Kontent qismiga oʻtish

Tafsir Ibn Ajiba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Bahr al-Madid fit Tafsir al-Qurʼon al-Majid
Asl nomi Al-Bahr al-Majid
Muallif(lar) Ahmad ibn Ajiba
Mamlakat Marokash
Til Arab, Ingliz
Janr(lar)i Tafsir, Tasavvuf
Nashr etilgan sanasi 2009 (ingliz tilida)
Nashriyot Fons Vitae
Sahifalar soni 204
ISBN 9781891785283

Al-Bahr al-Madid fi Tafsir al-Qur’on al-Majid (arabcha: البحر المديد في تفسير القرآن المجيد) yoki qisqacha al-Bahr al-Majid (inglizcha: The Immense Ocean) nomi bilan atalgan asar Tafsir Ibn Ajiba (arabcha: تفسير ابن عجيبة) nomi bilan ham mashhur bo‘lib, sunniy so‘fiy tafsir asari hisoblanadi. Muallifi shoziliy-darqoviy amriga amal qilgan molikiy-[Mutakallimlar|ash’ariy]] olim Ahmad ibn Ajiba (vaf. 1224/1809).

Ushbu asar Qurʼonning har bir oyati uchun ham ekzoterik tafsir, ham tasavvufiy, ruhiy ezoterik ishora beradigan, anʼanaviy tafsirni ruhiy tafakkur bilan uygʻunlashtirgan, muqaddas matnning tashqi va botiniy maʼnolarini oʻrganuvchi yagona anʼanaviy Qurʼon tafsiri hisoblanadi[1].

O‘quvchi Qur’on matnining aksariyat oyatlariga ham ekzoterik, ham ezoterik tafsirlarni topa oladi. Qur’on nutqining asrlar davomida va muallif davrigacha bo‘lgan so‘fiylar tomonidan qay darajada tushunilganini kashf etadi[2].

Ibn Ajiba mazkur tafsirni besh yil davomida yozgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Ajiba tafsirini tuzishda bir qancha manbalarga tayanib, tafsirining oxirida manbalar nomini ham taʼkidlab oʻtgan. Ular quyidagilar[4]:

Asarning hadis manbalariga toʻxtalsak, ular sunniylikning oltita yirik hadis to‘plami (Kutub al-Sittah) va ularning qimmatli sharhlaridir.

Asarning lingvistik manbalariga Al-Alfiyya, Ibn Malikning Kafiyya al-Shafiyya asari, Ibn Hishamning al-Tashil asari kabilar, Farro va Az-Zajjojning Maoniy al-Qurʼon asari kabi Qurʼon maʼnolari asarlari, shuningdek Ismoil Javhariyning As-Sihah va Az-Zamaxshariyning Asas al-Balagʻa kabi lugʻatlari va lugʻat kitoblaridir.

Tafsirlaridagi tasavvufiy manbalarning aksariyati Shimoliy Afrika, Al-Andalus yoki Misrga oid. Junayd Bagʻdodiy, [Abdulkarim al-Qushayriy|al-Qushayriy]], Gʻazzoliy, ash-Shadiliy, al-Mursiy, as-Sakandariy, ad-Darqoviy, Muhammad al-Buzidiy, al-Jiyliy, ash-Shushtariy, Bistomiy, Zarruq va Ruzbihon Baqliy kabi olimlardan iqtibos keltirgan. Ibn Ajibaning Ruzbihondan keltirgan iqtiboslari shu paytgacha e’tibordan chetda qolgan. Chunki Ibn Ajiba uni asarda „al-Vartajbiy“ (arabcha: الورتجبي) deb atagan[1][Izoh 1].

Muallif haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmad ibn Ajiba 30 dan ortiq islomiy tasavvufiy kitoblar yozgan shoziy-darqoviy shayx boʻlgan. Tetuan yaqinidagi qishloqda Andalusiyaning Ayn ar-Rumman („Anorlar bahori“) deb nomlangan togʻli qishlogʻidan boʻlgan sharifiy oilada tugʻilgan. Yoshligidan diniy ilmlarga moyillik koʻrsatib, diniy olim boʻlgan. Magʻribda (Afrikaning shimoli-gʻarbiy qismida) shoziliylik oqimining tarqalishiga hissa qoʻshgan Ibn Abbod Rundiy (vaf. Hijriy 792/milodiy 1390) sharhi va Hikom al-Atoiyya [ar]ni (Ibn Atoulloh Sakandariy hikmatlari yoki aforizmlari) oʻqigach, yoʻnalishi oʻzgargan[6].

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ruzbihon al-Baqliy ash-Sheroziy „Al-Vartajbiy“ nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Biroq, bu nom hozirga qadar nomaʼlum boʻlib, mashhurligini yoʻqotgani sababli Ibn Ajibaning undan keltirgan iqtiboslari mutlaqo eʼtibordan chetda qolgandek tuyulgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Andrew Rippin. The Blackwell Companion to the Qur'an. John Wiley & Sons, 2008 — 358 bet. ISBN 978-1-4051-7844-0. 
  2. „The Immense Ocean: Al-Bahr al-Madid“. fonsvitae.com. Fons Vitae Publishing. 2021-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „من ذخيرتنا المدفونة: البحر المديد في تفسير القرآن المجيد، لابن عجيبة“. www.habous.gov.ma. Morocco's Minister of Religious Endowments and Islamic Affairs. — „وإذن فهذا العمل الجليل المطبوع بطابع العمق في التحليل والنضج في العرض لم يكن وليد سنة أو سنتين وإنما كان وليد فترة من الزمن قاربت خمس سنوات، أنفقها المؤلف في رحلة بهية، ممتعة في أعطاف القرآن“. 2021-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „أبوالعباس أحمد بن محمد "ابن عجيبة" والبحر المديد في تفسير القرآن المجيد“ (Arabic). www.albayan.ae (2005-yil 21-oktyabr). 2021-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Abu Bakr Muhammad Banani. الفتوحات القدسية في شرح قصيدة في حال السلوك عند الصوفية المسماة (القصيدة النقشبندية) (Arabic). Dar al-Kutub al-'Ilmiyyah, January 2010. ISBN 978-2-7451-7078-1. „تفسير القرآن "للورتجبي" وهو الشيخ روزبهان البقلي الشيرازي“ 
  6. Shaykh Fadhlalla Haeri; Muneera Haeri. Sufi Encounters: Sharing the Wisdom of Enlightened Sufis. Watkins Media Limited, 2019 — 232 bet. ISBN 978-1-78678-344-8. 

Qoʻshimcha oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]