Kontent qismiga oʻtish

Stetoskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zamonaviy stetoskop

Stetoskop – inson va hayvonlar ichki aʼzolarining tovushlarini eshitib tashhis qoʻyish uchun moʻljallangan tibbiy auskultatsion asbob. Stetoskop yordamida yurak, oʻpka, ichaklarning biologik tovushlari, arteriya va yirik qon tomirlarning qon oqimi qarshiliklarini eshitish uchun ishlatiladi. Sfigmomanometr bilan birga qon bosimini oʻlchashda qoʻllaniladi. Auskultativ tovushlarni kuchaytiruvchi stetoskop fonendoskop deb ataladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laennecga tegishli dastlabki stetoskop. London, ilm-fan muzeyi.
Traube tipidagi fil suyagidan yasalgan stetoskop.

Stetoskop 1816-yilda Fransiya, Parijdagi Necker-Enfants Malades kasalxonasida Rene Laennec tomonidan yaratilgan[1][2][3]. Dastlab u yogʻoch trubkadan iborat boʻlib, bitta eshitish qismiga ega boʻlgan. Shakli quloq bilan eshitishga moslashgan karnay koʻrinishida boʻlgan. Laennec stetoskopni ixtiro qilishidan maqsad ayollar koʻkrak qafasini eshitish uchun noqulayliklarni bartaraf etish boʻlgan[4][5]. Laennec yaratgan qurilmasini nomlashda stetho- + -skop, „koʻkrak qafasi“ atamalaridan foydalangan, yaʼni bu koʻkrak qafasini eshitish maʼnosini bildirgan. Hozirgi kunda barcha ichki organlarni eshitishda stetoskopdan auskultatsiya maqsadida foydalaniladi[6]. 1840-yilda Golding Bird egiluvchan naychali stetoskopni taqdim etdi. Uning stetoskop tuzilishi ham bitta eshitish qismidan iborat edi[7]. 1851-yilga kelib, irlandiyalik shifokor Arthur Leared ikki tomonlama eshitish qismiga ega boʻlgan stetoskopni kashf qildi. 1852-yilda George Philip uni hozirgi koʻrinishda takomillashtirdi.

Ishlatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shifokor stetoskop yordamida bemor oshqozon-ichak tovushlarini eshitmoqda.

Stetoskop tibbiy hodimlarning ramzi hisoblanadi. Chunki koʻplab tashhis qoʻyish amaliyotlari stetoskop bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun har bir shifokor bemorni koʻzdan kechirishda albatta stetoskop yordamida ichki organlar faoliyatini ham eshitib koʻradi. 2012-yilgi tadqiqotlarga koʻra stetoskop bilan olib borilgan tekshiruvlar natijasi boshqa asboblarnikiga qaraganda ishonchli chiqqan[8][9]. Klinik amaliyotda stetoskop oʻrnini bosadigan qurilmalar bir qancha boʻlsada, hodimlar tomonidan eng qulay qurilma sifatida stetoskop ishlatilib kelinadi. Ammo vaqt oʻtishi bilan, qon bosimini oʻlchashda ishlatiladigan stetoskop va tonometr oʻrniga auskultatison qobiliyatga ega boʻlgan mexanik sfigmomanometrlar kabi zamonaviy texnologiyalar asta sekin oʻrin egallamoqda[10].

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akustik stetoskop

Akustik stetoskop

Akustik stetoskop – koʻkrak qafasidagi biologik tovushlarni ichi boʻsh naychalar orqali quloqqa yetkazib beradigan auskultsion stetoskop turi. U asosiy ikki qism: tanaga tegib turadigan diafragma va quloqchinlardan iborat. Diafragma qismi bemor tanasiga qoʻyiladi va tovushlar diafragmani tebratganda trubkalar orqali tovush quloqchinlarga borib, quloqqa uzatiladi. Ushbu stetoskop XX asr boshlarida Rappaport hamda Sprague tomonidan kashf qilingan.

Elektron stetoskop

Elektron stetoskop

Elektron stetoskop yoki stetop tovushlarni kuchaytirish orqali chuqur joylashgan organlar tovushini ham eshitish imkonini beradi. Oddiy stetoskoplardan farqli ravishda elektron stetoskoplarda transduser qurilmalari xilma-xil vazifalarni bajaradi. Ular yordamida tovush signallarini kuchaytirish, pasaytirish va optimallashtirish mumkin. Uning boshqa bir turlarida Eko Core yurak tovushlarini smartfon yoki planshetga yozib olishi, Eko Duo elektrokardiogramma bilan bir vaqtda ekokardiogramma ham yozib olishi mumkin. Bu orqali stetoskop yordamida eshitib boʻlmaydigan kichik yurak toʻlqinlarini aniqlash, kasalliklarga erta tashhis qoʻyish mumkin[11].

Fetal stetoskop

Ugandadagi AQSh armiyasining zahirada hamshira tomonidan ishlatiladigan fetal stetoskop

Fetal yaʼni homiladorlar uchun moʻljallangan stetoskop karnaysimon, bir tomonlama eshitish nuqtasi borligi bilan ajralib turadi. U homilador ayolning qorin qismiga homilaning yurak tovushini tinglash uchun qoʻyiladi. Boshqa bir tomonidan tibbiy hodim tovushni eshitadi[12]. Fetal stetoskop frantsuz akusheri Adolphe Pinard (1844-1934) sharafiga nomlangan.

Doppler

Doppler stetoskopi tanadagi organlardan hosil boʻladigan biologik ultratovush toʻlqinlarini yozib oladigan elektron qurilma. U asosan harakatlanib turadigan aʼzolar harakat potensiallarini yaxshi aniqlaydi. Shuning uchun yurak urushi, tomirlarda qon harakati kabilarga tashhis qoʻyish uchun keng qoʻllaniladi[13]. Kattalardagi yurak klapanlari harakatlari, qon oqimi tovushlarini oddiy stetoskop yordamida eshitib boʻlmaydi. Buning uchun dopplerografiya oʻtkaziladi. Oddiy stetoskop bilan aorta yetishmovchiligiga 58% va doppler yordamida esa 84% gacha toʻgri tashhis qoʻyilgan[14][15].

3D-bosma stetoskop

3D-bosma stetoskop

3D-bosma stetoskop – auskultatsiya uchun moʻljallangan, 3D-bosib chiqarishga asoslangan elektron qurilma[16]. Bu asbob Doktor Tarek Loubani va uning jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. 2015-yilda stetoskop loyihasi ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etilgan.

Qiziloʻngach stetoskopi

1960-yilgacha qiziloʻngach stetoskopidan intraoperativ monitoring sifatida foydalanilgan[17].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wade, Nicholas J.; Deutsch, Diana (July 2008). "Binaural Hearing – Before and After the Stethophone". 
  2. Laennec, René (1819) „De l'auscultation médiate ou traité du diagnostic des maladies des poumon et du coeur.“.
  3. 'Laennec, R. T. H.; Forbes, John, Sir, „A Treatise on the Diseases of the Chest and on Mediate Auscultation“.
  4. Roguin A (September 2006). „"Rene Theophile Hyacinthe Laënnec (1781–1826): The Man Behind the Stethoscope".“.
  5. Victorian London: the life of a city, 1840–1870. London: Weidenfeld & Nicolson „Picard, Liza“.
  6. The Quarterly Journal of Foreign Medicine and Surgery and of the Sciences Connected with Them, 2: 51–68, 1820. „"Laennec's new system of diagnosis"“.
  7. Samuel Wilks, "Evolution of the stethoscope", Popular Science „"Advantages presented by the employment of a stethoscope with a flexible tube"“.
  8. Jiwa, Moyez; Millett, Stephan; Meng, Xingqiong; Hewitt, Vivien M. (2012) „"Impact of the Presence of Medical Equipment in Images on Viewers' Perceptions of the Trustworthiness of an Individual On-Screen"“.
  9. McLoughlin, Mario J (30 October 2012). „"Cardiac auscultation: preliminary findings of a pilot study using continuous Wave Doppler and comparison with classic auscultation"“.
  10. Roerecke, M; Kaczorowski, J; Myers, MG (2019), "Comparing automated office blood pressure readings with other methods of blood pressure measurement for identifying patients with possible hypertension: a systematic review and meta-analysis", JAMA Intern Med „doi:10.1001/jamainternmed.2018.6551,“.
  11. NIHR Evidence „"Smart stethoscope uses artificial intelligence to screen for heart failure"“. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  12. Arup Kumar Majhi (2016-08-16). Bedside Clinics In Obstetrics.. ISBN 978-93-83420-87-2. 
  13. S. Ananthi, A Textbook of Medical Instruments, pp. 290–96, New Age International, 2006 ISBN 8122415725.
  14. Mc Loughlin MJ and Mc Loughlin S. Cardiac auscultation: Preliminary findings of a pilot study using continuous Wave Doppler and comparison with classic auscultation Int J Cardiol. 2013 Jul 31; 167(2):5 90–91
  15. Mario J Mc Loughlin. „_Cardiac Auscultation With Continuous Wave Doppler Stethoscope_ A new method 200 years after Laennec's invention eBook_ Mario Jorge Mc Loughlin, Santiago Mc Loughlin_ Kindle Store“. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  16. GitHub „Official project site“.
  17. Brodsky, J; Lemmens, H (2007). "The history of anesthesia for thoracic surgery". Minerva Anestesiologica. 73 (10): 513–24. „PMID 17380101“.