Tonkin mushugi
Tonkin | |
---|---|
Erkak Tonkin mushugi | |
Umumiy tahalluslar | Tonk |
Kelib chiqishi | AQSH |
Breed standards | |
CFA | standard |
TICA | standard |
ACF | standard |
ACFA/CAA | standard |
CCA-AFC | standard |
GCCF | CaramelUpdate. January2023.pdf standard |
Uy mushugi (Mushuk) |
Tonkin (inglizcha: Tonkinese – Tonkin) – Siam va Birma zotlarini chatishtirish natijasida vujudga kelgan uy mushuklarining zoti. Ushbu zot mushuklari oʻzlarining turli xil ranglardagi junlari bilan ajralib turadi. Uning vazni 2,5 kilogrammdan 5,5 kilogrammgacha boʻlishi mumkin. Tonkin mushugining tabiati sharq mushuk zotlariga xos joʻshqinlik va qiziquvchanlikni oʻzida mujassam etgan. Tonkin mushugining koʻzlari gʻoyat goʻzal rangga ega boʻlib, ular dengiz toʻlqinlari rangiga qiyoslanadi. Bu zotning vatani Kanada boʻlsa-da, baʼzi olimlar uni AQShda tugʻilgan deb hisoblashadi. Bu zot 1960-yilda paydo boʻlgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu zot 19-asrda yaratilgan naslni qayta tiklash natijasi hisoblanadi[2]. Bu mushuklar dastlab „Qoʻngʻir Siam“ nomi bilan tanilgan. Malayziyadan keltirilgan mushuklar bilan ishlaydigan selektsionerlar baʼzi mushuklarning koʻzlari akvamarin va Siam mushuklarinikiga qaraganda toʻqroq rangda ekanligini payqashgan. 1901-yilda Siam mushuklari klubi ularni „Qoʻngʻir“ turdagi Siam mushuklari sifatida tan oldi[2].
G‘arbda koʻpchilik Siam va Birma mushuklarining kelib chiqishi Tonkin, jumladan Vong Mau zotiga borib taqalishiga ishonadi. Tonkinlar ko'payishda davom etgan bo'lsada, ammo ular Birma yoki Siam zotlari sifatida roʻyxatga olingan edi.1950-yillarga kelib seleksionerlar bu mushuklarga qiziqish bildira boshlashgan. Seleksionerlar ushbu mushuklardan naslchilik liniyalarini yaratishda foydalanganlar. 1965-yilga kelib, tonkinlar Kanadada alohida zot sifatida tan olindi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashqi koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tonkinlar oʻrtacha kattalikdagi mushuklar boʻlib, ular ingichka, uzun tanali Siam va Yevropa Birmalari hamda ancha baquvvat tuzilishga ega boʻlgan Amerika Birmalari oʻrtasidagi turga mansub zot hisoblanadi. Birma ajdodlari singari, ular tashqi koʻrinishidan unchalik sezilmaydigan mushaklarga ega boʻlib, koʻrinishiga nisbatan ancha ogʻirroq vaznga ega. Dumi va oyoqlari ingichka, lekin tanasiga mutanosib boʻlib, panjalari boʻlsa oʻziga xos oval shakildadir. Ularning boshi yumshoq, yumaloq va bir oz xanjar shakliga oʻxshash boʻlib, tumshugʻi toʻmtoq, oʻrtacha kattalikdagi bodomsimon ko‘zlari va boshning yon tomonlarida quloqlari joylashgan.
Moʻynasi va rangi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tonkinlar quyida keltirilgan bir necha rangda mavjud[3].
- Qora („jigarrang“ deb ham ataladi)
- Koʻk
- Qoʻngʻir
- Lilak (Siren guli rangidek)
- Malla
- Alvon
- Qizil
-
Koʻk tabby turi
-
Qizil Tonkin mushugi
-
Qoʻngʻir rangli Tonkin
-
Yuqorida Lilak va pastda nilufar dogʻli mushukchalar.
-
Qoʻngʻir va qora nuqtachali mushukchalar
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Allevamento Argento Vivo Tonkinesi
- Canadian Cat Association: Breed Profile: Tonkinese
- Tonkinese Breed Club UK: GCCF Breed Standard Tonkinese
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Фогл 2005.
- ↑ 2,0 2,1 „Tonkinese“. Governing Council of the Cat Fancy. Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
- ↑ „Tonkinese Standard“. Governing Council of the Cat Fancy. Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.