Sinop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sinop (grekcha: Σινώπη) — Turkiya shimolidagi shahar. Sinop viloyatining maʼmuriy markazi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sinop adliya saroyi
Sinop oʻqituvchilari qarorgohi

Taxminan 2500 yil davomida Sinopga turli davrlarda kolxiylar, yunonlar (miloddan avvalgi VII asr oxiri, V asr oxiri va IV-III asrlarda) koʻchib kelishgan. Miloddan avvalgi I asr oʻrtalarida rimliklar, XI-XII asrlarda turk qabilalari joylasha boshlagan. XIX-XX asrlar davomida esa bu yerga Bolqon va Kavkazdan minglab muhojirlar koʻchib oʻtishgan.

Qora dengiz shimolidagi ushbu shahar qadimda Xett podshohligi tarkibiga kirgani haqida tadqiqotlar qilingan. 1940-1950-yillarda topib oʻrganilgan Boʻgʻozkoʻy plastinalarida yozilgan maʼlumotlar Kizzuvatna va xett qabilalari oʻrtasidagi urush aynan Qora dengiz boʻylarida boʻlganini anglatmoqda. Sinopning qadimiy joylaridan Xett podshohligi davriga oid bir necha ashyolar topilgan.

Sinopdagi yunon koloniyasiga (grekcha: Σινώπη) Milet shahridan kelgan yunonlar tomonidan asos solingan[1]. Sinop ham oʻz tangalarini chiqardi, koloniyalarga asos soldi, Sinop Kappadokiyada qazib olinadigan sinopiya deb atalgan mineral modda orqali butun dunyoga mashhur boʻldi[2].

Sinop strategik jihatdan Qora dengizning janubiy qirgʻogʻida rivojlanayotgan savdo yoʻllari orasida joylashgan edi, ammo miloddan avvalgi IV asrgacha boshqa Kichik Osiyo shaharlaridan izolyatsiya qilinadi. Mifologik anʼanalarda Kolxida va Sinop oʻrtasidagi dastlabki aloqalar haqida adabiy dalillar mavjud. Strabon Sinopning afsonaviy asoschisi Avtolikni Yason va argonavtlar bilan bogʻlaydi. Polibiy Sinopni Qora dengiz shimolidagi Fasis koloniyasiga boradigan yoʻlda joylashgan deb taʼriflagan. Miloddan avvalgi IV asrda Fors Ahamoniylar imperiyasining shimolga kengayishi natijasida Sinopning shimoliy koloniyasi Trapezund (hozirgi Trabzon) ustidan nazorati oʻrnatdi.Satrap Datames eramizdan avvalgi 375-yilda shaharni qisqa muddat egallagan. Makedoniyalik Aleksandr bosqini davrida ham Sinop oʻz mustaqilligini saqlab qolgan. Rodos orolidagi yunonlar yordamida m. a. 220-yilda Mitridat II Pontlik hujumini qaytargan. M.a. 183-yilda Farnas I shaharni egallagach, Pont qirolligining poytaxtiga aylangan.

Sinop mashhur yunon faylasufi Diogenning tugʻilgan joyi hisoblanadi

Miloddan avvalgi 70-yilda Rim sarkardasi Lukull Sinopni bosib oldi, imperator Yuliy Sezar n.a 47-yilda Yuliya Feliks koloniyasiga asos solgan. .

395-yilda Rim imperiyasi ikkiga boʻlinganidan keyin Sinop Sharqiy Rim imperiyasi tarkibida qoldi. XI asr oxirigacha shahar Vizantiya tarkibida qoladi.

1081-yilda shahar saljuqiy turklar tomonidan bosib olindi, ular u yerda katta xazina topdilar, ammo Sinop tez orada Aleksey I Komnenos tomonidan qaytarib olindi va Komnenlar sulolasi davrida gullab-yashnash davri boshlandi[3]. 1204-yilda Konstantinopol toʻrtinchi salib yurishi qatnashchilari tomonidan talon-toroj qilingandan soʻng, 1214-yilgacha Trapezund imperiyasi tarkibida qolgan. 1214-yilda shaharni turklar egallagan, 1254-1265-yillarda yana Trapezund davlati, 1265-yilda Rum saljuqiylar tomonidan egallangan.

Saljuqiylar zaiflashgach, Sinopda ikki mustaqil amirlik: Parvona va Jondoriylar amirligi tashkil etilgan. Usmonli turklar sultoni Mehmet II Fotih 1461-yil iyunda Sinop va Trapezundni egallaydi. Shahar turklar nazoratiga qaytariladi.

XIV asr arab sayyohi Ibn Battuta shaharni ziyorat qilib, u yerda qirq kunga yaqin turdi. U shaharga: „Chiroyli obodonlashtirilgan shahar“ deb taʼrif bergan.

1614-yilda Sinop rus kazaklari tomonidan egallanib, talon-toroj qilindi va yoqib yuborildi. Bu voqea Usonli imperiyasini larzaga solgan hodisalardan biridir.

1853-yil noyabrda Qrim urushi boshlanishida Sinop jangida ruslar Admiral Naximov qoʻmondonligi ostida Sinopdagi Usmonli fregat eskadronini yoʻq qilib, Angliya va Fransiyani Rossiyaga urush eʼlon qilishga olib keldi.

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Sinop Usmonli imperiyasining Kastamonu viloyati tarkibiga kirgan.

1920-yil holatiga koʻra, Sinop 8000 yunon aholisi yashaydigan shahar boʻlgan. Oʻsha davrda Bosfor va Batumi oʻrtasidagi eng xavfsiz port hisoblangan. Shahar bugʻdoy, tamaki, oʻsimlik urugʻlari va boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun savdo markazi boʻlgan. Sinopga chetdan koʻmir va metall buyumlar keltirilgan.

Ayanjik va Sinop Sovuq urush davrida razvedka uchun muhim boʻlgan AQSh harbiy bazasiga aylantiriladi[4]. AQSh bazasi 1992-yilda Turgʻut Oʻzol prezidentligi davrida yopilgan.

Sinopdagi Diogen haykali

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sinopning yozi issiq boʻlib, kunduzi oʻrtacha 26 °C (79 °F) va harorat kamdan-kam hollarda 30 °C dan oshadi  (86 °F). Qishlari salqin va nam, fevral oyining oʻrtacha koʻrsatkichi 7 °C (45 °F) dan biroz pastroq. Qor vaqti-vaqti bilan dekabrdan martgacha yogʻadi, baʼzan bir yoki ikki hafta davom etadi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920-yildan boshlab Sinop kashta tikilgan paxta mato ishlab chiqara boshladii. Shahar qayiqsozlik bilan ham tanilgan. Sinopda ishlab chiqarilgan qayiqlarga inglizlar yuqori baho bergan.

Sinopda umumiy qiymati 15.8 milliard dollarlik atom elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi loyiha amalga oshirilishi kerak edi. Ammo ushbu loyiha 2018--yilda bekor qilingan.



Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

{{Manbalar|30em|refs=[5] [6] [7]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. See Strabo XII.iii.1 1; Diodorus Siculus, Historical Library 14.31.2; Pseudo-Scymnus 995-96; Eusebius, Chronographia 631/30 BCE; See also Doonan, Sinop Landscapes p. 71 for details of archaeological research
  2. Thompson, Daniel V.. The Materials and Techniques of Medieval Painting. New York: Dover Publications, 1956. ISBN 0-486-20327-1. 
  3. Foss, Clive (1991). "Sinope". in Kazhdan, Alexander. The Oxford Dictionary of Byzantium. Oxford and New York: Oxford University Press. 1904 b. ISBN 978-0-19-504652-6. 
  4. „Ayancık Hava Radarının Tarihini Biliyor Musunuz? | Ayancık Gazetesi“ (tr). www.ayancikgazetesi.com (2020-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
  5. „Gezilecek Yerler“ (tr). Sinop Arkeoloji Müzesi. 2016-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  6. „Sinop Tarihi Cezaevi“ (tr). Sinop Arkeoloji Müzesi. 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  7. „Sinop Etnoğrafya Müzesi“ (tr). Sinop Arkeoloji Müzesi. 2016-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.