Diogen sinoplik
Diogen sinoplik (Diogenes Sinopeus) (mil. av. taxminan 404—323, Korinf) — yunon faylasufi. Kiniklar maktabining yirik vakili. Antisfen shogirdi. Sivilizatsiyani, xususan davlatni inkor etgan, jamiyatni, insoniyatni ibtidoiy holatiga qaytishga daʼvat qilgan. Oʻzini dunyo fuqarosi ("kosmopolit") deb atagan, odamlarning tabaqaga boʻlinishini tanqid qilgan. Turmushda har qanday ortiqchaliklarni rad etib, faqat zaruriy ehtiyojlarni qondirish bilangina cheklanishni oʻz burchi deb bilgan; u xotinlar va bolalar umumiy boʻlishini talab qilgan va biron axloq ustun boʻlib turishini tan olmagan. D.S. kinik sharm-hayosizlik va beboshlik timsoliga aylandi. D.S. toʻgʻrisida turli-tuman latifalar bor. Rivoyatlarga koʻra, u bochka ichida yashagan.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |