Auskultatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Laennek stetoskop bilan bemorni studentlar ishtirokida davolaydi Kartina Teobalda Chartrana

Auskultatsiya (lotincha auscultatio – eshitish) – Ichki aʼzolarda yuzaga keladigan tovushlarni eshitib, ular faoliyatini va holatini tekshirish usuli. Masalan, yurak urishini eshitib, uning sogʻ yoki kasalligini aniqlash. Auskultatsiyada badanning tegishli qismiga shifokor quloq tutadi (bevosita Auskultatsiya) yoki maxsus asboblar (stetoskop, fonendoskop yoki stetofonendoskop) qoʻyib eshitib koʻradi (bilvosita Auskultatsiya). Auskultatsiya tibbiyot amaliyotida yurak, oʻpka, qon tomir kasalliklarini, shuningdek qon bosimini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Ссылки[tahrir | manbasini tahrirlash]