Kontent qismiga oʻtish

Karnay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karnay
Turi

Puflama musiqa cholgʻulari
Toʻydagi karnaychilar.

Karnaypuflama cholgʻu asbobi guruhiga kiradi. Karnay jezdan yasaladi. Oʻzbekiston va Tojikistonda karnay surnay, nogʻora va doira bilan anʼanaviy maxsus ansambllarda keng qoʻllanadi. Toʻgʻri va tirsakli turlari mavjud.

Karnayning ogʻzi konus shaklida boʻlib, asbobning uzunligi 2-3 metr atrofidadir. Olib yurishga qulay boʻlishi uchun karnay ulanadigan uch boʻlakdan iborat boʻladi. Karnayning parda va klapanlari yoʻq. Asbobning ovozi juda baland va yoʻgʻon. Diapazoni bir oktavani tashkil etadi.

Karnay surnay, nogʻora, doiralarga hamohang boʻladi. Karnayning toʻgʻri va tirsakli (toʻgʻri burchak ostida ikki marta bukilgan) turlari qadimdan Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻtmishda harbiy musiqa cholgʻusi sifatida harbiy yurish xabarchisi, jang maydonida gʻalaba jarchisi boʻlgan. Hozirda bayram, toʻy va boshqa tantanalarda chalinadi. Oxirgi paytda karnay zamonaviy milliy estrada ansambl (masalan, "Abbos" guruhi)lar tarkibiga ham kiritilmoqda.