Mushuk
Mushuk | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
Felis silvestris catus Schreber, 1775 |
Mushuklar yoki uy mushuklari (Felis Silvestris Catus) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar urugʻi. Oldin uy mushugini alohida tur sifatida ham qarashgan. Boʻyi dumgʻaza qismida yagʻriniga nisbatan baland. Tirnoqlari toʻliq tortiladi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerikada tarqalgan; 30 turi, jumladan, Oʻzbekistonda 6 turi (silovsin, qoraquloq, toʻqay mushugi, manul, qum mushugi, yovvoyi mushuk) bor. Kuyikish davrida erkaklari baland ovoz bilan miyovlaydi va bir-biri bilan urishadi. Yiliga 2 marta 1—7 tadan bolalaydi. Yangi tugʻilgan bolasining koʻzi yumuqboʻladi. Mushuk bolasini 2-2,5 oygacha sut bilan boqadi. Keyin turli oʻljalar keltirib bera boshlaydi. Mushuklarning koʻpchilik turlari mayda sut emizuvchilar (kemiruvchilar) va qushlar bilan, Sumatra Mushugi oʻsimliklar mevasi, baliqchi Mushuk, asosan, baliq bilan oziqlanadi. Ayrim turlarining (mas, silovsin) moʻynasi qimmatbaho. Liviya Mushugi kenja turi barcha xonaki Mushuklarning nasl boshi hisoblanadi. Xonaki Mushuk kemiruvchilarni qirib, foyda keltirsa, qushlarni yeb zarar keltiradi. 10 000 yil ichida mushuklar kemiruvchilarga ov qilganligi sababli odam tomonidan qadrlangan. 7 turi va 4 ta kenja turi Xalqaro Qizil kitobga, Oʻzbekistonda uchraydigan barcha turlari ham Qizil kitobga kiritilgan (yana qarang Xonaki mushuklar).[1] 1958-yil „Tabiat sistemasi“ asarida Karl Linney tomonidan uy mushugiga Felis catus nomi berilgan. Iogan Xristian fon Friber 1775-yilda yovvoyi mushukka Felis silvestris nomini berdi. Uy mushugiga Felis silvestris catus nomini biriktirish 2003-yilning mart oyida Zoologik nomenklatura boʻyicha xalqaro komissiya tomonidan qabul qilingan. Mushuklarni xonakilashtirish bundan 9500-yil oldin Yaqin Sharqning Serhosil Yarimoy tumanida roʻy bergan.
1. Rivojlanish nuqtai nazaridan mushuk hayotining birinchi yili inson hayotining dastlabki 15 yiliga toʻgʻri keladi. 2. Mushuklar quloqlarini 180 darajaga aylantirishi mumkin. 3. Oʻrtacha mushukning eshitish darajasi insonlarnikiga qaraganda kamida besh baravar yuqori. 4. Zotdor mushuklar orasida erkak mushuklarning oʻrtacha vazni 20 funtni tashkil qiladi. 5. Uy mushuklari kunning 70 foizini uxlash bilan oʻtkazishadi. 6. Mushuk toʻgʻridan-toʻgʻri burnining ostini koʻrolmaydi. 7. Koʻpchilik mushuklarning kipriklari yoʻq. 8. Baʼzilar oq rangdagi mushuk omad olib kelishiga ishonishadi. 9. Mushuklarning miyovlashi bu ularning tili emas — ular bu ovozni odamlar bilan aloqa qilish uchun chiqaradilar. 10. Ginnes rekordlar kitobiga koʻra eng uzoq umr koʻrgan mushuk Texasning Ostin shtatida yashagan marhum Creme Puffga tegishli boʻlib, u 38 yil-u 3 kun umr koʻrgan.
11. Oʻrtacha mushuk bitta oyoq bilan 8 fut uzunlikka sakrashi mumkin — bu tanasining uzunligidan qariyb olti marta koʻp. 12. Mushuklar yaxshi hid bilish qobiliyatiga ega boʻlib, ular odamlarni va narsalarni aniqlash uchun undan foydalanadilar, hayratlanarlisi, ularning bu qobiliyati odamnikidan 14 baravar yaxshiroq. 13. Mushuklarning 3 ta qovogʻi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
.