Komninlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Komninlar — Vizantiya imperatorlari sulolasi (1081 — 1185). Asoschisi Aleksey I hisoblansada, aslida sulolani imperator Isaak Komnin (1057—59) boshlab bergan. K. nomi tarixda 1-marotaba imperator Vasiliy II davri (976— 1025)da tilga olinadi. K.ning 1-vakillaridan boʻlgan Manuil, Vasiliy II ning yaqin kishisi boʻlgan. Manuilning 2 oʻgʻli boʻlib, ulardan Isaak Komnin saljuqiylarga qarshi kurashda katta shuhrat qozongan edi. 1057-yilda muxolif kuchlar tazyiqi ostida monax (rohib)likni ixtiyor qilgan. Isaak Komnin taxtni ukasi emas, balki oʻzining jangovar safdoshi boʻlgan Konstantin Dukaga topshirishga majbur boʻldi. K. vakili Aleksey 1 1081-yilda sulola hukmronligini harbiy toʻntarish yoʻli bilan qayta tikladi. Andronik I (1183—85) davrida imperiya yagona davlat sifatidagi qudratini yoʻqotdi. Andronik I avlodlari "Buyuk komninlar" degan unvon bilan Trapezund imperiyasida hukmronlik qilganlar (1204—1461). K. markaziy hokimiyatni mustahkamlab, imperiya hududini kengaytirgan; davlatni idora qilishda yer egalari va harbiy zodagonlarga tayangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Komninlar" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil