Koʻkrak qafasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻkrak qafasi - sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchi xayvonlar va odamda toʻsh suyagi yordamida koʻkrak umurtqalariga qovurgʻalar birikishidan hosil boʻlgan bir butun tuzilma. Odamda K.q yassi konusga oʻxshaydi. Koʻkrak qafasining yon, old va orqa devori bor. Yon va oldingi devorlari 12 juft qovurgʻadan hosil boʻladi; oldinda qovurgʻalar uchi toʻsh suyagiga kelib taqaladi; orqa devorning oʻrtasi umurtqa pogʻovasining koʻkrak boʻlimidan iborat. Koʻkrak qafasining yuqorisidagi tyoshikdan koʻkrak boʻshligʻiga traxeya, qiziloʻngach, qon tomirlari va nervlar oʻtadi, pastdan diafragma chegaralab turadi. Koʻkrak qafasida oʻpka, yurak va tomirlar joylashgan. Nafas olganda Koʻkrak qafasi kengayadi, ayni vaqtda boʻylama, old-orqa va koʻndalang hajmi kattalashadi. Koʻkrak qafasining hajmi va shakli yosh, jins va kasbgaqarab turlicha. Koʻkrak qafasi chaqaloqlarda piramida shaklida, ayollarda pastki teshigi, boʻyi kaltaroq boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil