Izolyatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Izolyatsiya (frans. isolation — ajratish, tarqatish) (biologiyada) — bir necha turga yoki bir turning har xil populyasiyasiga mansub organizmlarning erkin chatishuviga toʻsqinlik qiladigan toʻsiqlar paydo boʻlishi. I. evolyusiya omillaridan biri boʻlib, uzoq vaqt davom etganida bir turga mansub organizmlar oʻrtasida irsiy jihatdan farq qiladigan belgilarning vujudga kelishi va mustaxkamlanishiga, binobarin, tur hosil boʻli-shiga olib keladi. Tabiatda I. 2 xil: geografik (fazoviy) va biologik shakdda namoyon boʻladi. I. Yer yuzining relyefi va iqlimi bilan bogʻliq (mas, suv havzalari quruqliqda, togʻlar vodiyda, vodiylar togʻda, quruqlik esa suvda yashovchi turlarning tarqalishi va erkin chatishuviga toʻsiq boʻladi). Geografik I. inbridingni kuchaytirib, allopatrik tur hosil boʻlishiga olib keladi (qarang Turhosil boʻlishi). I. koʻpincha inson faoliyati (ovlash, oʻrmonlarni kesish, qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish, kanallar qazish) bilan bogʻlangan boʻladi. Biologik I. chatishuvga yoki chatishishdan soʻng urugʻlanish sodir boʻli-shiga toʻsqinlik qiladigan mexanizmlar boʻlishi bilan bogʻliq. Biologik I. ekologik, etologik, morfofiziologik, fiziologik va genetik I.ga aj-ratiladi. Etologik, yaʼni biotopik I. chatishadigan individlarning har xil biotoplarda (qarang Biotop) yashashi tufayli kam uchrashuvi yoki umuman uchrash-masligiga aloqador boʻlib, simpatrik tur hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin. Etologik I. chatishadigan orga-nizmlarning xulq-atvori oʻrtasidagi, morfofiziologik I. — koʻpayish organlari tuzilishidagi, fiziologik I. — koʻpayish muddatlari, genetik I. — irsiy mexanizmlarning tuzilishi oʻrtasidagi farq tufayli roʻy beradi. Genetik I. zigotaning qalok boʻli-shiga, qisman yoki batamom steril gib-ridlarning paydo boʻlishiga, shuningdek, yashovchanligining kamayishiga olib keladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil