Abdulloh al-Baydaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Abdulloh al-Baydaviy
عبد الله البيضاوي
Tavalludi XIII asr
Erdekon, Fors (Eron)
Vafoti 1286-yilda
Tabriz (Eron)
Fuqaroligi Hulokuiylar
Otasi Umar ibn Muhammad
Bilimi fiqh, falsafa, tafsirchilik, qozilik, tarixchilik
Dini Islom, sunniylik va ashʼariylik

Nosiriddin Abu Said Abdulloh ibn Umar al-Baydaviy (arabcha: عبد الله بن عمر البيضاوي) — taniqli musulmon ilohiyotshunosi, tarixchi va mufassiri. U „Tafsir al-Baydaviy“ nomili tafsir kitobi orqali mashhurdir.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning toʻliq ismi Nosiriddin Abulxayr Abdulloh ibn Umar ibn Muhammad al-Baydaviydir. Al-Baydaviy Eronning Sheroz yaqinidagi Bayda qishlogʻida tugʻilgan. Uning birinchi ustozi otasi Umar edi. U Shofiʻiy mazhabiga ergashgan. Al-Baydavi, otasi singari, Sherozning bosh qozisi boʻlgan va shu uchun Qozi Baydaviy laqabini olgan. 1252-yilda u Tabrizga koʻchib oʻtadi va hayotining katta qismini shu yerda oʻtkazadi. Al-Baydaviy 1286-yilda vafot etgan[1].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh Baydaviy islomning turli jabhalariga oid bir qancha asarlar muallifi edi:

  1. „Sharhu masobih as-sunna“ — hadislar metodologiyasi va sharhlari;
  2. „Minhoj al-Vusul ila Ilmiʼl-Usul“ — musulmon fiqhiga oid asari;
  3. „Tilovat al-Anvar min Mataliʻl-Anzor“ — mantiq, kalom;
  4. „Nizom at-Tavorix“ — tarixga oid asari;
  5. „Al-Qayot al-Qusva“ — shofiʼiylik fiqhiga oid[1].

Qozi Baydaviyning eng mashhur asari Qurʼonning "Anvar at-Tanzil va Asror at-Tavil" tafsiri boʻlib, uni u Tabrizda yozgan. Bu tafsir Ashari kalom pozitsiyasida yozilgan. Uzoq vaqt davomida bu tafsir boshqa mamlakatlarda boʻlgani kabi Usmonli imperiyasi madrasasida ham oʻqitilgan. Bu tafsirga 250 dan ortiq sharhlar yozilgan, eng mashhuri Muhammad Shayxzodaning sharhidir[1].

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Али-заде А. А. Байдави Абдуллах // Исламский энциклопедический словарь. — М. : Ансар, 2007. — С. 143. — ISBN 978-5-98443-025-8. (CC BY-SA 3.0)
  • al-Bayḍāwī / Robson, J. // Encyclopaedia of Islam. 2 ed : [англ.]. — Leiden : E. J. Brill, 1960—2005. (платн.)
  • Heidi R. Krauss-Sánchez al-Baydāwī // Encyclopedia of the Medieval Chronicle. / Edited by: Graeme Dunphy. — Brill Online, 2014.
  • Mosallayi-pour, Abbas; Waley, M.I. al-Bayḍāwī // Encyclopaedia Islamica / Editors-in-Chief: Wilferd Madelung and, Farhad Daftary. — Brill Online, 2014.
  • Абу Сайид Абдаллах ал Байзави // Казахстан. Национальная энциклопедия (рус.). — Алматы: Қазақ энциклопедиясы, 2004. — Т. I. — ISBN 9965-9389-9-7.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Али-заде 2007.