Toyger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toyger

Toyger mushugi
Kelib chiqishi AQSH bayrogʻi AQSh
Breed standards
TICA standard
GCCF SOP_.March2020.pdf standard
LOOF standard
Uy mushugi (Mushuk)

Toyger (inglizcha: Toyger) – oʻyinchoq yo'lbarslarga oʻxshash kalta yungli uy mushuklarining zoti. 1980-yillarning oxirida AQShga olib kelingan. 1993-yilda TICA tomonidan roʻyxatga olingan, 2000-yilda u yangi zot maqomini olgan va 2007-yilda u toʻliq ko'rgazma huquqlarini olgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toyger zoti muallifi Judi Sugden Los-Anjelesda yashagan va bolaligidan mushuklarni koʻpaytirish bilan shugʻullangan. Uning onasi Jan Mill ham xonaki mushuklarining mashhur Bengal zotini yaratgan.

1980-yillarning oxirida Sugden miniatyura yoʻlbarsiga oʻxshab turuvchi (uzun, past tanasi, yorqin, yaltiroq moʻynasi, boshida aniq chiziqlar va dumaloq belgilar) mushuklar zotini yarata boshlagan. Bu zot xonaki mushugi va bengal mushugining genlaridan olingan. Keyinchalik, Sugden oʻzining mushukxonasiga Kashmirda mashhur va quloqlarida chiziqlar boʻlgan yovoyyi mushukni olib kelgan[2].

1993-yilda Butunjahon mushuklar kongressining bir qismi boʻlgan Xalqaro mushuklar assotsiatsiyasi bu zotni oʻz roʻyxatiga kirtishni boshlagan. 2000-yilda Toyger „yangi zotlar“ koʻrgazma roʻyxatiga kiritilgan va 2007-yilning fevral oyida u toʻliq chempion zotga aylangan. Boshqa tashkilotlar – BMK aʼzolari hali Toygerlarni tan olmagan.

Rasmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Toyger“ (en). The International Cat Association. — История и описание породы на сайте TICA. Qaraldi: 2016-yil 20-noyabr.



Hujjat[yaratish]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Характеристики“ (Rus tili). https://petstory.ru/. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  2. „Тойгер“ (Rus tili). lapkins.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.