnat, xalqlar doʻstligi, tinchlik va ilm-fan rivoji kabi ideologiyalarni targʻib qilishga qaratilgan. Sovet Ittifoqi ommaviy monumental mozaikani badiiy mahorat va gʻoyalarni yetkazishning mukammal kombinatsiyasi sifatida koʻrgan. Badiiy ijod erkinligiga cheklovlar mavjud boʻlgan boʻlsa-da, koʻplab rassomlar ushbu sharoitda ham oʻziga xos individual uslublar yaratishga muvaffaq boʻlishgan. Yaʼni, Markaziy Osiyo oʻsha paytda siyosiy markaz boʻlgan Moskvadan uzoqligi, eʼtibor markazidan biroz boʻlsa ham chetdaligini anglatardi, bu esa mahalliy rassomlarga maʼlum bir erkinlik bergan. Natijada ularda sovet unsurlari va uslublarini mahalliy xalq ogʻzaki ijodi va madaniyati bilan aralashtirib, islomiy va milliy estetik-madaniy unsurlar va obrazlar bilan aralashgan sotsialistik realizmning oʻziga xos yoʻnalishini yaratish imkoni tugʻiladi[3]. Mozaikalar orasida milliy naqshlar va motivlarga murojaat qilish hollari ham uchrab, bu Toshkentning koʻp millatli va boy tarixiy madaniy qiyofasini aks ettirgan. Asosan, sevgi va jasorat haqidagi folklor asarlar qahramonlari, milliy liboslar, urf-odatlar, taomlar va cholgʻu asboblari, mahalliy aholi tasvirlari tushirilgan[4].
Hozirgi kunda 150 ta turarjoy binosining fasadi mozaikalar bilan bezatilgan. Umumiy hisobda, turarjoy va noturarjoy binolari, metro bekatlar, ayrim rasmiy idoralarning fasadi, maktab va boshqa binolar bilan Toshkentda 450 dan ortiq mozaik pannolar mavjud. Ular asosan seysmik modernizm namunalari hisoblanadi. Sharqona ornomental uslubdagi bu mozaikalarning asosiy qismi taniqli monumentalist va arxitektorlar — aka-uka Pyotr, Nikolay va Aleksandr Jarskiylar tomonidan ishlangan.
Yaratilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Toshkentdagi mozaikalar 1966-yilgi zilziladan so‘ng vujudga kelgan. Bu zilzila oqibatida 300 mingdan ortiq odam uysiz qoladi, 2236 ta ma’muriy bino, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish shahobchalari, shuningdek, mingga yaqin boshqa binolar zarar ko‘radi. Shundan so‘ng shaharni qayta qurish jarayoni boshlanib, yangi Toshkent shakllanadi[5]. Sobiq Sovet Ittifoqiga kiruvchi davlatlardan malakali quruvchilar Toshkentga yuboriladi. Meʼmorlarga shaharning maʼlum hududlaridan joylar ajratib berilgan. Qurilish texnikasi yaxshi rivojlangan mamlakatlar shaharning markaziy binolarini tiklashgan. Meʼmorlar qurilayotgan inshootlarning o‘ziga xosligiga alohida e’tibor berishgan. Masalan, qozog‘istonlik quruvchilar qurgan binolardan birida raqs tushayotgan ayol va uning yonida keksa odam tasvirlangan[6].
Mozaikalar o‘rnatish texnologik jihatdan murakkab bo‘lmagan. Panellar dastlab pastda tayyorlanib, keyin devorlarga o‘rnatilgan. Rassomlar va arxitektorlar naqshlarni puxta ishlab chiqqanlar. Jarayon murakkab ko‘ringani bilan, eskizlar ishlab chiqilgach, panel quyish texnik jihatdan qiyinchilik tug‘dirmagan. Shu sababli qisqa vaqt ichida qurilgan binolarning bezaklariga mozaikalar eng yaxshi yechim bo‘lgan. Panellar beton zavodida ishlab chiqarilgan. Eskizlar ko‘mir yordamida maxsus ustaxonada chizilgan. Panel o‘lchami taxminan 3x3 bo‘lib, shu kattalikdagi qog‘ozlarga mozaika rasmlari chizilib, ranglar tanlangan[7].
Eskizlar tayyor bo‘lgach, boshqa ustaxonada yerga yoyilib, 5x5 hajmdagi parchalarda yig‘ilgan. Parchalar orasida 3-4 millimetrli joy qoldirilgan va keyin bir-biriga yopishtirilgan.
Arxitektor Ravshan To‘xtayevning ma’lumotlariga ko‘ra, bunda xatolik qayerda yuzaga kelganini jarayon davomida sezish qiyin bo‘lgan, chunki eskizning old tomoni emas, orqa tomoni ko‘ringan. Yelimlovchi ishchi mozaikaning teskari tomonini ko‘rib ishlagan, xato esa faqat mozaika tayyor bo‘lgandan keyin ko‘ringan. Agar xatolik bo‘lsa, noto‘g‘ri joy olib tashlanib, to‘g‘rilanib, qayta yopishtirilgan, buni boshqa usulda tuzatish imkoni bo‘lmagan. Keyin panel qolipiga keramika (yuzasini pastga qaratib) qo‘yilib, ustidan beton quyilgan. Beton keramikaning orqa tomonini qoplab, bo‘sh joylari to‘ldirilgan va panel mustahkamlangan. Quriganidan so‘ng, qog‘oz suv bilan yuvilib, olib tashlangan va mozaika ochilgan. Tayyor bo‘lgan panellar o‘z joyiga olib borib o‘rnatilgan[8].
Mualliflar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pyotr, Nikolay va Aleksandr Jarskiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aka-uka Pyotr, Nikolay va Aleksandr Jarskiylar sharqona va ornamental uslubdagi mozaik pannolar anʼanalarini yaratgan taniqli arxitektorlar hisoblanadi. Toʻngʻich oʻgʻil Pyotr 1929-yil Estoniyada, Nikolay va Aleksandrlar esa 1931—1936-yillarda Fransiyada rossiyalik muhojir oilasida tugʻilgan. Ularning otasi Vasiliy Jarskiy ham rassom boʻlgan. 1947-yilda Rossiyaga qaytib kelishadi. Pyotr 1946-yilgacha Tuluza Sanʼat maktabida oʻqigan, keyinchalik Leningrad Zamonaviy Sanʼat Universitetini, Nikolay Leningrad badiiy akademiyasini, Aleksandr esa Qozon rassomlik institutini tugatgach 1966-yilda Toshkentga joʻnatilgan. 1966-yilgi zilziladan soʻng Toshkentni qayta qurish jarayonida faol ishtirok etishgan. U yerda temir-beton buyumlar zavodida rassom boʻlib ishlashni boshlashgan. Shahardagi koʻplab talofat koʻrgan binolar oʻrnida panel uylar qurilishi boshlab yuborilgan, biroq ular bir xil koʻrinishga ega boʻlib, oʻziga xos, alohida ajralib turadigan jozibasi boʻlmagan. Jarskiylar turarjoylarni mozaik pannolar bilan bezatish gʻoyasini ilgari surib, bu binolarga oʻziga xoslik baxsh etishgan. Jarskiylar tomonidan ishlab chiqilgan mozaik pannolar besh va toʻqqiz qavatli binolarni bezashda qoʻllanilgan[9]. Toshkentda ilk mozaik panno Muqimiy koʻchasidagi 9 qavatli uylarning birida yaratilgan. Meʼmorlar orasida Pyotr Jarskiyning ishlari mashhur boʻlib, keyinchalik nafaqat koʻpqavatli uylarda, balki kirish eshiklari, favvoralar, gumbazlar va metro bekatlarida ham namoyon boʻla boshlaydi[10]. Ular 20 yildan ortiq faoliyati davomida 400 dan ortiq binoga bezak bergan. Bu ishni Jarskiylarning toʻngʻichi – maʼlumoti boʻyicha monumentalist boʻlgan Pyotr boshlab bergan. Uning eskizlari asosida shisha parchalaridan mozaik panellar yaratilib, beton devorlarga terib chiqilgan[11]. U Toshkentda oʻtgan yillari haqida shunday deydi: „Biz shahar boʻylab yurgan paytlarimizda oʻz qoʻllarimiz bilan barpo qilgan uylarimizni diqqat bilan kuzatardik. Bu binolarni qurishda qayerdadir xato qilishimiz mumkin emasdi, biz buni qabul qila olmasdik. Xato qilishga haqqimiz yoʻq edi.“ Toshkentni qayta qurishda mozaikalardan foydalanish gʻoyasi oʻsha yillarda „Toshgiprogor“ instituti bosh meʼmori Yuriy Georgiyevich Miroshnichenko hamda Pyotr Jarskiy oʻrtasida boʻlib oʻtgan suhbat davomida tugʻilgan[12].
Uning taʼkidlashicha, Jarskiylarning ishlari Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonga xos yoki anʼanaviy emas. Ularning koʻpchiligi rassom Bilibinning klassik rus ertaklaridan foydalanib ishlagan illustratsiyalariga oʻxshash. Ammo asarlar yangicha, umumeʼtirof etilgan gʻoyalarga mos emas. Arxitektor Georgiy Minasovich Sarkisov esa Jarskiylarni shunday xotirlaydi: „Aka-ukalar 70-yillarda binolarni bezatish boʻyicha haqiqiy kashshof boʻlishgan. Turarjoy binolarini bunday uslubda loyihalash hali Sovet mamlakatlari boʻylab tarqalmagan edi. Bunaqasi Toshkentdan boshqa joyda uchramasdi. Men bu darajada fidoyi, oʻz ishiga bor bilimini berib ijod qiladigan, isteʼdodli ustalarni koʻrmaganman“.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Pyotr Jarskiyga Toshkentdagi Prezident saroyini hamda Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi binosiga dekorativ toʻsiqlar oʻrnatish ishlari topshiriladi. Pyotr Jarskiy 1993-yil 27-sentyabr kuni Toshkentda, 64 yoshida vafot etadi. Shu sababli Toshkent shahrida qurilishi kerak boʻlgan mozaikali koʻpqavatli binolar loyihasini yakunlash ishlarini ukasi Aleksandr Jarskiy zimmasiga oladi.
Burmakin Vladimir Ivanovich
[tahrir | manbasini tahrirlash]1969-yilda Toshkentdagi „Bilimlar uyi“da Burmakin oʻzining shaxsiy koʻrgazmasini tashkil qiladi. Burmakin Oʻzbekiston, Rossiya hamda boshqa mamlakatlardagi xalqaro koʻrgazmalarda qatnashgan. Burmakinning ijodiy ishlari Amerika, Germaniya, Fransiya, Angliya, Polsha, Turkiya, Bolgariya kabi davlatlarning muzeylarida saqlanadi. Birgina Germaniyadagi mehmonxonalarning birida rassomning 200 ga yaqin asari toʻplam holida saqlanadi. 60-yillarning oxirida Toshkentdagi badiiy muassasalarda dars bergan. Oʻzbekistonda keyinchalik taniqli boʻlgan rassomlarga ustozlik qilgan. Toshkentni qayta qurish jarayonlarida oʻz chizmalari bilan ishtirok etgan[13].
Buxarboyev Abdumalik Abduqodirovich
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxarboyev 1940-yilda Toshkentda tugʻilgan boʻlib, asli millati qozoq. 60-yillarning oxirida Toshkent Badiiy bilim yurtini tugatib, Teatr-badiiy institutida tahsilni davom ettiradi. Asosan Qozogʻiston tarixi va madaniyatiga qiziqqan. Zilziladan keyin Toshkentda koʻplab yirik meʼmoriy obyektlar qurilishi va bezatilishiga oʻz hissasini qoʻshgan. Toshkent metropoliteni, „Oʻzbekiston“, „Hamza“ (hozirgi „Novza“) metro bekatlari, „Chor-Su“ mehmonxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi teleradio markazi, „Xalqlar doʻstligi“ sanʼat saroyi, „Le Meredian“ kabi mehmonxonalarni bezashga hissa qoʻshgan. Ishlari asosan Florensiya mozaikasi uslubida qilingan[14].
Ablin Evgeniy Mixaylovich
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rassom 1928-yilda Moskvada tugʻilgan. 1958-yilda Moskvadagi Rassomlar uyushmasiga aʼzo boʻladi. Yevgeniy ushbu shahardagi Pionerlar saroyining badiiy bezaklari bilan shugʻullangan. 1970-yil „Toshkent“ loyihasi ustida ish boshlash maqsadida Oʻzbekistonga kelgan. Dastlab Samarqand va Buxoroga borib, u yerdagi tarixiy yodgorliklar bilan tanishib chiqqan. 1973-yilda Toshkent Telemarkazidagi mozaikalar ustida ish boshlagan va bu 8 yil davom etgan. Aynan „Toshkent“ loyihasi uchun tajriba orttirish maqsadida 1975-yil Turkiyaga borib, Vizantiya mozaikalari bilan tanishadi. 1981-yilda esa Ispaniyaga boradi[15].
Svetlana Ivanovna Sherbinina
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Svetlana Sherbinina — sovet va rus monumental sanʼat ustasi. 1930-yil Ivanovo viloyatida tugʻilgan. Rossiya Federatsiyasi xalq rassomi[16]. Rossiya Badiiy akademiyasi muxbir aʼzosi[17][18][19]. Rossiya Federatsiyasi davlat mukofoti sovrindori. 2013-yilda tasviriy sanʼat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Rossiya Federatsiyasi Rassomlar uyushmasining Surikov nomidagi oltin medali bilan taqdirlangan.
1945-yilda Svetlana 7 yillik maktabni tugatib, Yaroslav nomidagi rassomlar bilim yurtiga oʻqishga kirgan. 1950-yilda esa Moskva Amaliy va Dekorativ sanʼat institutining Arxitektura va badiiy keramika fakultetida oʻqiy boshlagan. U yerda Svetlana ustozi, taniqli rassom Yekaterina Zernovadan tahsil oladi. Turmush oʻrtogʻi Leonid Polishuk ham monumental sanʼat ustasi, Rossiya xalq rassomi. Er-xotinlar hammualliflikda yirik sanʼat asarlari yaratishgan. Masalan, haykaltaroshlik, stanok uslubidagi rassomlikga oid, monumental-dekorativ asarlar, jumladan, devoriy rasm, vitraj, mozaikalar. Ularning asarlari Moskva, Ufa, Toshkent, Surgut va Genuyada (Italiya) yirik jamoat binolarini bezagan. Sovet davrida baʼzi asarlari buzib tashlangan. Masalan, Surgutdagi Gubkin haykali[20], Sarskoy qishlogʻidagi „Pushkin“ devoriy rasmi (1962—1965) shular jumlasidandir. Er-xotin monumentalist rassomlarning asarlari Tretyakov Davlat galereyasida, Sankt-Peterburgdagi Teatr muzeyida, AQShdagi TMORA (The Museum of Russian Art, Minnesota, Rey Jonson nomidagi Rus sanʼati muzeyi)da, Toshkentda va koʻplab xususiy kolleksiyalarda saqlanadi[19].
1968-yilda Toshkentdagi „Bilimlar uyi“da Polishuk va Sherbinina oʻzlarining „Insoniyat madaniyati tarixi“ nomli mozaikalarini yaratishgan. Murakkab falsafiy gʻoyani rangtasvir va shakllar orqali ifodalash maqsadida rassomlar umumlashtirish, ramziy ifoda va kinoyaviy usullardan foydalanishgan. Mozaikada Nefertiti boshining tasviri, anʼanaviy arxitektura namunasi boʻlgan Somoniylar maqbarasi, Ibn Sino siymosi va boshqa misollar orqali insoniyat tarixining turli bosqichlari tasvirlanadi[21][22]. Ularning hammualliflikdagi yana bir mashhur ishlaridan biri Toshkent shahridagi sport majmualaridan biriga ishlangan „Yugurayotgan olimpiyachi“ mozaik panosi[23].
Uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Toshkent koʻpqavatli uylari devorlaridagi mozaikalar uslubi seysmik modernizm namunalari hisoblanadi. Toshkentda 1966-yilgi zilziladan so‘ng barpo etilgan besh va to‘qqiz qavatli binolarning deyarli barchasida sharqona ornamental uslubdagi mozaikalar joy olgan. Modernizm arxitektura uslubi erkinlik ruhini o‘zida aks ettirgan bo‘lib, aynan zilziladan so‘ng Toshkentda keng tarqalgan. “Toshkent modernizmi” loyihasi muallifi Aleksandr Fedorovning fikricha, bu arxitektura uslubi “seysmik modernizm” deb ataladi va binolarni loyihalashtirgan yoki qurishda ishtirok etganlarning hech birida kommunizmni targ‘ib qilish maqsadi bo‘lmagan[24].
...Mozaikalar shahar hayotiga optimistik ruh olib kirgan, chunki zilziladan keyin Toshkent ko‘plab insonlarga bag‘rini ochgan. Ayrim sabablarga koʻra Toshkentni tark etganlar uni tiklash uchun yana qaytib kelgan. Bu mozaikalar hech qanday siyosiy g‘oyani ilgari surmaydi, targʻib qilmaydi, shunchaki shaharning goʻzalligiga koʻrk qoʻshish uchun yaratilgan. Shuning uchun ularga kommunizmning sarqiti sifatida qarash, yoki aynan shu sabab bilan olib tashlash to‘g‘ri emas. Albatta, ayrim joylarda bu gʻoyalarga targʻib sifatida yaratilgan mozaikalarni ham koʻrish mumkin, ammo ular kamdan-kam uchraydi....
Uylarning seysmologik koʻrinishi va dizaynida farqlar katta. Garchi sobiq SSSR davlatlari tomonidan qurilgan bo‘lsa ham, ko‘plab turarjoylardagi mozaikalar aynan bitta xalqning madaniyatiga xos emas. Faqatgina Markaziy Osiyo madaniyatini aks ettiruvchi tor yo‘nalishga asoslanmagan. Balki, o‘ziga xos, nostandart vizuallar va naqshlarni aks ettirgan. Ma’lum bir mozaikani biror davr yoki xalqqa xos deb aytish qiyin. Bu mozaikalarda asosan sharqqa xos ornamentlar ishlatilgan. Ularning ba’zilarida quyosh, suv va hatto bodom naqshlari uchrab turadi. O‘zbekistonda turli xalqlar yashab kelgani uchun bu naqshlar, ehtimol, Markaziy Osiyo xalqlarining umumiy madaniy merosidan ilhomlanib yaratilgan boʻlishi ham mumkin[25]. Ko‘pgina mozaikalarda aniq bir joy yoki davr ifodalanmaydi. Ayrimlarida insonlar ham tasvirlangan. Birida bolalar, boshqasida ayollarni ko‘rish mumkin, boshqa joylarda quyosh va tabiat manzaralari. Syujyetli mozaikalarda esa ma’lum bir voqea aks ettirilgan bo‘ladi. An’anaviy elementlar orqali urf-odatlar tasvirlangan bo‘lsa-da, ular doim aniq bir ma’noni ifodalamaydi. Masalan, Labzak ko‘chasidagi mozaikalarda kosmonavtlar mavzusiga katta e’tibor qaratilgan: milliy naqshlar samolyot va kosmonavt obrazlari bilan uyg‘unlashgan, ba’zilarida esa milliy naqshlar havo sharlari bilan birga ishlatilgan[26].
Toshkentdagi 110-sonli maktabning devoriga ishlangan yana bir mozaika esa ukrainalik shoir, yozuvchi va rassom, ukrain adabiyoti va zamonaviy ukrain tilining asoschisi Taras Shevchenko nomi bilan bogʻliq. Katta mozaik panel 1970-yil 1-iyunda ochilgan. Koʻplab ukrainlar Toshkentning shu qismiga joylashtirilgan va 1966-yilgi zilziladan keyin u yerda mozaika va bogʻ qurilgan. Mozaika oldidagi Shevchenko haykali 2002-yilda ochilgan.
Oʻrganilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Germaniyalik taniqli arxitektor Flipp Mozerov Toshkent haqida gapirar ekan, u yerdagi binolar haqida alohida toʻxtalib oʻtadi. Uning fikriga koʻra, hech bir sobiq sovet yoki Yevropa mamlakatlaridagi turar joylarda quyoshdan himoyalovchi elementlar yoki oʻziga xos, bir biridan ajralib turadigan mozaikalar uchramaydi. Bu inshootlar shunchaki nostalgiya uchun emas, balki bir xalq boshqa bir xalqning maksimal qulayligini taʼminlash maqsadida qurib berganligi bilan ahamiyatli. Shuning uchun ularni shunchaki buzish yoki yoʻqotish kerak emas. Buzishdan koʻra saqlash osonroq. Arxitektura qoidalariga mos ravishda ularni saqlab qolish yaxshiroq.
Ammo ayrim koʻpqavatli binolardagi mozaikalar yarim asrdan keyin taʼmirtalab holga kelib qoldi[27]. Oz qismi buzib tashlandi. Shuningdek, yana bir nechtasining ustidan boʻyoq tortildi[28]. Chilonzor tumanida joylashgan koʻpqavatli uylardan birining devoriga ishlangan mozaika nomaʼlum sabablarga koʻra boʻyalgan. Keyinchalik bu aholining eʼtiroziga sabab boʻlgan va shahar hokimligi tomonidan tiklangan. Ushbu mozaika yarim asr oldin belaruslar tomonidan ishlangan[29]. Shahar markazidaki ayrim turarjoy binolarining devoralriga, yaʼni mozaikalarning ustiga turli xildagi reklama bannerlari yopishtirib chiqilgan va natijada ular toʻsib qoʻyilgan. Ammo 2024-yilning bahorida bannerlar olib tashlangan[30]. Mahalliy aholi, ziyoli qatlam barchani ushbu mozaikalarni saqlab qolishga chaqirdi.[31]
Toshkent shahri va Oʻzbekistonning boshqa hududlaridagi taxminan 157 mozaik panno Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga monumental sanʼat yodgorliklari sifatida kiritilgan. Roʻyxatdagi mozaikalar davlat kadastrida qayd qilingan va ularning madaniy qiymati kadastr hujjatlarida aks etgan. Roʻyxatga kiritilgan obyektlar joylashgan binolarda yoki ularga yaqin hududlarda har qanday qurilish ishlari Madaniy meros agentligi bilan kelishilishilgan holatda amalga oshirilishi lozim[32]. Mozaikalar asosan Toshkentda joylashgan boʻlsa-da, Nukus, Urganch, Xiva, Samarqand, Namangan, Andijon, Jizzax, Qo‘qon, Angren, Guliston va boshqa viloyatlardagi mozaikalar ham roʻyxatga kiritilgan[33].
Toshkent metro bekatlarining ayrimlarida, zinapoyalar tepasida ham mozaik panellarning turli xildagi koʻrinishiga duch kelinadi[34]. Bular sharqona ruhdagi dizayn bilan jonlantirilgan va koʻplab turistlarning diqqatini tortadi[35]. Yaratilganiga 50 yildan oshgan mozaikalar bora-bora reklama bannerlari bilan toʻsib qoʻyilgan. 2024-yilning aprel—iyun oylarida turarjoy binolari devorlaridagi mozaikalar turli xil reklama bannerlaridan tozalandi[36].
Ayni paytda Toshkentni dunyodagi „eng koʻp mozaikalarga ega shahar“ sifatida tan olinishi uchun Ginnesning rekordlar kitobi komissiyasiga ariza berish rejalashtirilgan[37]. Ushbu katalogga koʻpqavatli binolar, ularning tashqi va ichki panellari, Toshkent metropolitenining mozaikalar bilan bezatilgan bekatlari, shuningdek, alohida ajratilgan obyektlar kiritilgan. Misol uchun, „Oʻzekspomarkaz“ majmuasi paviloni fasadidagi „Toʻy“ pannosi shulardan biridir. Bu mozaika 1970-yil oʻzbekistonlik rassom Dilmurod Yusupov tomonidan ishlangan[38].
„Toshkent mozaikalari“ loyihasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Loyihaning maqsadi — Toshkent mozaikalari haqida qiziquvchilarga kengroq va chuqurroq maʼlumot berish, 1966-yilda yuz bergan zilzila fojiasidan keyin yaratilgan monumental sanʼat namunalarini asrash, asosiysi, ularni toʻsib qoʻygan turli xil reklama bannerlaridan tozalash[39][40]. Bugungi kunda ular Madaniy meros obyekti sifatida tan olingan. Shahar 1960—1970-yillarda „sovet modernizmi“ uslubida qayta qurilgan. Shuning uchun ham Toshkent „Modernistik shahar“ deb eʼtirof etilgan. „Toshkent mozaikalari“ loyihasi doirasida mosaic.tashkent.uz] sayti ishga tushgan[41]. Ushbu saytda mozaikalarning yaratilish tarixi, har bir pannoning muallifi, uslubi, mavzusi yoritilgan[42].
Davlat muhofazasiga olingan mozaikali binolar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilning may oyida Oʻzbekiston hududidagi binolarga ishlangan 157 ta mozaika va panno kompozitsiyalari madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan oʻrin olgan va ularning barchasi davlat muhofazasiga kiritilgan[43][44]. Binolarga ishlangan mozaikalarni asosan Oʻzbekistonning 8 ta viloyati, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Toshkent shahrida uchratish mumkin[45].
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | 1982-yil | Andijon viloyati tarixi va madaniyat muzeyi | Davlat mulki |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Robert Obakyan tomonidan tayyorlangan kompozitsiya | 1970-yil | Turon koʻchasi, 12-uydagi neft va sanoat kolleji joylashgan binoning kirish qismi | Davlat mulki |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | 1982—1985-yillar | „Zargarlik“ mahallasi koʻpqavatli turarjoy binosi tashqi devori | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | 1986-yil | „Zargarlik“ mahallasi 40-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | 1987-yil | „Lolazor“ MFY hududidagi Madaniyat markazi binosi | Davlat mulki |
| Mozaika kompozitsiyasi | 1986-yil | Boʻston shaharchasidagi eski univermag binosi | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | 1992-yil | „Diyor“ MFY Nodira koʻchasi 3-uy | Xususiy mulk |
| Vladimir Drigin tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi | 1984-yil | „Margʻilon“ MFY A.Navoiy koʻchasidagi koʻpqavatli turarjoy binosi tashqi devori | Xususiy mulk |
| Vladimir Drigin tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi | 1996-yil | Boburshoh koʻchasidagi binoning tashqi devori | Xususiy mulk |
| Vladimir Drigin tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi | 1996-yil | Boburshoh koʻchasidagi binoning tashqi devori | Xususiy mulk |
| Xamidulla Yuldashev tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi | 1989-yil | N.Namangoniy koʻchasi 41-uy | Davlat mulki |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Ravshan Yuldashev tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi | 1978-yil | „Toshqoʻrgʻon“ MFY dagi binoning tashqi devori | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Xamidulla Yuldashev tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi | 1986-yil | Davlatobod tumanida joylashgan binoning tashqi devori | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi tashqi devor qismidagi mozaika | 1975-yil | Ernazar Alakoʻz koʻchasi 1-uy | Xususiy mulk |
| „Toshkent“ mehmonxonasi tashqi devor qismida ishlangan mozaika kompozitsiyasi | 1979-yil | Qoraqalpogʻiston koʻchasi 23-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | 1999-yil | A-380 Yoʻli „Doʻstlik kanali“ boshlanish joyidagi koʻprik yonida | Davlat mulki |
| Mozaika kompozitsiyasi | 2000-yil | A-380 Yoʻli „Doʻstlik kanali“ boshlanish joyidagi koʻprik yonida | Davlat mulki |
| Mozaika kompozitsiyasi | 1990-yil | Ernazarov koʻchasi 108-burilma | Xususiy mulk |
| Qoraqalpoq davlat universiteti kutubxonasi binosining tashqi devoridagi | 1989-yil | Ch.Abdirov koʻchasi 1-uy | Davlat mulki |
| Mozaika kompozitsiyasi | Aniqlanmagan | Pushkin koʻchasi 9 qavatli turarjoy binoning fasadida | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | 1982-yil | 49-sonli maktab binosi fasadida | Davlat mulki |
| Mozaika kompozitsiyasi | Aniqlanmagan | 22-kichik tumani 14a-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | Aniqlanmagan | Doʻstlik kanali tamomlangan joy, koʻprik yonidagi devorda | Davlat mulki |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | 1972-yil | „Goʻsht kombinatidagi devoriy surat“ | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asr | Rudakiy koʻchasi bilan Boʻstonsaroy koʻchasi kesishmasi | Davlat mulki. Samarqand shahar hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asr | Fuqarolik inshooti (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bosh oʻquv binosi), Amir Temur koʻchasi 9-uy | Davlat mulki. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti |
| Mozaika kompozitsiyasi | XIX—XX asrlar | Turarjoy, hovli va hovliga kirish darvoza ustunlari (ilgarigi vino ishlab chiqaruvchi Filatovning uyi), Mahmud Qoshgʻariy koʻchasi 56-58-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asr | Abu Rayhon Beruniy koʻchasi 144-uy | Davlat mulki. Samarqand shahar hokimligi |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | 1980-yil | „Sayqal“ MFY, 102-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | 1965—1970-yillar | „Boʻston“ MFY, 26-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | 1965—1970-yillar | „Boʻston“ MFY, 26-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | 1965—1970-yillar | „Boʻston“ MFY, 26-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | 1965—1970-yillar | „Yangiobod“ MFY, Sanoatchilar koʻchasi 1-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Soʻgʻdiylar toʻyi devoriy monumental rang-tasvir asari | 1978-yil | „Lashkarak“ qishlogʻi, Guliston oromgohi | Xususiy mulk |
| Devoriy surat | XIX asr | „Geolog“ MFY, „Geologlar“ shox koʻchasidagi devoriy surat | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Rohat koʻchasi, 78-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Rohat koʻchasi, 12-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Rohat koʻchasi, 72-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Rohat koʻchasi, 75-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Nukus koʻchasi, 3-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Massiv-2 Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 5-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Massiv-5 Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 10-12-13-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Nukus koʻchasi, 3-3/1-3/2-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Elbek koʻchasi 17-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Nukus koʻchasi, 4-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Said Baraka koʻchasi, 36-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Moshtabib koʻchasi, 4-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Yakub Kolas koʻchasi, 9-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Beruniy koʻchasi, 2-7B uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Beruniy koʻchasi, 5-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 1-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 23-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 24-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qorasaroy koʻchasi, 12-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qorasaroy koʻchasi, 13-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Sebzor koʻchasi, 1-2-3-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Sebzor koʻchasi, 44-45-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Sebzor koʻchasi, 34-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 1/4 13-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 1/4 15-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 2/5 15-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 2/4 1-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 2/4 47a-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 2/3 1-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 13-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 1/4 13-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 2-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 1/4 28-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 1/4 9-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoraqamish koʻchasi, 60a-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Sebzor koʻchasi, 1-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Sebzor koʻchasi, 2-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Sebzor koʻchasi, 3-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Sebzor koʻchasi, 6-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Sebzor koʻchasi, 7-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 10-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qatortol koʻchasi, 12-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Muqimiy koʻchasi, 160-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Muqimiy koʻchasi, 22-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Amir Temur shox koʻchasi, 109a-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bobur koʻchasi, 69-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bobur koʻchasi, 6-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bobur koʻchasi, 67/10-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bobur koʻchasi, 69/2-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bobur koʻchasi, 67/8-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bobur koʻchasi, 67/6-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bobur koʻchasi, 67/4-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bobur koʻchasi, 61-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bobur koʻchasi, 11-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bobur koʻchasi, 14-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bobur koʻchasi, 16-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Lutfikor koʻchasi, 34-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 3-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Lutfiy koʻchasi, 1-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Lutfiy koʻchasi, 4-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Lutfiy koʻchasi, 16-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Lutfiy koʻchasi, 24-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Lutfiy koʻchasi, 55-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Farhod koʻchasi, 1a-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Farhod koʻchasi, 2a-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Farhod koʻchasi, 3a-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Farhod koʻchasi, 24-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | 14-mavze, 3-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bogʻ koʻchasi, 1-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bogʻ koʻchasi, 2-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bogʻ koʻchasi, 3-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bogʻ koʻchasi, 4-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bogʻ koʻchasi, 17-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Bogʻ koʻchasi, 21-22-23-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 2-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 3-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 4-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 5-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 6-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 8-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 11-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 15-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 25-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 26-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 27-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 28-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 30-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 32-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Gulobod koʻchasi, 34-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Qoratosh koʻchasi, 103-104-105-106-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Asatulla koʻchasi, 1-2-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Chorsu koʻchasi, 4-6-10-12-13-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Samarqand darvoza koʻchasi, 1-2-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Olmazor darvoza koʻchasi, 2-uy | Xususiy mulk |
| Obyekt nomi | Yaratilgan vaqti | Joylashuvi | Egalik shakli |
|---|---|---|---|
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Ohangaron yoʻli koʻchasi, 24-21-17-14-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Tuzel koʻchasi, 52-52a-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Tuzel koʻchasi, 8-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Husayn Boyqaro koʻchasi, 39-uy | Xususiy mulk |
| Mozaika kompozitsiyasi | XX asrning 2-yarmi | Husayn Boyqaro koʻchasi, 51-48-49-29-24-uy | Xususiy mulk |
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Devorlarga ishlangan mozaikalar madaniy meros sifatida tan olindi“. xabar.uz. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Mozaik pannolar madaniy meros obyekti o‘laroq qo‘riqlanadi“. ozodlik.org. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „TASHKENT MODERNISM: THE INVENTION OF THE SOVIET EAST“. pinupmagazine.org. Qaraldi: 26-aprel 2025-yil.
- ↑ „Soviet Mosaics in Central Asia: The stories of Tashkent and Almaty“. lossi36.com. Qaraldi: 26-aprel 2025-yil.
- ↑ „Tashkent Modernist Architecture. Modernity and tradition in Central Asia“. unesco.org. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Mosaics Brighten a Reborn Tashkent“. nytimes.com. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Мозаики Ташкента: удивительные произведения искусства на фасадах панелек“. dzen.ru. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Buildings “Full of Tattoos:” Tashkent Mosaics, Newly Protected, Tell of a City’s Rebirth“. timesca.com. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Традиционность художников Жарских в декорировании многоэтажных домов“. moluch.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Фотоподборка: самые необычные мозаики Ташкента“. ia-centr.ru. 2024-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Toshkent mozaikalari“. mosaic.tashkent.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Их звали Братья Жарские“. mytashkent.uz. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Бурмакин Владимир Иванович“. arboblar.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Аблайхан на пельменях, или Тяжба художника с бизнесменом“. rus.azattyq.org. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „АБЛИН Евгений Михайлович (1928 – 2011)“. moscow-tombs.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 16.07.2012 г. № 995“. Kremlin.ru (2012-yil 16-iyul). 2017-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
- ↑ Щербинина Светлана Ивановна (1930—2017)[sayt ishlamaydi]
- ↑ Секция … Московского союза художников.
- ↑ 19,0 19,1 „ЩЕРБИНИНА Светлана Ивановна. Секция художников монументально-декоративного искусства московского союза художников“. monumental-art.ru. Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Лариса Славная. „Каменные гости. Эскизы утраченного и невоплощенного монументов – Сургуту“. Аргументы и факты (2018-yil 17-dekabr). 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
- ↑ „Мозаика Л. Полищук и С. Щербинина «История человеческой культуры»“. archive.org. 2017-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2025-yil.
- ↑ „Утерянная мозаика Дома знаний“. mytashkent.uz. Qaraldi: 26-aprel 2025-yil.
- ↑ „Панно в «Трудовых резервах»“. mytashkent.uz. Qaraldi: 26-aprel 2025-yil.
- ↑ „Toshkentning tashrif qog‘ozi – poytaxt mozaikalari qanday paydo bo‘lgan?“. kun.uz. Qaraldi: 1-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Iconic Image: Stunning Tile Mosaics in Uzbekistan“. artisansofleisure.com. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Uzbekistan Without Graffiti: Censorship Against Street Art“. voicesoncentralasia.org. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Chilonzor tumani hokimligi ko‘p qavatli uydagi mozaika bo‘yalganiga munosabat bildirdi“. daryo.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Madaniy meros agentligi Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar mozaikalari bo‘yab tashlanayotganiga munosabat bildirdi“. daryo.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Toshkentda belarusliklar tomonidan yaratilgan mozaika hokimlik tomonidan tiklanmoqda“. daryo.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „From Ads to Art: Uzbekistan Bans Ads That Cover Historic Mosaics“. lbbonline.com. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Saida Mirziyoyeva binolardagi mozaika pannolarni saqlab qolish va ta’mirlashga chaqirdi“. daryo.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида“. lex.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „O‘zbekistonda binolardagi mozaikalar madaniy meros obyektlari qatoriga qo‘shildi“. daryo.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Мозаики на зданиях в Узбекистане, наконец, признали объектами культурного наследия (но не все)“. gazeta.uz. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Tashkent’s Underground Masterpieces“. aramcoworld.com. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Toshkentdagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi“. daryo.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Tashkent city to apply to Guinness World Records for city with most mosaic panels“. tashkenttimes.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaikaga ega shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin“. gazeta.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Тошкент мозаикалари ҳақидаги лойиҳа халқаро фестивалда ғолиб бўлди“. uza.uz. Qaraldi: 27-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Кейс о мозаиках Ташкента победил в двух международных фестивалях“. gazeta.uz. Qaraldi: 27-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Как Ташкент планирует сохранять мозаики на зданиях (+фото, видео)“. gazeta.uz. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „O‘zbekistonda «Toshkent mozaikalari» maxsus mobil ilovasi ishga tushirildi“. kun.uz. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Ro‘yxat: Hukumat qarori bilan davlat muhofazasiga olingan mozaikalar“. gazeta.uz. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Бинолардаги мозаикалар ва ниҳоят маданий мерос объектлари қаторига қўшилди“. gazeta.uz. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Mosaics on buildings in Uzbekistan recognized as cultural heritage sites“. kun.uz. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Toshkentdagi mozaikalar “jonlantirildi”
- Toshkentning tashrif qog‘ozi – poytaxt mozaikalari qanday paydo bo‘lgan?
- Oʻzbekistonda sovet meʼmorchiligi: Toshkent tarixi, arxitektura, mintaqamizdagi shaharlar
- Кушбеги махалласи, зилзилани эслатувчи монумент, мозаикалар,янги бинолар...16.03.2023 йил
- Ўзбекистон маданият вазири тарихий обидаларни сақлашда координация йўқлигини тан олди
- Ташкент — город мозаик
- Мозаики Ташкента - История спасения | SAN’ART
- Мозаики Ташкента освобождают от внешней рекламы
- Мозаики Ташкента: удивительные произведения искусства на фасадах панелек
- Мозаики Ташкента: история и карта удивительных фасадов
- ТАШКЕНТ ЕДИНСТВЕННЫЙ ГОРОД В МИРЕ с рекордным числом советских мозаик! Монументальное искусство СССР























